O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


KSHM detallarining konstruktsiyasi



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə56/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

2. KSHM detallarining konstruktsiyasi.


67
Krivoship shatunli mexanizmning tuzilishiKSHM harakatlanadigan va


harakatlanmaydigan qismlardan tuzilgan.
Harakatlanadigan qismlarga: porshen, porshen halqalari, barmog’i, shatun,
tirsakli val, vkladishi va maxovik kiradi. TSilindrlar bloki, karter, karter tagligi va
tsilindrlar qopqog’i kiradi.
Harakatlanadigan qismlar porshen, porshen halqalari, barmoq, shatun va
tirsakli valning vazifasi xamda tuzilish xususiyatlari.
Porshen. Ichki aralashmaning tsilindr ichida yonishi natijasida xosil bo’lgan
gaz bosimini qabul qilib uni o’z barmog’i xamda shatun orqali tirsakli valga
uzatish uchun xizmat qiladi. Porshenning yuqori qismida kallak ikkita babishka va
yo’naltiruvchi qism (g’ilof) bo’ladi. (3.2-rasm).
Porshenning yuqorigi qismi tub deb ataladi. Karbyuratorli dvigatel
porshenlarning tubi tekis bo’ladi va dizel dvigateli porshenlarning tubi chuqurchali
bo’ladi. Porshen kallagi g’ilofiga nisbatan kuchli qiziydi va kengayadi. SHu
sababli kallak diametrini biroz kichik qilib tayyorlanadi.
3.2- rasm. Porshen shatun guruxining qismlari:
1-porshen, 2-tirsakli val o’zak podshipniklarining vkladishlari, 3- maxovik,
4- tirsakli valning o’zak bo’yni, 5-ketingi o’zak podshipnik qopqog’i, 6 - probka,
7- posangi, 8-shcheka, 9 - o’rta o’zak podshipnik qopqog’i, 10-tirsakli valning old
bo’yni, 11 - old o’zak podshipnik qopqog’i, 12- shesternya, 13 - tirsakli val
tumshug’i, 14 - shkiv, 15 - xrapovik, 16 - tirak shayba, 17 - bimetall shaybalar,
18- tirsakli valning shatun bo’yinlari. 19 -shatun podshipnik vkladishlari,
20 - stopor halqa, 21 - porshenь barmog’i, 22 - shatun yuqorigi kallagining
vtulkasi. 23 - shatun, 24 - shatun qopqog’i, 25- salьnik, 26-moy haydash ariqchasi,
27-moy chiqarish tarog’i, 28-drenaj ariqcha.
Bu mexanizm qo’zg’almas (tsilindrlar, tsilindrlar bloki, tsilindrlar kallagi,
karter, karter tagligi) va qo’zg’aluvchan (porshenlar, porshen barmog’i halqalari
bilan, shatunlar, podshipnikli tirsakli val, maxovik) qismlardan iborat (3.2-rasm).
Porshen kallagining tashki tomoniga halqalarni o’rnatish uchun aylana
ariqchalardan iborat. Porshen alyumin kotishmasining quyib yasaladi.
Porshen halqalari. Gazlarning tsilindrdan karterga sizib o’tishini


68
kamaytirish (kompressiya) halqalari, shuningdek tsilindr devorlardan ortiqcha


moyni sidirish (moy sidiruvchi halqalar) uchun xizmat qiladi. Halqalar kulrang
cho’yandan yoki po’latdan tayyorlanadi va kesikchalar yordamida tsilindr ichki
qismidan qulflanadi.
Porshenlarga ikkita yoki uchta kompressiya halqalari va bitta yoki ikkita
moy sidiruvchi halqalar o’rnatiladi.
Porshen barmog’i porshenni shatunga erkin harakatlanishi uchun va unga
biriktirish uchun xizmat qiladi. U po’latdan ichi g’ovak qilib ishlanib sirti yuqori
chastotali tok bilan toblantiriladi va porshen bobishkalariga ikkita to’xtatish
(stopor) halqalari yordamida maxkamlanadi. Bunday maxkamlash usuli porshen
barmog’ini birlashishga imkoniyat yaratadi.
SHatun ish yo’li taktida (kengayish jaraynida) gaz bosimini porshendan
tirsakli valga, yordamchi taktlar bajarilayotganda (kiritish, siqish va chiqarish
jarayonlari) esa tirsakli valdan porshenga uzatish uchun xizmat qiladi. SHatun
po’latdan yasalib, qo’shtavr kesimli sterjendan iborat, yuqorigi kallagi ajralmas va
pastki kallagi ajraluvchi bo’ladi. Yuqorigi kallakga bronzali vtulkani presslab
kirgiziladi, pastkisiga esa shatun vkladishlari o’rnatiladi. V-simon dvigatellarda
tirsakli valning bitta shatun bo’yniga ikkita shatun o’rnatiladi. Bunda o’ng
tomondagi tsilindrlarda shatundagi nomer ketinga «nazad», chap qatordagi
tsilindrlarda esa shatundagi nomer oldinga qaratiladi, ya’ni porshendagi «vperyod»
yozuviga to’g’ri keltiriladi.
Tirsakli val gaz bosimi kuchini porshenlardan shatunlar orqali qabul qilib
olib, uni krivoship orqali burovchi momentga aylantiriladi.
Tirsakli valda tayanch buyinlar va shatun buyinlar va shatun buyinlari,
tirsaklar (krivoshiplar), posangilar maxovikni maxkamlash uchun flyanets xamda
xrapovikni burab kirgizish uchun ichki rezbali uchi bor. Tirsakli val pulatdan yoki
puxta cho’yandan yasaladi.
Posangilar tayanch podshipniklarni markazdan kochma kuchlarning zararli
ta’siridan saklash uchun xizmat qiladi. Moyni tayanch buyinlardan shatun
buyinlariga keltirish uchun moy kanallari yasalgan. Tirsakli valning tayanch
bulimlari karterdagi yostikchalarga vkladish bilan birga o’rnatiladi va ular
yostikcha kapkoklari bilan shpilkalar yordamida maxkamlanadi. TSilindrlari qator
joylashgan dvigatel tirsakli vallarning shatun buyinlari juft-juft kilib 180
0
burchak
ostida joylashtirilgan va shatun buyinlariga bittadan shatun o’rnatiladi. 8 tsilindrli
V-simon dvigatellarning tirsakli vallarida 90
0
burchak ostida joylashgan turtta
shatun buyinlarining xar biriga ikkitadan: biri chap, ikkinchisi ung qatoridagi
tsilindrlar shatun o’rnatiladi. Ularning nomerlari chizmada ko’rsatilgan (3.3-
chizma).


69
3.3-chizma. Tirsakli vallar.


a,b,d-sakkiz tsilindrli V-simon
dvigatellarniki,
1 va 3-tayanch va shatun buyinlar;
2-posangilar; 4-tikin; 5-cho’kindi
tutkich; 6-gardishida tishlari bor
bo’lgan maxovik.
Tirsakli valdagi shatun buyinlari va tayanch buyinlarining vkladishlari pulat
lentadan tayyorlanib, uning ichki (ish) sirti yupka antifriktsion kotishma katlami
bilan koplanadi. O’rtacha va yengil yuk ko’taradigan avtomobil dvigatellaridagi
vkladishlarning ish sirti serqalay alyumindan iborat. Katta yuk ko’taradigan
avtomobillarda shatunlarning vkladishlari uch katlamli yasalib, ish qatlami
qo’rg’oshinli bronzadan quyilgan.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin