O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Algoritmik tillar va dasturlash»



Yüklə 114,7 Kb.
səhifə4/7
tarix14.12.2023
ölçüsü114,7 Kb.
#178972
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishsi buyicha uslubiy ko`rsatma

Titul va topshiriq varaqasi uslubiy qo’llanmaga muvoffiq to’ldirilishi lozim. (2,3- ilova)
Mundarija. Barcha bo’lim va sarlavha nomlari raqamlangan betlari bilan ko’rsatilishi lozim. (4- ilova)
Kirish. Kurs ishi mavzusining dolzarbligini asoslagan bo’lib, aniq maqsad va vazifalar ko’rsatilishi lozim.
Nazariy bo’lim. O’rganilayotgan muammolarni zamonaviy xolati baxolanadi, o’quv – uslubiy, mahsus va normativ adabiyotlar bo’yicha taxlil amalga oshiriladi.
Taxliliy bo’lim. O’rganilayotgan ob’ektning moliyaviy, tijorat, ishlab chiqarish xo’jaligi ko’rsatkichlari bo’yicha qisqacha tavsif amalga oshiriladi.
Hulosa va natijalar. Kurs ishida ko’rilgan masalalarning yechimi aniq va ravshan ifodalanishi talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar. Ish jarayonida foydalanilgan axborot manbalari, tarmoqning xuquqiy - normativ xujjatlari, uslubiy va maxsus adabiyotlar, internet saytlari ko’rsatilishi lozim. (5 - ilova)
Kurs ishi topshirilgan vazifa asosida talaba tomonidan bajariladi. Kurs ishining taxliliy qismida grafik va jadvallar aks ettirilishi kerak.
Adabiyot tanlash, uni o’rganish, qayta ishlash va kurs ishi matnining xomaki hamda oxirgi variantlarini tayyorlash uchun sarf qilinadigan vaqt miqdori va bajarish muddatini aniq belgilab olishlari maqsadga muvofiqdir. Belgilangan muddatga qarab ishni bajarish shoshma-shosharlikga yo’l qo’ymaydi, balki talabaning pishiq-puxta ish olib borishini ta’minlaydi va unga kurs ishini o’z vaqtida nihoyasiga etkazib topshirishiga imkon beradi.


4. Kurs ishini rasmiylashtirish va ximoyaga tayyorgarlik ko’rish
Kurs ishi matni kompyuterda Microsoft Word 2003- Microsoft Word 2019 redaktorida quyidagi talablarga muvoffiq bajarilishi lozim:
- shrift - Times New Roman;
- shrift kattaligi -14.
- interval 1.5.
- betlarni o`lchamlari: chap tomondan 30 mm, yuqoridan 20 mm, o’ng tomondan 10 mm, pastdan 20 mm.
Kurs ishining kirish, xar bir bo’limi, hulosa va natijalar, foydalanadigan adabiyotlar yangi betdan boshlab yoziladi.
Bo’limlar sarlavhalarga ega bo’lishi kerak. Sarlavhalar xar bir betning o’rtasidan katta harflar bilan yoziladi. Sarlavhalarning oxiriga nuqta qo’yilmaydi. Bo’lim sarlavhalari betning oxirigi pastki qismiga joylashtirilishi man etiladi.
Diagramma, sxemalarning raqamlari rasmning pastki qismida aks ettiriladi. Jadvallarning nomlanishi yukori qismida aks ettiriladi. Hamma betlarga titul varag’idan boshlab oxirgi betgacha ketma-ket tartibda raqamlar qo’yiladi. Talaba kurs ishining mazmuni mos qisqacha doklad tayyorlashi lozim.
Tugatilgan kurs ishitarkibida to’liq rasmiylashtirilgan titul varaqasi, topshiriq blankasi bo’lishi shart. Tugatilgan kurs ishi raxbar va talaba tomonidan imzolanadi. Imzolar titul varaqasida bo’lishi lozim. kurs ishi bog`lam(pereplyot)1 shaklida tikiladi.
Kurs ishlari himoyasini hay’at a’zolari qabul qilishlari kerak. Talabalarning dokladlari 5-7 daqiqaga mo’ljallanishi lozim. Talaba kurs ishining dolzarbligi, maqsadi va vazifalarini tavsiflab berishi kerak.
Agar kurs ishi boshqa bir chet tilida yozilgan bo’lsa, talabaga ana shu tilda ximoya qilishga ruxsat beriladi.



Yüklə 114,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin