O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


Ichki yonuv dvigatelining umumiy tuzilishi



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə48/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

Ichki yonuv dvigatelining umumiy tuzilishi,
mexanizm va tizimlarning vazifalari. Porshenli ichki yonuv dvigatellari
qo’yidagi mexanizm va tizimlardan tuzilgan: krivoship–shatunli mexanizm, gaz
taqsimlash mexanizmi, hamda sovutish, moylash, yonilg’i bilan ta’minlash,
yondirish (karbyuratorli dvigatelda) va yurgizish tizimlari.
Krivoship shatunli mexanizm tsilindr ichida ishchi yonuvchi aralashmaning
yonishidan hosil bo’lgan gazning bosimini o’ziga qabul qilib, porshenning tsilindr
ichida to’g’ri chiziqli ilgarilama va qaytma harakatini tirsakli valda aylanma
harakatiga aylantirib beradi. Dvigatel tsilindr va ostki qismi taglik bilan yopilgan
karterdan iborat.
2.1-rasm. Porshenli ichki yonuv dvigatelning tuzilishi.
A- ko’ndalang ko’rinish, B-bo’ylama ko’rinish.
a) TSilindr ichida kompressorli (zichlovchi) porshen halqalari (11) bo’ladi,
usti yuqoriga qaragan stakan shakldagi porshen (6) harakatlanadi. Porshen
barmog’i (12) va karterda joylashgan tayanch podshipniklarda aylanuvchi tirsakli
val (15) bilan bog’langan. Tirsakli val tayanch bo’yinlari (17), jag’lar (15) va
shatun bo’ynidan (14) iborat. TSilindr, porshen, shatun va tirsakli val birgalikda
krivoship shatunli mexanizmni tashkil etadi.


56
b) Bu mexanizm porshenning ilgarilanma-qaytma harakatini tirsakli valning


aylanma harakatiga aylantirib beradi.
TSilindr (5) yuqori tomondan tsilindr kallagi (7) bilan berkitilgan. Bu
kallakda kiritish va chiqarish klapanlari (8, 9) o’rnatilgan bo’lib, ularning ochilishi
va yopilishi porshenning harakatiga hamda tirsakli valning aylanishiga mos
tushadi.
Gaz taqsimlash mexanizm. Yonuvchi ishchi aralashma yoki havoning
tsilindrga kirishini hamda ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborishni bajarish uchun
xizmat qiladi. Bu mexanizm tarkibiga gaz taqsimlash vali, valni yuritgich
shesternyasi, turtkichlar, klapanlar, klapan prujinalari, koromislo, koromislo o’qi,
shtangalar kiradi.
Yonilg’i bilan ta’minlash tizimi benzin va havoni tozalaydi, ulardan
yonuvchi aralashma tayyorlaydi, uni dvigatel tsilindrlariga uzatadi va ishlatilgan
gazlarni tashqi muhitga chiqarib yuboradi.
Sovutish tizimi. Dvigatelning qizigan qismlardan ajralgan issiqlikni tashqi
muhitga tarqatadi va uni eng qulay issiqlik maromda ishlashni ta’minlaydi.
Dvigatel suyuqlik yoki havo bilan sovitiladi.
Moylash tizimi dvigatelni ishqalanuvchi qismlar orasiga yuqori bosim bilan
moy yuborib, ularning yeyilishini kamaytiradi, ishqalanuvchi qismlarni yuzalarini
qisman sovitadi, ishqalanuvchi yuzalardagi kirlarni va yeyilish zarrachalarini
yuvadi xamda moyni tozalab beradi.
O’t oldirish tizimi karbyuratorli dvigatelni majburiy ravishda o’t oldirish
uchun elektr toki uchqunini hosil qiladi va uni tsilindrlarga tartib bilan yuboradi.
Yurgizish tizimi dvigatelni yurgizish uchun xizmat qiladi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin