215
taqdirda ham undan unumli foydalanishni talab etiladi. Qiyin yo’l sharoitiga o’tish
qiyin bo’lgan
uchastkalar, sirpanchiq, yumshoq va tog’li yo’llar kiradi.
Transport vositalari o’z o’tag’onligi bo’yicha uch guruhga bo’linadi:
normal o’tag’onli
avtomobillar;
yuqori o’tag’onli avtomobillar;
eng yuqori o’tag’onli avtomobillar.
Normal o’tag’onli avtomobillar faqat orqa yoki oldingi ko’prigi yetakchi
bo’lib, ularni tekis yo’llarda ishlatiladi. Bu turdagi avtomobillarda jami 4 ta
g’ildirak bo’lib, bulardan ikkitasi yetakchi g’ildiraklar bo’ladi.
Bu holatda
g’ildiraklar formulasi 4x2 bo’ladi.
Yuqori o’tag’onli avtomobillarni old va orqa ko’priklari yetakchi bo’lib,
ularni
notekis yo’llarda, cho’l va yo’lsiz dalalarda ishlatiladi. Bu
turdagi avtomobillarda
g’ildiraklarning hammasi yetakchi bo’ladi. Bu holatda g’ildiraklar formulasi 4x4,
6x6, 8x8 bo’ladi.
Eng yuqori o’tag’onli avtomobillarga yarim zanjirli va yetakchi ko’prigi uchta
va undan ortiq bo’lgan avtomobillar kiradi.
Avtomobilning yo’l to’siqlaridan o’tuvchanlik turlari va ularning o’lchamlari
asosan geometrik va tayanch-tishlashish ko’rsatkichlaridan iborat (13.1-rasm).
13.1-rasm. Avtomobilning yo’l to’siqlaridan o’tishi.
Dostları ilə paylaş: