Bko’paytirish.
«BALIQ SKELETI» CHIZMASI – bir qator muammolarni tasvirlash va uni
yechish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini
rivojlantiradi.
“Baliq skeleti” sxemasini tuzish bo’yicha o’quv topshirig’iga yo’riqnoma O’quv topshiriqda ko’rsatilgan muammo maydonini tavsiflash uchun: 1.«Baliq skeletini” chizing: 2. «Suyak»ning chap qismida (yoki yuqori suyakda) muammo osti muammoni
yozing, o’ng qismida (pastki suyakda) – muammo osti muammoni amalda mavjud
ekanligini tasdiqlovchi dalillarni yozing.
«QANDAY?» IERARXIK DIAGRAMMASI - muammo to’g’risida umumiy
tasavvurlarni olishga, uning yechimini topish usul va vositalarini topishga imkon
beruvchi mantiqiy savollar zanjiridan iborat.
Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantiradi.
«Qanday?» diagrammasini tuzish bo’yicha o’quv topshirig’iga yo’riqnoma «Qanday?» diagrammasini tuzishdan avval, siz quyidagilarni bilishingiz kerak: ko’p hollarda Sizga muammolar hal etishda «Nima qilish kerak?» haqida o’ylashga hojat bo’lmaydi. Muammo yechimini topish uchun asosan «Buni qanday qilish kerak?» qabilida bo’ladi. «Qanday?» - muammoni hal etishda asosiy savol hisoblanadi. 1. Doira chizing va uning ichiga yechilishi lozim bo’lgan muammoni yozing. 2. Ketma-ket ravishda «Qanday?» savolini qo’ying va shu savolga javob bering. SHu tartibda savollarni ketma-ket berib boravering va javoblarni o’ylab o’tirmasdan, solishtirmasdan, baholamasdan, tez-tez yozishda davom eting. Maslahat va tavsiyalar: Yangi g’oyalarni grafik ko’rinishda qayd etishni o’zingiz hal eting: daraxt yoki kaskad ko’rinishida, yuqoridan pastga yoki chapdan o’ngga. Eng muhimi esda tuting: nisbatan ko’p miqdordagi foydali g’oyalar va muammo yechimlarini topishga imkon