O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


Gaz taqsimlash mexanizmining qismlarini tuzilish



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə62/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

Gaz taqsimlash mexanizmining qismlarini tuzilish. Gaz taqsimlash
mexanizmi quyidagi qismlardan tuzilgan: klapan, yo’naltiruvchi vtulka, klapan
prujinalari, shtangalar, koromislo, tutgich, taqsimlash vali va taqsimlash vali
yuritmalari.
Klapanlar. Klapanlar tsilindrning kiritish va chiqarish teshiklarini ochib-
yopib turadi. Kalapan kallak, sterjen, faska va sterjen ariqchasidan tuzilgan.
Klapanlar kiritish va chiqarish turlariga bo’linadi. Kiritish klapani kallagining
diametri chiqarish klapannikiga nisbatan kattaroq bo’ladi. Kiritish va chiqarish
klapanlarining ish faskalarining burchagi 45
0
bo’ladi. CHiqarish klapanlari o’tga
chidamli bo’lib 600–800
0
S haroratda ishlaydi. Yo’naltiruvchi vtulka. Klapan
sterjenining to’g’ri haraklanishini ta’minlaydi. U cho’yandan yasaladi. Klapan
prujinalar. Klapanlarni yopiqlikda ularni o’rindiqqa jips siqib, yopiq holda ushlab
turadi. SHtangalar. Klapanlar yuqorida joylaganda harakatni turtgichdan koromislo
orqali klapanga uzatib beradi. Koromislo. SHtangadagi harakatni klapan sterjeniga
uzatish uchuun xizmat qiladi. U ikki yelkali bo’lib uglerodli po’latdan
tayyorlangan. Koromisloni oldingi uch klapan sterjeniga ketingi sozlash vinti
orqali shtanga uchiga tayangan. Koromislo qo’zg’almas o’qqa o’rnatilgan. Tutgich.
Taqsimlash valining mushtchalaridan harakatni bevosita klapanlarga yoki shtagaga
uzatadi. Tutgichlar tsilindrik yoki g’altakli bo’ladi. Klapan va koromislo uchi
orasidagi issiqliq tirqishini sozlash vinti orqali 0,25-0,30 mm holatga keltiriladi.
Taqsimlash vali. Klapanlarni mushchalar yordamida ma’lum tartibda ochib-yopadi
va dvigatel tizimlariga kiruvchi qismlarni harakatlantiradi. Taqsimlash vali
tayanchlardan, mushchalardan, shesternya, ekstsentrik va vintsimon shesternyadan
tuzilgan.
GTM ning konstruktsiya xususiyatlari. Konstruktsiya xususiyatlariga
klapanga taqsimlash vallining joylashishi kiradi. Zamonaviy yuk avtomobil
dvigatellarida asosan klapanlarni yuqorida va taqsimlash vali pastda joylashgan
koromisloli, shtangali, turtgichli, tishli shesternya yuritmali gaz taqsimlash
mexanizmlari ishlatiladi. “Mokvich” rusumli yengil avtomobil dvegatelida
klapanlari yuqorida ikki qator joylashgan, taqsimlash vali yuqorida joyolashgan
koromisloli va vtulka-g’altakli ikki qatorli zanjirli yuritmali gaz taqsimlash
mexanizmi o’rnatilgan.
VAZ rusumli yengil avtomobil dvegatellarida bir tayanchli rechag (roker) li


76
va stakan shaklidagi turtgichli hamda tishli- tasmali yuritmali gaz taqsimlash


mexanizmi o’rnatilgan. Neksiya avtomobiliga keyingi vaqtda SONC rusumli
dvigateli o’rniga har bir tsilindrda to’rtta klapan, ya’ni ikkita kiritish va ikkita
chiqarish klapanli hamda ikkita taqsimlash vali gaz taqsimlashmexanizmi
o’rnatilgan. DONS rusumli dvegatkli o’rnatilmoqda. Kiritish klapaninig diometri
chiqarish klapanining diometridan katta bo’ladi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin