O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


Dvigatel tsilindrlarning ishlash tartibi



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə64/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

Dvigatel tsilindrlarning ishlash tartibi. Ko’p tsilindrli dvigatelning bir
maromda ishlashi uchun bir hil nomli taktlar har xil tsilindirda tirsakli val teng
burchakka aylangandan keyin birin-ketin takrorlanishi lozim. Bunday takrorlanish
dvigatel tsilindirlarining ishash tartibi deb ataladi.
Gaz-24 dvigateli tsilindirlarining ishlash tartibi 1-2-4-3; ZMZ-53, ZIL-130
va KamAZ-740 V- simon sakkiz tsilindrli dvigatellardan tsilindirlarning ishlash
tartibi 1-5-4-2-6-3-7-8;
VAZ-2106 dvigateli tsilindirlarning ishlash tartibi 1-3-4-2 va YaMZ-236 V-
simon olti tsilindirli dvigatellarda tsilindirlarning ishlash tartibi 1-4-2-5-3-6
bo’ladi. Bir hil nomli taktli tirsakli val 90
0
burilgandan keyin barobar bajariladi.
4. Gidrokompensator
Gidrokompensatorning ishlashi: klapan yopiq holatda bo’lganda turtkich 5
(4.4-rasm, plunjerning prujinasi 11 ta’sirida taqsimlash valining mushtchasiga,
gilza 7 esa klapan sterjeniga 3 tiralib turadi. SHunda A va B bo’shliqlaridagi
moyning bosimi bir xil bo’lib, teskari klapan 8 prujina 9 ta’sirida o’z o’rindig’iga
tiralgan bo’ladi.
4.4-rasm. Gidrokompensatorni joylashtirish usullarining sxemalari:
a-gidrokompensator taqsimlash vali mushtchasi bilan klapan oralig’ida joylashgan;
b- gidrokompensator taqsimlash vali mushtchasi bilan koromislo oralig’ida
joylashgan; v- gidrokompensator tsilindrlar bloki kallagi bilan klapan richagi
oralig’ida joylashgan;
1-gidrokompensator; 2-taqsimlash vali; 3-koromislo; 4-klapan richagi; 5-klapan.
Klapanning ochilishida taqsimlash valining mushtchasi turtkichni 5 pastga surib
plunjerga 6 ta’sir etadi. Plunjerning gilza ichida pastga surilishi natijasida B
bo’shlig’idagi moyning bosimi ortadi. SHunda moy, bosim ta’sirida gilza bilan
plunjer oralig’idagi radial tirqishdan turtkich bo’shlig’iga V oz miqdorda sizib
o’tadi. Ishlash davomida mushtchaning klapanga ta’sir etish vaqti juda qisqa
bo’lgani uchun moyni qisman V bo’shlig’iga sizib o’tishi amalda turtkich bilan
gilzaning birgalikda yaxlit bo’lib ishlashiga, ya’ni klapanning o’z vaqtida
ochilishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Demak, klapan qiziganda sterjenining uzayishi
moyning B bo’shlig’idan V bo’shlig’iga sizib o’tishi hisobiga bo’ladi. Klapanning


78
yopilgan fazasida B bo’shlig’idagi bosim A bo’shlig’idagiga nisbatan pasayadi.


SHunda bo’shliqlarda vujudga kelgan bosimning farqi tizimdan kelayotgan moy
hisobiga yo’qotiladi. Ya’ni A bo’shlig’idan B bo’shlig’iga, bosimning farqi
ta’sirida ochilgan teskari klapan 8 orqali moy o’tadi va u yerdagi moyning kami
to’ldiriladi. Natijada klapan yuritmasida doimo tirqishsiz holat ta’minlanadi.
4.5-rasm. Neksiya avtomobili S2 rusumli
dvigatelining gaz taqsimlash mexanizmida
gidrokompensatorning joylashtirish sxemasi:
1-taqsimlash valining mushtchasi;
2-gidrokompensator; 3-moy kanali;
4-klapan.
Gaz taqsimlash mexanizmida
gidrokompensatorning joylashtirish sxemasi:
1-taqsimlash valining mushtchasi;
2-gidrokompensator; 3-moy kanali;
4-klapan.
4.6-rasm. Gidrokompensatorning ishlash sxemasi:
Nazorat savollar
1. Gaz taqsimlash mexanizmi va uni tashkil etuvchi detallarining
vazifalarini tushintiring?
2. Klapanning joylashishiga ko’ra gaz taqsimlash mexanizmining turlari va
ularning o’ziga xos hususiyatlari nimalardan iborat ?
3. Dvigatellarda taqsimlash valini harakatlantirish uchun qaysi usulli
yuritmalardan foydalaniladi ?
4. To’rt taktli dvigatellarda taqsimlash valining uzatish soni qanday bo’lishi
kerak va nima sababdan?
5. Nima sababdan kirituvchi klapanning kallagi chiqaruvchinikiga
qaraganda kattaroq bo’ladi?
6. Nima sababdan ayrim dvigatellarning chiqaruvchi klapanlarida
ishlayotganda ularning o’z o’qi atrofida buralib turishini ta’minlovchi tuzilma
o’rnatilgan?
7. Klapanda issiqlik tirqishining vazifasi nimadan iborat ?
8. Ayrim dvigatellarda qo’llaniladigan tirqish “gidrokompensatori”ning
vazifasi nimadan iborat?
9. Gaz taqsimlash mexanizmining fazalari nimani bildiradi?
10. Nima sababdan kirituvchi klapanning ochilishi (porshenning chetki
nuqtalariga nisbatan) ilgarilab, yopilishi esa kechikib bo’ladi?
11. Nima sababdan chiqaruvchi klapanning ochilishi (porshenning chetki
nuqtalariga nisbatan) ilgarilab, yopilishi esa kechikib bo’ladi ?


79


Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin