80
nasosga kirish quvuri; 6-suyuqlikning chiqish tuynugi; 7-termostat; 8-blokdagi
suyuqlik kirish yo’llari; 9-blokdagi suyuqlik chiqish yo’llari; 10-suyuqlik yo’li; 11-
blok; 12-suyuqlik to’kish jo’mragi; 13-suyuqlik nasosi; 14,15,16-pastki suyuqlik
quvurlari; 17-radiator tagidagi jo’mrak; 18-radiatorning
pastki baki; 19-ventilyator;
20-radiator; 21-bug’ nayi.
Sovutish tiziminin qismlarining tuzilishi. Sovutish suyuqligi sifatida,
asosan, toza suv ishlatiladi, chunki u issiqlikni o’ziga
tez qabul qiladi va tarqatadi,
arzon va yetarli miqdorda bo’ladi. Lekin suv cho’kindi hosil qilib, blokning
issiqlik o’tkazish qobiliyatini
pasaytiradi, g’ilof devorlari zanglanishi natijasida
yemiriladi. Suv qishda muzlab, blok devorlarini
darz ketkazadi yoki yorib
yuborishi mumkin. Bu kamchiliklardan holi bo’lish uchun sovutish suyuqligi
sifatida antifriz TOSOL A40 va A65lar keng ishlatiladi.
Radiator dvigatel blokida qizigan sovutish suyuqligining issiqligini havo
oqimi ta’sirida tashqi muhitga tarqatib yuborish va
haroratni pasaytirish uchun
xizmat qiladi. Radiator pastki bakchalar, trubkalar,
panjaralar, klapanli bo’g’iz
qopqog’i va suyuqlik to’kish jo’mraklaridan tuzilgan. Undan tashqari radiator va
dvigatelni havo oqimi bilan shamollatishni kamaytirish uchun to’sgich (jalyuza)
o’rnatilgan, u sharnir ravishda tik o’rnatilgan plastinkalardan tuzilgan.
Suyuqlik nasosi suyuqlikning majburiy harakatlanishini amalga oshiradi. U
markazdan qochirma turda bo’lib, silindrlar blokining old devoriga o’rnatilgan.
Nasos parragi ventilyator bilan bitta valga joylashgan. Suyuqlik chiqmasligi uchun
nasos vallariga va podshipniklarga salniklar o’rnatilgan.
Ventilyator radiator orqali o’tuvchi havo oqimini ko’paytirish
uchun xizmat
qiladi. Unda ikkita, to’rtta va oltita kurakcha bo’ladi. Shovqinni kamaytirish uchun
kurakchalar
X simon juft-juft qilib, 70
° va 110° burchak ostida joylashtiriladi.
Kurakchalar po’lat listdan yoki plastmassadan yasaladi. Ventilyator va suyuqlik
nasosi tirsakli val shkividan tasma yordamida harakatlanadi.
Termostat - sovuq dvigatelni qizdirishni tezlatib, sovutish g’ilofidagi
suyuqlik haroratini o’z-o’zidan rostlab, uni belgilangan haroratini ta’minlab
turish
uchun xizmat qiladi. Termostatlar ikki xil bo’ladi: suyuqlik yoki qattiq to’ldirgichli
termostatlar.
Dostları ilə paylaş: