ICHKI YoNUV DVIGATELLARI VA AVTOMOBIL. XIX-asrning 80
yilligiga kelib Amerika, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa davlatlarida neftь
qazib chiqarishning keng yo’lga qo’yilishi va neftni qayta ishlash zavodlarining
46
barpo etilishi, benzinli yoki dizelь ichki yonuv dvigatellari bilan (ichki yonuv
dvigateli – bunday dvigatellar-da issiqlik energiyasini mexanik energiyaga
aylanish jarayoni dvigatelning ichida amalga oshiriladi) jihozlangan
avtomobillarning takomillashishiga yetarli zamin tayyorlagan edi.
Endi olimlar bug’ mashinasi, elektrodvigatel emas, balki ichki yonuv
dvigatellari bilan ko’proq qiziqa boshladilar. CHunki bunday dvigatellar ixcham,
tejamli va samaradorligi yuqori edi.
Frantsiyalik Jak Etьen Lenuar ichki yonuv dvigatellari «otasi» deb e’tirof
etiladi. Gap shundaki, u boshqa ixtirochilardan farqli o’laroq dvigatelning tajriba
namunasini emas balki ishlab chiqarish uchun mumkin bo’lgan texnologik
nushasini yaratadi. Germaniyaning Kyolьn shahridan 30 yoshlik Nikolaus Otto
Lenuarning dvigatelini quvvatini oshirish hisobiga takomillashtiradi. Otto
quyidagini aniqlagan edi: gazni alangalatishdan oldin siqish kerak, potrlashni esa
porshenning tsilindr ichidagi eng yuqori holatida amalga oshirish kerak. Bu
jarayon xozirgi zamonaviy dvigatellarda bajariladigan kiritish, siqish, ish yo’li va
chiqarish taktlariga mos keladi. Bundan Otto ixtirosining ahamiyatini tushunish
qiyin emas.
1864 yili Otto badavlat Oygen Langen xomiyligida «Otto va kompaniya»
firmasini tashkil etadi va gazli dvigatellar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi. 1867
yili Parijdagi Xalqaro ko’rgazmada Otto dvigateli o’zining ixchamligi va
tejamkorligi bilan g’olib chiqadi.
Otto «Otto-Doyts» markasi ostida xunarmandchilik sanoati uchun statsionar
dvigatellar ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’yadi. «Doyts» - bu Kyolьn shahri
yonidagi zavod qurilgan joyning nomi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun Ottoning xomiysi Langen, Karlsrue
(Germaniya) shahridan bilimli va tajribali muhandis Gotlib Daymlerni taklif qiladi.
Daymler o’zi bilan eng yaqin do’sti va yordamchisi Vilьgelm Maybaxni ham olib
keladi. SHunday qilib taqdir o’z vaqtining eng iqtidorli texnik-mashinasozlarini
(Langen, Otto, Daymler, Maybax) bir yerga-bir korxonaga to’pladi. Korxona 10 yil
faoliyati davomida 5 mingdan ortiq gazli motorlarni ishlab chiqardi.
Lenuar va Otto singari Dizel ham quyi tabaqa vakili bo’lib, muhandislik
ma’lumoti olishga muyassar bo’lgan edi. Nemis hunarmandi farzandi Parijda
tug’ilib o’sdi, lekin frantsiya-prussiya urushi boshida oilasi bilan dastlab Angliya,
so’ng Germaniyaga qochishga majbur bo’ladi. Bu yerda Dizel Myunxen oliy
politexnika maktabiga o’qishga kiradi. Yonilg’ining qizigan havoda alangalanishi
nazariyasiga ushbu maktab professori Bo de Rosha asos solgan edi. Dizel shu
maktabda olgan bilimlari asosida yangi «Dizel» dvigatelini yaratadi. Dizel
dvigateli bug’ dvigateliga nisbatan yonilg’ini 10 marta kam sarflar, istalgan
yonilg’i: ko’mir va neft changi, smola va palma moyida ham ishlashi mumkin edi.
Dizel dvigatelining ishlashi quyidagicha: tsilindr ichida siqilgan va qizigan havoga
yonilg’i purkaladi, yonilg’i qizigan havoga aralashib alangalanishi va portlashi
hisobiga katta bosim xosil qilinib bu bosim detal va mexanizmlar yordamida
dvigatel valini aylantiradi.
Germaniyadagi Reyn daryosi qirg’og’ida joylashgan Mangeym shahri dun -yodagi
birinchi avtomobilining vatani deb yuritiladi: 1885 yilning bahorida Karl Bents
ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan uch oyoqli o’zi yurar aravani yaratdi.
47
Bentsning dvigatellariga talab katta bo’lib u o’z dvigatellarini
avtomobillarga o’rnatishni orzu qilar edi. Bents bu orzusini amalga oshirish uchun
o’ziga hamfikr va xomiy topa olmadi. Bu kompaniyada orzusi ushalishiga ko’zi
yetmagan Bents, o’z aktsiyalarini sotishga va kompaniyani tark etishga majbur
bo’ladi.
O’sha vaqtga kelib Otto tomonidan arava uchun yengil va qulay bo’lgan 4
taktli ichki yonuv dvigateli yaratilgan edi. Ottoning bu dvigateli metall savdogari
Maks Rozeni befarq qoldirmadi. Bents Maks Roze bilan yaxshi tanish bo’lgani
uchun uning xomiyligi ostida Ottoning dvigatelini takomillashtirishga kirishadi.
1883 yili Bents Roze bilan birgalikda «Bents va Ko» zavodini tashkil qiladi. Bents
Ottoning dvigatelini takomillashtirib uning quvvatini 3-4 o.k. ga va valning
maksimal aylanishlar sonini 450 ayl/minutga yetkazdi.
Bents 2 yil davomida o’zining 3 g’ildirakli ekipajini yaratadi (1.4-rasm).
Ixtirochi bu ekipajni yaratishda velosipedning konstruktsiyasidan foydalanadi.
Uning vazni 260 kg ni tashkil qilgan.
Bu avtomobilni harakatga keltirish oson bo’lmadi. Birinchidan u odamlar
uchun qutilmagan hol bo’lsa, ikkinchidan hali sinab ko’rilmagan.
1.4-rasm. Bents-1885 y.
2-3 yo’lovchi bilan harakatlanayotgan Bentsning ekipajidan hayratda qolgan
odamlar unga «maxluq» deb nom beradilar. «Telba» Bents va uning avtomobili
to’g’risidagi mish-mishlar matbuotda chop etilib butun mamlakatga ovoza bo’ladi.
Keyinchalik bu telba ixtirochi – dunyodagi birinchi avtomobilning yaratuvchisi –
Karl Bents ekanligi ma’lum bo’ldi.
Bents va Daymler o’zlarining ixtirochilik faoliyatlarini bir-biridan behabar
holda va turli sharoitlarda boshlaydilar.
Bents iqtidorli mexanik, ya’ni tug’ma amaliyotchi bo’lsa, uning vatandoshi
Daymler nafaqat Germaniyada balki Frantsiya, Buyuk Britaniya davlatlarida
texnika sohasida nazariy bilimlardan ta’lim olib mashinasozlik sohasida muhandis
edi.
Daymler Bentsdan mustaqil ravishda o’zining havo bilan sovitiladigan
benzinli dvigatelini yaratib 1883 yili unga patent oladi. Dastlab Daymler bu
dvigatelni maxsus velosipedga o’rnatdi. Velosipedning yon tomonlariga esa
qulamasligi uchun roliklar o’rnatilgan. SHu asnoda Daymler tomonidan 1885 yili
dunyoda birinchi mototsikl yaratildi.
Daymler Bentsdan farqli ravishda 1886 yilda o’zining 4 g’ildirakli
avtomobilini yaratdi.
1889 yili Daymler yengil metall kuzovli va velosiped g’ildiraklariga
48
o’rnatilgan motorli aravani yaratdi. Daymler bu modelni 920 ayl/min chastotaga
ega bo’lgan 2 tsilindrli V simon dvigatel bilan jihozladi. Aynan shu model Karl
Bentsni Parijda xalqaro ko’rgazmada hayratda qoldirgan edi. Daymlerning bu
dvigatelini frantsuz «Panar-Levassor» firmasi sotib olib o’z avtomobillariga
qo’llaydi. 1890 yili Daymler Germaniyada, uning ishlari bilan qiziqqan xomiylar
yordamida «Daymler-motoren-Gezelьshaft» avtomobilь ishlab chiqarish
hissadorlik jamiyatini tashkil etib «Daymler» markasi ostida avtomobillar ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yadi.
Frantsiya-prussiya urushi «Daymler» avtomobillarining Frantsiya bozoridagi
mavqeiga jiddiy putur yetkazadi. Buni bartaraf etish uchun nemis markasi
«Daymler»ni boshqi nom bilan almashtirishiga to’g’ri keladi, ya’ni «Daymler»
markasi – firma savdo vakilining 12 yoshli qizining ismi «Mersedes» bilan
almashtiriladi. «Mersedes» avtomobili shu tariqa dunyoga keladi.
Ko’p yillik raqobatdan so’ng 1926 yili «Daymler» va «Bents» firmalari
birlashadilar, uch qirrali «baxtli yulduz» sobiq raqobatchining «lavr gardishi» bilan
birlashtirilib dunyoni o’zining avtomobillari bilan xayratga solib kelayotgan
«Daymler-Bents» firmasi tashkil topdi. Firma «Mersedes-Bents» markasi ostida
avtomobillar ishlab chiqara boshladi.
Xozirga paytda bozor iqtisodiyotiga birinchi turtki beradigan masalalardan
biri respublikamizda avtomobilь sanoatini barpo etib, bu soxani muntazam
rivojlantirishdir.
M.S. Rossiya imperiyasi davrida nima sababdan ruspublikamizda avtomobil
ishlab chiqarish korxonalari kurilmagan?
Istiqlolga erishgan mamlakatimizda davlat tomondan bu muammoni
atroflicha hal etish maqsadida ko’zga ko’rinarli ishlarni kilinmokda. Avvalam bor
O’zbekiston mustaqil davlat bo’lishi bilanoq Respublikamizda zamonaviy
avtomobilь sanoatini ravnaq toptirish choralari ko’rildi.
M.S. Respublikamizda avtomobilь ishlab chiqarishga nima majbur etgan?
1993 yili prezidentimiz Islom Karimov Janubiy Koreyaga rasmiy tashrib
buyurganda xam bu masalaga alohida e’tibor berdi, natijada respublikamizda
Koreya davlati bilan hamkorlikda « Asaka-DEU» avtomobil firmasi bunyod etila
boshlandi. Respublikamizda Janubiy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan
xamkorlikda kichik va o’rtacha yengil avtomobillar xamda kichik
mikroavtobuslarni yig’uv-qurish va ularni ishga tushirish to’g’risidada shartnoma
tuzildi.
1996 yilga kelib Andijon viloyatining Asaka shaxrida « O’zDEU avto»
avtomobil zavodi to’liq ishga tushirildi. Yiliga 200 mingga yaqin juda oz yonilg’i
sarf etadigan ikki turdagi kichik va o’rta, kichik litrajli Tiko va Neksiya rusumli
yengil avtomobillar hamda Damas rusumli kichik mikroavtobus ishlab chiqarila
boshlandi. Keyingi yillarda bu zavodda Matiz va Lasetti rusumli yengil
avtomobillarni ham ishlab chiqarmoqda. SHu bilan birga bu avtomobillarga texnik
xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash ustaxonalari tashkil etildi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 1996 yilda Turkiyaga rasmiy tashrifi
natijasida Respublikamizning O’zavtosanoat va Turkiyaning Koch holding
tashkilotlari bilan birgalikda Samarqand shaxrida SamKochavto rusumli avtomobil
ishlab chiqarish zavodini qurish va uni tezlikda ishga tushirish to’g’risidada
49
shartnoma tuzildi. Zavod 1999 yil mart oyida ishga tushirilib, aprel-sentyabr oylari
ichida 294 ta kichik tonnali, dizel dvigatelli yuk avtomobillari va 140 ta dizel
dvigatelli avtobus ishlab chiqarildi.
Prezidentimiz Islom Karimovning Germaniyaga rasmiy tashrifi natijasida
Germaniya davlatining Mersedes-Bens firmasi bilan shartnoma tuzilib, Xorazm
viloyatining Urganch shahrida Mersedes-Bens rusumli yengil va yuk avtomobillari
hamda avtobuslarni yig’ishga mo’ljallangan yig’uv tsexi korxonalari va texnik
xizmat ko’rsatish ustaxonalari barpo etildi.
Yuqoridagilarga o’xshash CHexoslovakiya davlati bilan shartnoma tuzilib,
Toshkent viloyatining Angren shaxrida Tatra rusumli o’zi-ag’dargichli katta yuk
ko’taradigan avtomobil zavodini qurish ustida ish olib borilmoqda. Bu borada
boshlangan va olib borilayotgan xayrli ishlar kelgusida O’zbekistonning ulkan
avtomobil ishlab chiqaradigan davlatlar qatoriga kirishi uchun puxta zamin
yaratadi.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, avtomobil transporti
O’zbekiston iqtisodiyotning tayanchiga aylanmoqda.
Dostları ilə paylaş: |