O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


Umumiy ma’lumotlar. Transport vositasining tarifi va vazifasi



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə44/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

1. Umumiy ma’lumotlar. Transport vositasining tarifi va vazifasi.
«Avtomobil» so’zi grekcha «autos»-o’zi va lotincha «mobilis»-
harakatlanuvchi so’zlar yig’indisidan tashkil topgan bo’lib «O’zi- harakatlanuvchi»
degan ma’noni bildiradi.
1996 yilga kelib Andijon viloyatining Asaka shaxrida «O’zDEU avto»
avtomobil zavodi to’liq ishga tushirildi. Yiliga 200 mingga yaqin juda oz yonilg’i
sarf etadigan ikki turdagi kichik va o’rta, kichik litrajli Tiko va Neksiya rusumli
yengil avtomobillar hamda Damas rusumli kichik mikroavtobus ishlab chiqarila
boshlandi.
Avtomobillar vazifasiga ko’ra yengil, yuk, yo’lovchi maxsus (yong’in o’chiruvchi,
sanitariya, avtokran, benzin tashuvchi, suv sepuvchi, qurilish mashinalari va
hokazo) ixtisoslashtirilgan (tortqich, un, tsement, beton aralashtirgich, qurilish
uchun ferma, uzun trubalarni tashuvchi traktor va ekskovatorlarni tashuvchi)
avtomobillarga bo’linadi
Avtomobillar vazifasiga ko’ra, transport, maxsus ixtisoslashgan poyga va
o’tag’on avtomobillarga bo’linadi.
Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga imkon beradigan
mexanizm-qurilma va uskunalar bilan jixozlangan.
Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo’lib, avtomobil sport poygasida
qatnashish uchun mo’ljallangan.
Avtobuslar vazifasiga qarab: shahar atrofida, shahar ichida, shaharlararo,
ma’lum joylarga qatnaydigan va umumiy ishlarda foydalaniladigan bo’ladi.


51
Avtobuslar uzunligiga qarab: 5 m juda kichik (mikroavtobus); 6-7,5 m


kichik; 8-9,5 m o’rtacha; 10,5-12 m katta avtobuslarga bo’linadi.
Engil avtomobillarga o’rnatilgan dvigatellarni ishchi hajmiga qarab: 1,2l
gacha o’rta kichik; 1,2-1,8 l kichik; 1,8-3,5 l o’rta va 3,5 litrdan ortiq katta litrajli
bo’ladi.
Yuk avtomobillari yuk vazniga qarab: yengil vazn 0,3-1 t; kichik vazn 1-3;
o’rta vazn 3-5 t; katta vazn 5-8 t va juda katta vazn 8 tonnadan ortiq yuk
ko’taradigan avtomobillarga bo’linadi.
Tashlama devorlari (bortlari) ochiladigan avtomobillarda xar-xil yuklar
tashiladi va bunday avtomobillarni umumiy ishlarni bajaruvchi oddiy avtomobillar
deb ataladi.
Sochiluvchi va to’kiluvchi yuklar o’zi ag’daradigan (samosval)
avtomobillarida, suyuqliklarlar tsisternyali avtomobillarda, oziq-ovqatlar esa
furgonli avtomobillarda tashiladi.
Bir vaqtning o’zida universal kuzovli yengil avtomobilda yuk va yo’lovchi
tashilsa yuk-yo’lovchi avtomobili deyiladi.
Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga imkon beradigan
mexanizm-qurilma va uskunalar bilan jixozlangan.
Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo’lib, avtomobil sport poygasida
qatnashish uchun mo’ljallangan.
Xar-xil yo’l sharoitlarida harakatlanish uchun avtomobillar oddiy va
o’tag’on avtomobillar bo’ladi:
1. qattiq qoplamali yo’llarda harakatlanuvchi, bitta o’qi yetakchi bo’lgan
avtomobil oddiy avtomobil deyiladi.
2. yomon va moslashtirilmagan yo’llarda harakatlanuvchi ikkita yoki uchta
o’qi yetakchi bo’lgan avtomobil o’tag’on avtomobil deyiladi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin