O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə118/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

1. Mustaqil osmaning tuzilishi,
ishlashi va qo’llanishi.
Mustakil osmada chap va ung tomondagi gildariklar kuzovga richaklar
yordamida ayrim-ayrim osilgan bo’lib, g’ildiraklar bir-biriga bog’liq bo’lmagan
holda kuzovga nisbatan tik ravishda silkinadi. Bunda bir tomondagi g’ildirakning
silkinishi ikkinchi tomondagi g’ildirakda sezilmaydi. (13.1-chizma, a va b)


144
13.1-rasm. Mustakil osma turlari.


a-bir richagli, b-ikki teng richagli.
Mustaqil osma kinematik tuzilishiga qarab bir richagli va ikki teng richagli
bo’ladi.
Bir richagli osmada g’ildirak avtomobilning buylama o’qiga nisbatan
burchak osti silkinadi. Ikki teng richagli osmada g’ildirak avtomobilning bo’ylama
o’qiga nisbatan muvoziy (parallel) tekislikda silkinadi.
Richaglar kuzovga sharnir yordamida biriktirilgan.
Yuklanish avtomobil massasidan kuzov va prujina orqali g’ildirakka utadi.
Avtomobil notekis yo’lda yurganda prujina siqilib g’ildirakdan kuzovga o’tayotgan
turtkilarni yumshatiladi. Prujina kerilganda kuzovni tebratadi va bu tebranishlarni
o’z vaqtida amortizator yordamida so’ndiriladi. Bir richagli osmalar Moskvich va
Jiguli rusumli yengil avtomobillarning oldingi ko’prigiga o’rnatilgan. Ikki teng
richagli osmalar GAZ-24, Volga va GAZ-3109, 3110 rusumli yengil
avtomobillarning oldingi ko’prigiga o’rnatilgan.
2. Nomustakil osmaning tuzilishi, ishlashi va qo’llanilishi.
Ma’lumki avtomobil notekis yo’llarda yurganda yoki har xil tezlikda
harakatlanganda g’ildirak orqali kuzovga turtki va siltov kuchlari uzatiladi. Bu
kuchlarni yumshatish maqsadida osmada shaklni o’zgartiradigan elastik
differentsiallanuvchi qismlardan foydalaniladi. Elastik qismlarga raqamli ressora
spiralsimon prujina va burilishga ishlaydigan tortsion sterjeni ishlatiladi.
Nomustaqil osmada chap va o’ng g’ildiraklar ko’prikka o’rnatilgan bo’lib,
ko’prik esa ressoralar vositasida rama yoki kuzovga biriktirilgan. Bir g’ildirakning
silkinishi va tebranishi ikkinchi g’ildirakka xam uzatiladi. (15.2-chizma). Bu
osmada g’ildirak avtomobilning bo’ylama o’qlariga nisbatan tik-tekislikda siljiydi
va tebranadi.
Bu turdagi osmalar yengil avtomobillarning ketingi ko’prigiga va yuk
avtomobillarning va avtobuslarning ketingi xamda oldingi ko’priklariga
o’rnatilgan. Avtomobil notekis yo’lda yurganda ressor yoki prujina skilib
g’ildirakdan ramaga yoki kuzovga o’tadigan turtkilarni yumshatadi.


145
13.2-chizma. Nomustakil osma.


Prujina kerilganda rama yoki kuzovni tebratadi va bu tebranishlarni o’z
vaqtida yengil avtomobillarning ketingi ko’prigiga va o’rtacha yuk ko’taradigan
yuk avtomobillar (GAZ-53A, ZIL-130) ning oldingi ko’prigiga o’rnatilgan
amortizator yordamida so’ndiriladi. Yuk avtomobil va avtobuslarda ko’priklarga
tushayotgan yuklanishlar o’zgarib turadi. SHu sababli asosiy ressoradan tashqari
ko’shimcha kichik ressoralar o’rnatilgan. Katta yuklanishlarda va tekis yo’llarda
avtomobil yurganda ko’shimcha ressoralar ishga tushadi. Yuklanishlar to’la
bo’lmaganda faqat asosiy ressoralar ishlaydi. SHu bilan avtomobilning ravon
ishlashi ta’minlanadi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin