70
qo’yib yasalgan. Blokning yuqori qismida tsilindrlarni o’rnatish uchun teshiklar
mavjud. TSilindrlar blokida tik holatda bir qator yoki V-simon shaklda 90
0
burchak ostida ikki qator tsilindrlarni joylanishi mumkin. TSilindrlar bloki katta
yuk avtomobillari
uchun kulrang chuyandan, yengil va o’rtacha yuk ko’taradigan
avtomobillar uchun alyumin kotishmasidan qo’yib yasaladi. (4.4-chizma).
TSilindr gilzalari xo’l turda (suyuqlik bilan sovutiladigan) bo’lib,
cho’yandan tayyorlanadi. Yeyilishni kamaytirish uchun uning yuqori qismida
kislotabdosh cho’yan quymasi bor. Gilzalarning pastki qismi ikkita rezina yoki mis
halqa, yuqorigi qismi esa tsilindrlar qopqog’i (kallagi) qistirmasi (prokladka)
bilan
zichlanadi.
3.4-rasm. Dvigatel tsilindrlari.
a-gilzasiz quruq,
b-ho’l gilzali.
1-tsilindrlar bloki, 2-suv kuylaklari, 3-
quyma, 4-tsilndrlar gilzasi, 5-
zichlovchi halqa (mis yoki rezinali)
TSilindrlar blokining pastki qismi karter xisoblanib, unda
tirsakli valni
tayanch bo’yinlari o’rnatish uchun yostiqchalar va taqsimlash valining o’rnatish
uchun teshiklar yasalgan.
TSilindrlar bloki qopqog’i. Legirlangan kulrang cho’yan yoki alyumin
qotishmasidan quyib yasalgan. Blok qopqog’i tsilindrlar blokiga bolt va shpilkalar
yordamida maxkamlanadi (3.5-rasm).
3.5-chizma.
V-simon dvigatelning
blok karteri va tsilindrlar
bloki
kopkog’i.
1- tishli g’ildirklarni taqsimlash blok
qopqog’i, 2- blok qopqog’i
qistirmasi,
3-yonish kamerasi, 4-tsilindrlar bloki
qopqog’i, 5-tsilindrlar gilzasi,
6-zichlovchi halqa, 7-blok-karter.
TSilindrlar bloki bilan blok qopqog’i orasini zichlash maqsadida ular orasiga
po’lat asbest qistirma qo’yiladi. TSilindrlar blokida va qopqog’da sovitish
suyuqligi o’tadigan teshiklar mavjud, hamda yonuvchi aralashmani
kirishi va
yongan maxsulotlarni chiqarib yuborish uchun maxsus teshiklar yasalgan.
TSilindrlar qator joylashgan dvigatellarni tsilindrlar qopqog’i bitta, V-simon
dvigatellarda esa ikkita bo’lib, xar bir tsilindrlar qatoriga bittadan qopqoq
o’rnatiladi (ZIL-130). KAMAZ-740 dvigatelida xar bir tsilindr o’z qopqog’iga ega.
Dostları ilə paylaş: