59
2.2-rasm. Bir tsilindrli karbyuratorli dvigatelning ish tsikli.
1-kiritish klapani, 2-yondirish shami (svecha), 3-chiqarish klapani,
4-porshen, 5-shatun, 6-tirsakli val
Ikkinchi takt -siqish
. Bu taktli ishchi aralashmasining hajmini kamaytirish
natijasida uning ichki energiyasini ko’paytirib, uni yonishiga tayyorlanadi. Porshen
PCHN dan YuCHN ga tomon siljigan paytda ishchi aralashma siqiladi. Bu paytda
kiritish xamda chiqarish klapanlari yopik bo’ladi. Siqish
takti oxirida ishchi
aralashmaning bosimi 12-17 kg/sm
2
xarorati 300-400
0
S bo’ladi.
Siqish taktining oxirida svecha elektrodlari orasida yuqori kuchlanishga ega
bulgan elektr uchkuni paydo bo’ladi, uning ta’sirida tsilindrda siqilgan ishchi
aralashma alangalanadi.
Uchinchi takt - ish yo’li
. Yoki yonish va kengayish takti. Bu taktda ishchi
aralashmaning yonishidan xosil bulgan issiqlik
energiyasi foydali mexaniq
energiyaga aylantiriladi. Bunda kiritish va chiqarish klapanlari yopiq holatda
bo’ladi. Takt boshlanishda aralashma yonib ko’p miqdorda issiqlik chiqaradi. SHu
vaqtda yongan gazlarning bosimi 35-50 kg/sm
2
xarorati esa 2000-2400
0
S gacha
ko’tariladi. Bu bosim ta’sirida porshen YuCHN dan PCHN ga harakatlanib,
bunda
ish yo’li takti bajariladi.
To’rtinchi takt - chiqarish
. Bu taktda tsilindrni ishlatilgan gazlardan
tozalanadi. CHiqarish klapani ochilganda porshen PCHN dan YuCHN ga
harakatlanib yongan gazlarni tsilindr ichidan surib
tashqi muhitga chiqarib
yuboradi. Bu taktning oxirida tsilindr ichida qolgan gazlarning bosimi 1,1-1,2
kg/sm
2
xarorati 500-830
0
sm atrofida bo’ladi.
To’rt taktli dizel dvigatelning ishchi tsikli. Dizel dvigatelda tsilindr ichiga
tozalangan sof xavo kiritiladi va siqilgan xavoga forsunka yordamida yonilg’i
purkaladi. (2.3-rasm)
60
2.3- rasm. To’rt taktli dizel dvigatelining ish tsikli
1-kiritish klapani, 2-forsunka, 3-chiqarish klapani, 4-porshen,
5-yuqori bosimli yonilg’i nasosi (YuBYoN)
Birinchi takt–kiritish. Porshen YuCHN dan PCHN ga tomon
harakatlanganda tsilindrga kiritish klapani chang to’zonlardan tozalangan sof havo
so’riladi, takt oxirida tsilindrdagi xavoning bosimi 0,8-0,9 kg/sm
2
xarorati esa 50-
70
0
S bo’ladi.
Ikkinchi takt-siqish. Ikkala klapan yopiq holatda bo’ladi.
Porshen PCHN dan
YuCHN ga harakatlanganda tsilindrdagi havo siqiladi. Siqish takti oxirida havo
bosimi 30-40 kg/sm
2
gacha xarorati esa 500-730
0
S gacha ko’tariladi. SHu payt
tsilindrga forsunka orqali yuqori bosimli yonilg’i nasos yordamida 200 kg/sekund
bosim ostida yonilg’i purkaladi. Purkalgan yonilg’i o’ta qizdirilgan havo bilan
aralashtirib o’z o’zidan alangalanadi.
Uchinchi takt-kengayish. Ikkala klapan yopiq holatda bo’ladi.
Siqish
taktning oxirida alangalangan yonilg’ining yonishi biroz davom etadi. Bu paytda
tsilindrdagi bosim 50-80 kg/sm
2
, xarorat 1630-1930
0
S atrofida bo’ladi. Yuqori
bosim ta’sirida porshen YuCHN dan PCHN ga harakatlanib,
shatun orqali tirsakli
val krivoshipni 180
0
S burchakda buradi. Porshen PCHN ga yaqinlashganda
gazlarning kengayishi natijasida ularning tsilindrdagi bosimi 30-40 kg/sm
2
ga,
xarorati esa 630-930
0
S ga pasayadi.
To’rtinchi takt - chiqarish. Bu taktda chiqarish klapani ochiq holatda bo’ladi.
Porshen PCHN dan YuCHN ga harakatlanib, ishlatilgan gazlarni chiqarish klapani
orqali tashqi muhitga chiqarib yuboradi.
Bu takt oxirida tsilindrda qolgan gazlarning bosimi 1,1-1,2 kg/sm
2
xarorati
esa 430-630
0
S ga teng bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: