O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


Dvigatelning ramaga maxkamlanishi



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə58/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

4. Dvigatelning ramaga maxkamlanishi.


71
Dvigatelni ramaga maxkamlash, dvigatel va maxovik karterlarida


ishlangan panjalar yoki kronshteynlar yordamida amalga oshiriladi.
Maxkamlanadigan tayanchlari elastik bo’lib, ular rezina yostiqchalar va prujinalar
bilan ta’minlanadi. Bunday elastik ravishda maxkamlanishi dvigatelning notekis
ishlashidan vujudga keladigan silkinishlarni va aylanma harakatga ega
massalarning yetarli muvozanatlashtirilmaganligi, shuningdek avtomobilning
harakatlanishida ramadan dvigatelga beriladigan turtki zarblarni kamaytiradi (3.6-
rasm).
3.6-rasm. KamAZ-5320
avtomobili dvigatelining
maxkamlanishi:
a-dvigatel; b-old tayanch; v-
orqa tayanch; g-ushlab
turuvchi tayanch; 1-tsilindrlar
bloki; 2-shtift; 3-shpilka;
4,8,23 va 28–kronshteynlar;
5,15 va 19-boltlar; 6-tortgich;
7,14 va 27-rezina yostiqchalar;
9-ustun; 10-rama lonjeroni;
11-orqa tayanch kronshteyni;
12-dvigatel kronshteyni: 13-
maxovik karteri; 16-barmoq;
17-himoya qalpog’i; 18-
vtulka; 20-qopqoq; 24-
rostlovchi qistirma; 22-
uzatmalar qutisi karteri; 24-
ko’ndalang list; 25-
yostiqchaning oboymasi; 26-
yostiqchaning nakladkasi.
Dvigatellar ramaga yoki yarim ramaga uch (barcha yengil va MAZ-500
avtomobil dvigateli) to’rt va besh (KamAZ-5320 avtomobil dvigateli) joydan
maxkamlanadi.
KamAZ-5320 avtomobilining dvigateli ramaga quyidagi beshta joyi (3.6-
rasm), tsilindrlar blokining 1 oldi qismida ikki tomonida joylashgan tayanchlari,
maxovik karterining 13 ikki tomonida joylashgan tayanchlari va uzatmalar
qutisining karterida 22 joylashgan bitta yordamchi tayanch bilan mahkamlangan.
Oldingi tayanchlari tsilindrlar blokiga 1 qotirilgan kronshteyn 4, rezina
yostiqcha 7, uni kronshteynga 8 biriktirishda foydalanilgan tortqi 6, kronshteynni 8
ramaga 10 maxkamlash uchun qo’llanilgan ustun 9 lardan tashkil topgan.
Orqa tayanchlari maxovik karteriga 13 maxkamlangan dvigatel kronshteyni
12 rama lonjeroniga 10 biriktirilgan orqa tayanch kronshteyni 11, qopqog’i 20
bilan, barmoq 16 va boshqalardan tashkil topgan. Barmoq 16 rezina yostiqchada
14 joylashtirilgan. Qopqoq 20 bilan kronshteyn 11 oralig’iga rostlovchi qistirmalar
21 qo’yilgan.
Alyuminiyli qotishmadan tayyorlangan barmoqni 16 ezilishdan saqlash


72
uchun uning ichki tomoniga po’lat vtulka 18 presslangan.


Yordamchi tayanch, uzatmalar qutisi karteriga 22 biriktirilgan kronshteyn
23, aboyma 25, rezina yostiqcha 27, ko’ndalang list 24, kronshteyn 28 va
boshqalardan tashkil topgan. Rezina yostiqchali tayanchlar avtomobilning
harakatlanishida dvigatelga beriladigan turtki zarblarni kamaytiradi va dvigatelni
bo’ylama siljishidan ushlaydi.
Nazorat sovollari:
1. Krivoship-shatunli mexanizmning vazifasini va uni tashkil etuvchi
detallarini va ularning nomlarini ayting?
2. Porshen halqalarining turlari va ularning vazifalari nimalardan iborat?
3. Nima sababdan porshen massasi imkon qadar kichik bo’lishi kerak?
4. Nima sababdan porshenning tashqi yuzasi yupqa qalinlikda qalay bilan
qoplanadi?
5. Nima sababdan porshen bo’ylamasiga konus, yubkasining kesimi esa
oval shaklida ishlanadi?
6. Qizigan dvigatelda porshenning tsilindrda qadalib qolmasligi uchun
uning konstruktsiyasida nimalar nazarda tutiladi?
7. SHatunning o’zak qismi kesimining shakli qanday ishlangan va sababi
nimada?
8. Porshen barmog’ining o’rnatilishida qanday usullar mavjud?
9. Tirsakli val qanday elementlardan tashkil topgan va ularning vazifalari
nimalardan iborat?
10.Tirsakli valning posangilari qanday vazifani bajaradi ?
11.Tirsakli valning shatun bo’yinlari (tsilindrlar soniga qarab) o’zaro qanday
burchakda joylashishi mumkin?
12.Maxovik qanday vazifalarni bajaradi?
13.Burama-tebranishlar nima sababdan sodir bo’ladi?
14.Burama-tebranishlarni «so’ndirgichlar» qanday printsipda ishlaydi?

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin