146
Avtomobillarning o’rta 2 va orqa 8 yetakchi ko’priklari rama 7 ga buylama
yarim ellipsli varoqli ressor 4 orqali o’rnatilgan. Ressorning o’rta qismi xomut 5
yordamida qo’zg’almas qilib o’rnatilgan tebranuvchi tayanch 11 ning o’qi 10 ga
sharnirli qilib o’rnatilgan.
Demak muvozanatlash osma ramaga maxkamlangan oraliq o’q 10 dagi
podshipniklarga o’rnatilgan.
Ressorlarning uchlari ko’priklardagi kronshteynlarga bo’ylama tekislik
bo’yicha siljiydigan qilib tayantirilgan.
Itaruvchi kuchlar va reaktiv momentlar ko’priklardan avtomobil ramasiga 6
ta reaktiv shtanga
yordamida uzatiladi, bu shtangalar ramaga va ko’priklarga
sharnirlar vositasida biriktirilgan.
Muvozanatlovchi osma uch ko’prikli KamAZ-5320 rusumli va boshqa
rusumli yuk avtomobillariga o’rnatilgan.
5. Amortizatorning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi.
Amortizator avtomobil tekis bo’lmagan yo’lda yurganda g’ildirakning
yo’ldan sapchishini yo’qotib, yo’l sirti bilan g’ildirakning
ishlashini yaxshilaydi va
avtomobil ramasi va kuzovning tebranishiga to’sqinlik qiladi. Amortizator osmada
xosil bo’lgan tebranishlarni ikki tomonlama so’ndiradi. Amortizatorlar prujina
richagli va suyuqlik bilan ishlaydigan teleskopli turlarga bo’linadi. Amortizator
muhofaza kilish tsilindri 17 dan iborat bo’lib (13.4-chizma), unga quloqchali
halqa
va birinchi payvandlangan.
13.4-rasm. Avtomobilning
teleskopik amortizatori
1-kojux, 2-rezervuar asosi, 3-ishchi
tsilindr, 4-shtok, 5-shtok
yo’naltirgichi, 6-shtok yo’naltirgichi
manjetasi, 7, 20 va 23-prujina, 8-
manjeta oboymasi, 9-rezervuar
gaykasi, 10-quloqcha, 11-shtokni ipli
zichlagichi, 12-rezinali manjeta, 13-
oboyma manjetasi, 14-moy chiqarish
klapani, 15 va 18-tashqi
qator
teshigi, 16-kiritish klapani, 17-
siqishni o’tkazish klapani, 19-
siqishni o’tkazish klapani tubi, 21-
siqish klapani, 22 va 25-ichki qator
teshigi, 24-porshen.
147
TSilindr ichiga bir tomoni ochiq tsilindrli idish 16 kiritilgan. Idishning
pastiga halqa 11 payvandlangan. Idishning ochiq joyiga rezbali qopkoq uchini
burab kiritilgan. TSilindrli idish 16 ning ichiga ishchi tsilindr kiritilgan bo’lib
tsilindrning pastgi qismiga siqish klapani 13 ning korpusi presslab o’rnatilgan.
Ishchi tsilindr 7-ichida dasta ikkiga maxkamlangan rezina halqali porshen
joylashgan bo’lib porshenga uzatish klapani 8 va o’tkazish klapani 15 o’rnatilgan.
Amortizatorning ishlash usuli suyuqlik tsilindrning bir bo’shligidan ikkinchi
bo’shligiga siqish va qaytarish klapanlari ochadigan kichik teshiklari 12
orqali oqib
o’tganda xosil bo’ladigan gidravlik qarshilikdan foydalanishga asoslangan.
G’ildiraklar to’siq ustiga chiqqanda tsilindrli idish 16 yuqoriga tez ko’tariladi
(siqish yo’li), porshen 9 tagida suyuqlik bosimi xosil bo’ladi, suyuklik prujina
karshiligini yengib, utkazish klapani 15 orqali porshen ustidagi bushlikka okib
utadi. SHu vaqtning uzida suyuklikning bir qismi siqish klapani 8 orqali tsilindrli
idish 16 ga o’tadi. G’ildiraklar yo’l tusigidan utgach, tsilindrli idish 16 pastga
siljiydi (kaytarish yo’li), porshen tagida siyraklanish paydo bo’lib, uning ta’sirida
kaytarish klapani 15 ochiladi va suyuqlik porshen tagidagi tsilindr bushligiga okib
utadi. SHu vaqtning uzida kiritish klapani 13 ochiladi va
suyuqlik tsilindrli idish
16 dan chikib, porshen tagidagi bo’shliqni to’ldiradi.
Dostları ilə paylaş: