6-Mavzu. Sovitish tizimi.
Reja.
1. Sovitish tizimining tarifi, vazifasi va tasnifi.
2. Sovutish suyuqligi.
3. Sovitish tizimining konstruktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash
printsipi: radiator: jalyuzi: suyuqlik nasosi: ventilyator: gidromufta:
termostat.
Tayanch so’z va iboralar: Sovitish tizimining vazifasi, turlari, tuzilishi,
ishlash jarayoni, qismlarning konstruktsiyasi, termostat va uning turlari. ochiq va
yopiq sovitish tizimi, radiator qopqog’i, radiator va uning turlari, suv nasosi
1. Sovitish tizimining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi.
Dvigatel silindrlarida yonuvchi aralashma yonayotganda, dvigatel qismlari
qizib kengayadi, natijada birikmalardagi qismlar tez yeyiladi va qadalib qolishi
mumkin, dvigatel bloki qiziydi, unga tegib turgan qistirgichli prokladkalar, rezinali
salniklar, elektr simlarining izolyatsiyalari quyib qolishi va taglikdagi moy suyulib
uning moylash xususiyati kamayayib ketishi mumkin.
Sovutish tizimining turlari. Suyuqlikning harakatlanish usuli bo’yicha
termosifon, aralash va majburiy tizimlar mavjud.
Termosifon usulida suyuqlikning harakati issiq va sovuq suyuqliklar
zichligining farqi tufayli tabiiy ravishda o’tadi.
Aralash usulda esa radiatordagi sovutilgan suyuqlik nasos yordamida
silindrlarning yuqori qismiga yuboriladi, pastki qismiga esa suyuqlik o’z tabiiy
oqimi bilan oqib turadi.
Majburiy usulda tizimdagi suyuqlik nasos yordamida uzlo’qsiz harakat
qiladi.
Zamonaviy avtomobil dvigatellarida aralash yoki majburiy (V-simon
dvigatellarda) usul bilan ishlaydigan sovutish tizimlari qo’llaniladi. Sovutish tizimi
tuzilishi jihatidan dvigatelni sovutish usuli bo’yicha suyuqlik bilan sovutish va
havo bilan sovutish usullari mavjud.
Suyuqlik bilan sovutish tizimining umumiy tuzilishi va ishlashi. Suyuqlik
bilan sovutish tizimi sovutish g’ilofi, radiator, jalyuz, nasos, termostat,
birlashtiruvchi shlang va kalta oraliq naychalaridan iborat bo’lib qo’yidagicha
ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: |