5. Avtomobilning tezkorligi, baholovchi ko’rsatkichlar. Avtomobil ko’chada ayniqsa shahar ko’chalarida harakatlanganda uning
tezligini har doim o’zgaratirib turadi.
Masalan, shaharda ishlatiladigan avtomobillar 15-25 foiz tekis harakat, 30-
45% tekis tezlanuvchan va 30-40 foiz tormozlanish bilan harakatlanadi. Demak,
o’zgaruvchan harakatdagi avtomobil dinamikasi tezlanish va tezlikning o’zgarishi
uchun zarur bo’lgan yo’l hamda vaqt bilan o’lchanadi.
6 Avtomobilning tezlanishi. Dinamik omil formulasidan avtomobilning tezlanishi quyidagicha teng
bo’ladi:
айл а a g Д j d
y
/
)
(
-
=
, m/s
2
(7.1)
Bu formuladagi dinamik faktorning (har bir uzatma uchun) hamma tezliklar
uchun qiymatlari aniqlangan, ψ koeffitsentining qiymati esa berilgan. Aylanib
harakatlanuvchi massalar koeffitsienti δ
ayl
har bir uzatma uchun quyidagicha
topiladi:
айл d
2
.
04
,
0
04
,
1
к у U +
=
(7.2)
Bu formulaga U u.k. ning izlanayotgan uzatma uchun qiymatlari qo’yiladi.
Avtomobilga o’rnatilgan uzatmalar qutisi uch uzatmali bo’lsa, ularning tezlanish
qiymatlari alohida hisoblanadi.
Dinamik, faktor har bir uzatmaning 8...10 tezlik qiymati uchun
aniqlanganligi sababli, har bir uzatma uchun tezlanishiiig ham shuncha qiymatini
aniqlash zarur. 7.1- rasmda ko’rsatilgan a, v nuqtalardagi tezlanish qiymatlari
qo’shni uzatmalar uchun tezlanish qiymatlariga eng yaqin, bu esa avtomobil har bir
uzatmada maksimal tezlikka ega bo’lgani uchun uzatmalarni qo’shish uchun
maqbulidir. Natijada avtomobilga bo’lgan dinamik yuklanish kamayadi.