O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


Gibrit yuritmali avtomobillar. Elektromobillar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə180/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

5. Gibrit yuritmali avtomobillar. Elektromobillar.
Ilk elektromobillar tarixi ichki yonuv dvigateli asosida harakatlanuvchi
avtomobillardan ham uzoqroqqa borib taqaladi. Vikipedia elektron qomusida
keltirilishicha, tirkama ko’rinishidagi elektromotorli birinchi avtomobil 1841
yilda kashf qilingan.


237
Ikki o’rindiqli, to’rt g’ildirakli dastlabki elektromobillarning old g’ildiraklari


ortdagilariga qaraganda nisbatan kattaroq bo’lgan. Ular 36 bo’lmali Bari tizimiga
asoslangan qo’rg’oshin akkumulyatorlar kuchi bilan harakatlangan. Bunday
akkumulyatorlar har 64 kilometr masofada quvvatlashni talab qilgan. O’sha
vaqtlarda elektromobillar 4 ot kuchiga ega bo’lib, soatiga 37,4 kilometrgacha
tezlikda harakatlangan bo’lsa ham, o’z davrida olamshumul kashfiyot sifatida tan
olingan.
1899 yilning 1 mayida La Jamais Contente elektromobili quruqlikda ilk bor
tezlikni 100 kilometr-soatdan oshirib, rekord natija — 105,882 kilometr-soatga
chiqargan. Amerikalik muhandis Uolter Beyker esa ushbu ko’rsatkichni 130
kilometr-soatgacha yetkaza oldi. «Borland Elektrik» firmasi tomonidan ishlab
chiqarilgan elektromobil ilk bora CHikagodan Miluokiga bo’lgan 167 kilometrlik
masofani bir martalik quvvat bilan bosib o’tdi. Uning o’rtacha tezligi soatiga 55
kilometrni tashkil etdi.
Dastlab benzin va elektr tokida harakatlanuvchi avtomobillarning o’rtacha
tezligi bir xil bo’lgan. Biroq elektromobillarning eng katta kamchiligi quvvatlash
jarayonining murakkabligida edi. O’sha vaqtlarda o’zgaruvchan tokni o’zgarmas
tokka aylantirib beruvchi moslamalar bo’lmagani bois, quvvatlash jarayoni
elektromotor yordamida amalga oshirilgan. O’zgaruvchan tok bilan ishlovchi
motor elektromobil akkumulyatoriga ulangan valni harakatga keltirgan. 1906 yilda
o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirib beruvchi nisbatan sodda
ko’rinishdagi moslama yaratilgan bo’lsa ham, quvvatlash muammosi yetarlicha hal
etilmadi.
XX asrning birinchi choragida avtomobillar asosan elektr toki va bug’
asosida harakatlanardi. 1910 yilda birgina AQSHning Nьyu-York shahrida 70
ming dona elektromobil-taksilar harakatlanar edi. SHuningdek, elektr yuk
mashinalar va elektr omnibus (elektr avtobuslar)lari soni ham ko’pchilikni tashkil
etardi.
1960 yillarga kelib avtotransportlar bilan bog’liq ravishda vujudga kelgan
ekologik muammolar hamda yonilg’i mahsulotlari narxining keskin oshib ketishi
elektromobillarning takomillashgan ko’rinishlarini yaratish ustida olib
borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirib yubordi.
1990- yillarda AQSHning Kaliforniya shtati atmosferasi eng ko’p
ifloslangan hudud sifatida tilga olingach, Kaliforniya Havo resurslari qo’mitasi
tomonidan 1998 yildan boshlab jami avtomobillarning 2 foizi, 2003 yildan esa 10
foizi atmosferaga zararli gazlarni chiqarmaydigan elektromobillardan iborat
bo’lishi lozimligi haqida qaror qabul qilindi. SHu maqsadda General Motors
kompaniyasi 1996 yildan boshlab EV1 elektromobillarining keng ko’lamda ishlab
chiqarishni boshlab yubordi. 1997 yilda Kaliforniyada 5500tadan ziyod ana
shunday elektromobillar savdoga chiqarildi.
2002 yilda elektromobillar akkumulyatorlari bilan bog’liq muammo tufayli
qariyb barcha shu kabi avtomobillar ishlab chiqaruvchilar tomonidan yig’ib olinib,
yo’q qilingan bo’lsa, neftь narxining keskin ko’tarilgani 2007 yilga kelib
elektromobillarga bo’lgan e’tiborni yana jonlantirdi.


238
Bugungi kunda elektromobillar nafaqat shaxsiy transport vositasi sifatida,


balki vokzal, ishlab chiqarish tsexlari va yirik savdo tarmoqlarida yuklarni tashish,
attraktsionlarda ko’ngilochar maqsadlarda ham keng foydalanilmoqda.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin