O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


Yangi kashfiyotlar, yangi rekordlar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə181/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

Yangi kashfiyotlar, yangi rekordlar
Ko’pchilikning nazarida elektromobillar sekin harakatlanuvchi, tez-tez
quvvatlash zarur bo’lgan, ustiga-ustak juda qimmat transport vositasi hisoblanadi.
Aslida esa elektromobillarning o’rtacha tezligi ichki yonuv dvigatelli
avtomobillardan qolishayotgani yo’q. Jumladan, 2010 yilning 22-23 may kunlari
yaponiyalik elektromobil ishqibozlari klubi tomonidan ishlab chiqarilgan Dai’atsu
Mira EV avtomobilibir martalik quvvat bilan 1003,184 kilometr masofani bosib
o’tdi. SHu yilning 24 avgustida esa litiy-ionli akkulmulyator bilan jihozlangan
«Venturi Jamais Contente» elektromobili AQSHning Yuta shtatida 1 kilometr
masofa oralig’ida tezlikni soatiga 495 kilometrga olib chiqdi. Uning maksimal
tezligi esa 515 kilometr-soatni tashkil etdi. 27 oktyabrь sanasida «lekker Mobil»
elektromobili barcha imkoniyatlar, jumladan, isitish tizimi yoqilgan holda
Myunxendan Berlingacha bo’lgan 605 kilometrlik masofani bir martalik quvvat
bilan bosib o’tdi. Mazkur elektromobil 55kVt quvvatga ega dvigatel va 115 kVt-
soat sig’imli «DBM Energy» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Kolibri»
akkumulyatorlari bilan ta’minlangan bo’lib, o’rtacha tezligi soatiga 90, ba’zi
joylarda 130 kilometrga yetdi. «DBM Energy» mutaxassislarining
ta’kidlashlaricha, bunday akkumulyatorlar bilan elektromobil egalari 32 soatgacha
tinimsiz harakatlanishi, umumiy hisobda 500 ming kilometr masofani bosib
o’tishlari mumkin.
«Quyoshmobillar» va «shamolmobillar»
Amaliyotda elektromobillarning Quyosh batareyalari va shamol eneragiyasi
asosida harakatlanuvchi turlari ham ishlab chiqarilgan. Biroq bunday avtomobillar
foydali ish koeffitsientining pastligi (10-15 foiz), sutkalik energiya jamg’arish
imkonining mavjud emasligi sababli unchalik ommalashmadi. SHuningdek,
«quyoshmobillar»ning tunda va ob-havo noqulay bo’lgan kunlarda harakatlanishi
cheklangan bo’lib, Quyosh batareyalari tannarxining balandli ham bu borada katta
muammolarni tug’dirmoqda.
SHunday bo’lsa ham, Venturi Eclectic kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqarilgan Venturi Astrolab modeli avtomobil ishqibozlari o’rtasida anchagina
tanildi. Ushbu model qo’shimcha ravishda shamol energiyasi asosida
harakatlanishi bilan ham boshqa turdoshlaridan ajralib turadi.
Italiyalik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarilgan SolarWorld GT elektromobili
esa Quyoshdan quvvat olgan holda 2012 yili dunyo bo’ylab sayyohatni amalga
oshirdi.
11,42 ot kuchiga ega, quvvati 4,2 kVt bo’lgan ikkita motor-g’ildirak bilan
harakatlanuvchi Loebbemotor avtomobili ham bu borada ko’pchilik e’tiborini
o’ziga qarata oldi. U o’zining yengil vazni (umumiy hisobda 260 kg), aerodinamik
ko’rinishi tufayli «quyoshmobillar» o’rtasida rekord tezlikni qayd etdi. Uning eng
yuqori tezligi soatiga 120 kilometrgacha ko’tarildi. Mazkur avtomobil 21
kilogramm vaznga ega bo’lib, quvvati 4,9 kVt-soatni tashkil etuvchi litiy-ionli
akkumulyator bilan ta’minlangan.


239
SHuningdek, ayni paytda gibrid-«quyoshmobillar» ham mavjud bo’lib, ular


bir vaqtning o’ziga ham Quyosh energiyasidan, ham oyoqlar bilan pedallarni
aylantirish hisobga harakatlanadi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin