73
tashqi muhitdan cheklab qo’yish hamda chiqarish jarayonida ishlatilgan gazlarni
o’z vaqtida tsilindrlardan tashqi muhitga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi.
Avtomobil dvigatellariga asosan klapanli
gaz taqsimlash mexanizimi
o’natiladi. Dvigatelning texnik iqtisodiy ko’rsatgichlari tsilindirga kirgan yonuvchi
aralashma yoki havoning hajmiga klapanlarni o’z
vaqtida ochilib va yopilishiga,
klapanlarning jipsligiga hamda tsilindrni sifatli tozalanishiga bog’liq bo’ladi.
Avtomobil dvigatellarida quyidagi gaz taqsimlash mexanizmining turlari
ishlatiladi:
- klapanlari va taqsimlash vali pastda yoki blokda joylashgan (GAZ-52, ZIL-
164) klapanlari yuqorida tsilindrlar qopqog’ida taqsimlashvali
pastda blokda
joylashgan (GAZ-24, Volga, ZMZ-53; ZIL-130, KamAZ-740);
-klapanlari va taqsimlash vali yuqorida tsilindrlar qopqog’ida joylashgan
(VAZ, Moskvich, Tiko, Damas, Neksiya, Matiz, Lasetti va O’zOtoyo’l
dvigatellari).
Dvigatellarda har bir tsilindrda bitta kiritish
va bitta chiqarish klapani
bo’ladi. Taqsimlash validagi mushtchalar soni shu klapanlar soniga teng bo’ladi.
Tirsakli val ikki marta aylanganda har bir klapan bir martadan ochiladi.
4.1-rasm. Klapanlari yuqorida
joylashgan
gaz taqsimlash
mexanizmi
Dostları ilə paylaş: