2. Avtomobil sanoatining taraqqiy etish tarixi.
Xayotimizga avtomobillar shunchalik kirib kelganki ularsiz xayotni tasavvur
qilish qiyin. Xususan xozirgi kunda xom ashyo va tayyor maxsulotlarni tashish,
ochiq usulda ko’mir va ruda qazib chiqarish, sanoat usulida uy-joy binolari va
sanoat korxonalari qurish, qishloq xo’jaligiga zarur yuklar, o’g’it va turli
maxsulotlar tashish, keng iste’mol mollarini bevosita iste’molchilarga o’z vaqtida
yetkazib berish va boshqa maqsadlarda avtomobillardan foydalaniladi. Yuk
avtomobillaridan tashqari yo’lovchi avtomobillarining ham mamlakatimiz
aholisining kundalik turmushidagi axamiyati katta.
Birinchi avtomobil qaerda va qachon yaratilgan, avtomobillardan avval
qanday harakat vositasi bo’lgan? Harakat manbai bo’lgan dvigatellar qachon
yaratilgan? Dvigatellarning qanday turlari bor? Xozirgi davrda qanday
avtomobillar yaratilmoqda va xokazo savollarga javob topish uchun avtomobil
tarixiga nazar tashlaymiz.
41
«Avtomobil» so’zi grekcha «autos»-o’zi va lotincha «mobilis»-
harakatlanuvchi so’zlar yig’indisidan tashkil topgan bo’lib «O’zi- harakatlanuvchi»
degan ma’noni bildiradi. Avtomobilь–quruqlikda harakatlanuvchi transport
vositasi bo’lib, mustaqil energiya manbaiga ega bo’lgan dvigatel bilan jihozlangan
hamda katta qulaylikka va xafsizlikka ega bo’lgan holda relssiz yo’llarda yuk va
odamlarni tashish uchun mo’ljallangan mashinadir. Avtomobilni bunday ta’riflash
uni boshqa transport vositalaridan ajratib turadi.
Hozirgi avtomobilning paydo bo’lishi oddiy tegirmon g’ildiragidan to inson
muskulidan harakatga keluvchi o’ziyurar aravachagacha bo’lgan juda uzoq yo’lni
bosib o’tdi. Birinchi marta ana shunday aravacha bundan 200 yil muqaddam
yaratilgan edi. Bunday o’ziyurar arava Rossiyada istiqomat qiluvchi dehqon
Leontiy SHamshurenkov tomonidan yaratildi. Keyinroq I.P.Kulibin uch g’ildirakli
«samokat» ixtiro etdi. U inson muskuli kuchi bilan harakatga keltirilar edi.
Lekin bunday aravalarni harakatga keltirish odamlarga bir qancha
qiyinchilik va noqulayliklar tug’dirardi. SHuning uchun ular bu aravalarni
qandaydir kuch yordamida harakatga keltirish uchun uzoq izlandilar. Oqibatda ular
yoqilg’idan ana shunday energiya olish mumkinligini sezdilar. Bu borada rus
kashfiyotchisi I.Polzunovdan tashqari frantsuz Deni Papen, nemis Leupolьd,
shvetsiyalik Trivelьd, inglizlar Nьyukomen va Uatt hamda boshqalar izlanish olib
bordilar. Nihoyat insoniyat tarixida transportning universal dvigateli - bug’
dvigateli ixtiro qilindi. Bug’ mashinasi, avvalo, o’ziyurar ekipaj avtomobil uchun
energiya manbai bo’lib ishlatilgan edi. Avtomobillarning birinchi avlodlari ot
tortadigan aravalar shaklida ishlanib, unga oldingi g’ildirakni aylantirish uchun
bug’ dvigateli o’rnatilgan.
Avtomobil, kashfiyotchilarning bug’ aravasini rivojlantirish,
takomillashtirish va uning ustida uzoq yillar moboynida tinimsiz ish olib borilishi
natijasidir. Bir necha yillar davomida bug’ mashinasi asosida bir qancha o’ziyurar
avtomobillar yaratildi. Birinchi bug’ avtomobilini 1769 yilda frantsuz xarbiy
injeneri Kyunьo yaratdi. Bu mashina artilleriya yuklarini tashishga mo’ljallangan.
U o’zinig ikkinchi bug’ mashinasini 4-5 tonna yuk ko’tarishga mo’ljallab yaratdi.
Uni jahondagi birinchi yuk mashinasi, deb hisoblash mumkin. Kyunьoning bu
avtomobili uchta g’ildirakka ega bo’lib, oldingi g’ildiragi yetaklovchi va
boshqariladigan edi. Bug’ qozoni o’txonasi bilan avtomobilning oldingi qismiga
o’rnatilib, bug’ qozondan to’g’ri ikki tsilindrli bug’ mashinasiga o’tkazilar edi.
TSilindr porsheni esa oldingi g’ildirak, xrapovik mexanizmlar bilan bog’langan.
Mashina to’liq mo’qammallashmaganligi va bug’ dvigatelining juda og’irligi va
kattaligi uchun amaliyot jihatidan rivojlana olmadi. SHunga qaramay, Kyunьo
ixtirosining katta axamiyatga ega ekanligini tan olish kerak. CHunki u birinchi
bo’lib dvigatelь bilan harakatlanuvchi avtomobil yaratish mumkinligini isbotlab
berdi.
19 asrning birinchi yarmida Angliyada bir necha bug’ dvigateli bilan
harakatlanuvchi avtomobillar yaratildi. Ko’pincha ular avtobus kurinishiga ega
bo’lar edi. Baxaybatligi va og’irligi tufayli bug’ avtomobillari oddiy yo’llardan
zo’rg’a harakat qila olardilar. Natijada yo’llarni yaxshilash, temir yo’llar yaratish
fikri tug’ildi. Bug’ avtomobilining relьsga qo’yilishi parovozning vujudga kelishi
uchun asos bo’ldi. Bu davrda iqtisodiy texnika jihatdan kamchiliklarning ko’pligi
42
tufayli avtomobillar yaxshi rivojlanmadi. Masalan, bug’ dvigatelining yuqorida
qayd etilgan kamchiliklari avtomobilda undan to’la foydalanishga to’sqinlik qildi.
1860 yilda frantsuz mexanigi Etьen Lenuar birinchi bo’lib gaz bilan ishlovchi
ichki yonuv dvigatelini yaratdi. Lekin u ham ba’zi kamchiliklardan holi emas edi.
Ichki yonuv dvigatelini takomillashtirish borasida ko’pgina kashfiyotchilar
ish olib bordilar. 1862-1877 yillar davomida germaniyalik N.A.Otto o’zini butun
jahonga mashxur qilgan ichki yonuv dvigatelini yaratdi. Otto 15 yil mobaynida
foydali ish koeffitsienti (F.I.K.) 0,15 ga teng bo’lgan ichki yonuv dvigatelini
yaratdi. Bu dvigatel to’rt taktli ichki yonuv dvigateli deb ataldi. Mana shu yangi
yaratilgan to’rt taktli ichki yonuv dvigateli avtomobilsozlikning rivojlanishi uchun
poydevor bo’ldi.
Ko’p yillar davomida yer usti transportini harakatga keltiruvchi asosiy kuch
dastlab ho’kizlar keyin otlar va boshqa yirik uy xayvonlari bo’lib kelgan. Lekin
odamlar energiyaning boshqa turi ustida bosh qotira boshladilar, ya’ni
charchamaydigan, kasal bo’lmaydigan va ochlik nimaligini bilmaydigan energiya
manbalari axtara boshladilar. Bu borada insonga tabiatning o’zi yo’l ko’rsatdi.
Energiya manbai sifatida shamol kuchidan foydalandilar.
Elkanlar shamol yordamida qayiqni xoxlagan yo’nalishda, xox shamol
yo’nalishida xox unga qarshi harakatlantirishi mumkin edi.
Dastlabki yelkanli aravalar qadimgi misrda eramizdan avvalgi XVII – XVIII
asrlarda paydo bo’lgan. Misr fir’avnlari cho’l orqali bir shahardan ikkinchi
shaharga yurishda yelkanli aravalardan foydalangan. Keyinchalik yelkanli aravalar
ma’lum muddatga unut bo’ladi.
Eramizning XVI-XVII asriga kelib Gollandiyalik matematik Simon Stiven
yelkanlardan quruqlikda foydalanish g’oyasini ilgari suradi. Gollandiyaning tabiiy
sharoiti – tekis dengiz sohillari va doimiy kuchli shamollar Stivenning g’oyasini
amalda sinab ko’rishga imkon berdi. Ixtirochi 1600 yilda to’rt g’ildirakli 2 o’rinli
«vetroxod»ni yaratdi.
Stiven yana bir qancha shu kabi ekipajlarni yaratib ular yordamida gollandiya
qirg’oqlari bo’ylab SHeveningem va Pitten shaharlari orasida transport qatnovini
vujudka keltiradi. Bu shaharlarninig orasidagi masofa 60 km bo’lib «vetroxod» bu
masofani 2-3 soatda bosib o’tgan.
Mexanik I.P.Kulibin 1791 yil vatandoshi SHamshurenkovning «o’ziyurar
kolyaska» g’oyasini rivojlantirib, inson muskuli yordamida harakatga keladigan
«samokatka»sini yaratdi.
Rama ostida joylashgan maxovik ekipajning ravon yurishini ta’minlaydi
(1.1-rasm). Undan tashqari «samokatka»da tezliklar qutisi va tormoz qurilmasi
mavjud edi.
43
1.1.-rasm Kulibinning
«samokatka»si 1791 yil.
Samokatning maksimal tezligi soatiga 30 km ni tashkil etib, kuzovga ikki
odam joylashishi mumkin bo’lgan, uchinchi odam esa «samokat»ning orqasida
turib uni oyoqlari bilan harakatga keltirar hamda ekipajni boshqarar edi.
Kulibinning «samokatka»si avtomobilning yaratilishidagi muhim ixtirolardan biri
bo’ldi.
Keyinroq zanjirli uzatmalar va pnevmatik shinalar vujudga keldi. Yugurish
mashinasi asosida yo’lovchilarga mo’ljallangan uch g’ildirakli va sport
musobaqalariga mo’ljallangan ikki o’rinli velosipedlar ixtiro qilindi. Bu
velosipedlar 1887 yili Djems Starle va frantsuz Anri Peker tomonidan ixtiro
qilingan – differentsial bilan ta’minlandi. Differentsiallar, velosiped burilayotganda
uning yetakchi g’ildiraklarining o’zaro har xil chastota bilan aylantirib
velosipedning ravon burilishini ta’minlagan.
Velosipedlarning takomillashtirilishi, ayniqsa ularda podshipnik, pnevmatik
shinalar va differentsialning qo’llanilishi keyinchalik avtomobilning yaratilishida
katta axamiyatga ega bo’ldi.
BUG’ DAVRI. Suvning qaynashini kuzata turib, inson shuni tushundiki
idishdan chiqayotgan bug’ - bu ob-havoga bog’liq bo’lmagan «qo’lbola shamol».
Lekin bug’ning past bosimi biron-bir jiddiy mexanizmni harakatga keltirishga
kamlik qilar edi. Energiya manbaini katta miqdorda bir joyga to’plab keyin undan
foydalanish imkonini beruvchi vosita o’ylab topish zaruriyati tug’ildi.
Nihoyat 1657 yili italьyan Fernando Vebrist tomonidan bug’ mashinasining
sodda modeli yaratildi (1.2-rasm).
1.2-rasm
O’txona ustiga joylashgan qozonning ingichka bo’g’zidan chiqayotgan bug’
yog’och g’ildiraklarni harakatga keltiradi.
Fernando Vebristning ushbu modeli XVII asrning oxiriga kelib bug’
dvigatellari bo’yicha ixtirolar zanjirining vujudga kelishiga sababchi bo’ldi.
44
Xususan 1681 yilda Angliyada frantsiyalik emigrant Deni Papenning bug’
dvigatellariga bag’ishlangan kitobi chop etildi. Deni Papen atmosfera bosimi
yordamida porshenni tsilindr ichida harakatlanib foydali ish bajarishi mumkinligini
isbotlashga urinardi. Boshqacha qilib aytganda Papen havo nasosini dvigatelga
aylantirishga bel bog’ladi.
Dastavval Papen bug’ qozonini ixtiro qildi, - qalin devorli temir idish
germetik berkitiladigan qopqog’ va saqlagich klapani bilan ta’minlangan. Insoniyat
tarixida «Papen qozoni» deb nom olgan va xozirda xar bir uy bekasiga ma’lum
bo’lgan «tez qaynatkich» («skorovarka») frantsuz olimining bug’ imkoniyatlarini
o’rganishdagi ko’p yillik tajribalarining natijasi bo’ldi. Uning «dvigateli»
quyidagicha ishlardi: tsilindr tubiga suv quyib, tagidan olov bilan qizdiriladi bug’
esa porshenni harakatga keltiradi. Keyin o’txona tsilindr tagidan olinib dvigatel
suv quyib sovitiladi. Porshen dastlabki holatiga tashqi atmosfera bosimi yordamida
qaytariladi. Bu tsikl bir minut davom etgan. Afsuski Papen o’sha vaqtda bug’dan
foydalanishning boshqa usullarini topmadi.
Papengacha odamlar biron – bir ishni bajarishda bug’dan foydalanmaganlar
desak noto’g’ri bo’lar, chunki 2000 yil avval grek matematigi va mexanigi
Arximed mis zambarakning stvolidan yadroni bug’ yordamida otishni o’ylab
topgan.
Bug’ mashinalarining ko’payishi bilan ularning texnik imkoniyatlarini
boholash davr talabi bo’lib qoldi. Bu muammolarning yechimi ham Djeyms Uatt
nomi bilan bog’liq. Uatt o’zining bug’ mashinalaridan birini pivo zavodiga
o’rnatadi. Unga qadar zavod nasoslari otlar yordamida harakatga keltirilgan bo’lib,
ular bug’ mashinalari bilan almashtirilgan edi. SHunda Uattning miyasiga
mashinalarning quvvatini «ot kuchlarida» (qisqartirilgan o.k.) baholashdek
g’aroyib fikr keladi. U shuni aniqladiki suv nasosini harakatga keltirayotgan ot 1
sekundda 75 kg suvni 1 m balandlikka ko’tarar ekan. Bundan uning quvvati
taxminan 75 kg m/s ga tengligini anglash mumkin va bu quvvat 1 ot kuchi (o.k.)
deb olingan. Lekin bu mezon quvvatni to’g’ri baholash uchun yetarli emasdi,
chunki bir baquvvat ot ma’lum vaqt davomida 2 ot kuchi quvvatini berishi
mumkin.
O’lchovlarning noaniqligi va yagona o’lchov usulining yo’qligi mashinalar
quvvatiga noto’g’ri baho berilishiga sabab bo’lardi.
1901-1907 yillargacha mashinalar imkoniyati to’g’risidagi ma’lumotlar
taxminiy aytilgan, masalan, 20 o.k. dan 25 o.k.gacha.
Bir qancha Yevropa davlatlari o’zlarining o’lchov mezonlarini taklif qildilar.
Hatto «eshak kuchi» degan tushuncha ham mavjud edi. Uni angliyalik muhandis
U. Pris 1884 yili kichik quvvatli dvigatellarni baholash uchun taklif etgan. Unga
ko’ra 3 eshak kuchi 1 o.k.ga teng deb hisoblangan.
Nihoyat 1960 yili bo’larning barchasiga barham berildi. SHu yili o’tkazilgan
og’irlik va o’lchamlarga bag’ishlangan XI xalqaro konferentsiyada, yagona
Xalqaro birliklar sistemasi (SI) qabul qilindi. Ushbu sistemaga binoan quvvat
vattlarda (Vt) ifodalanadigan bo’ldi. Quvvat o’lchov birligi Djeyms Uatt sharafiga
atalgan bo’lib Vt (Vatt) deb yoziladi. 1 o.k. 735 Vt (75 kg. m/s) ga teng. Buning
ma’nosi shuki, agar mashina 75 kg yukni chuqurlikdan 1 s vaqt ichida 1 m
masofaga ko’tarsa uning quvvati 1 o.k. ga teng.
45
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib bug’ mashinalarini relssiz yo’llarga
mo’ljallangan aravalarga, temir yo’l va suv transportida qo’llay boshladilar.
Mu’lum muddat bug’ avtomobillari, parovoz va benzinli avtomobillar bilan
raqobatlashib va shu bilan birga bir – birini to’ldirib rivojlanib bordi.
Birinchi mukammal harakatlanuvchi bug’ avtomobilini 1769 yilda frantsuz
Nikol-Jozef Kyunьo (1715-1804) yaratdi (1.3-rasm).
Bug’ mashinasi aravaning oldingi g’ildiragiga o’rnatilgan bo’lib, oldingi g’ildirak
ham yetakchi ham boshqariluvchi bo’lgan. Bo’g’ mashinasining bunday
o’rnatilishi aravani boshqarishda qiyinchiliklar tug’dirardi, chunki g’ildirak o’ng
yoki chap tomonga burilganda u bilan birga katta hajmga ega bo’lgan bug’ qozoni
ham buriladi.
1.3-rasm. Kyunoning mashinasi
Kyunьoning bu mashinasi asosan yuk tashishga mo’ljallangan bo’lib
ko’proq xarbiy maqsadlarda (artileriya qurollari va snaryadlarni tashishda)
qo’llanilgan. Mashinaning umumiy og’irligi 4 tonna bo’lib uning tezligi 3 t yuk
bilan 2-4 km/soat ni tashkil qilgan. Ushbu bug’ aravasini dastlabki yuk avtomobili
deyish mumkin. Mashina ikki ot kuchiga teng bo’lgan quvvatga qiyinchilik bilan
erishardi. Qozon katta hajmga ega bo’lib bug’ning bosimi tez orada pasayib
qolardi. Bosimni bir maromda ushlab turish uchun xar chorak soatda to’xtab olovni
kuchaytirish kerak bo’lgan. Bu muolaja «kochegar» tomonidan amalga oshirilgan
va ko’p vaqt talab qilar edi.
Keyinchalik Kyunoning bug’ mashinasi muzeyga topshirilgan.
XIX asrning boshlarida temir yo’llar vujudga kelib rivojlana boshladi.
Ammo temir yo’llar shaharning barcha ko’chalariga kirib bora olmasdi. SHuning
uchun ham ayniqsa Angliyada bug’ avtomobillarining bir necha turlari yaratildi.
Bug’ avtomobillarining quvvati 8-10 barobar oshirilib ularning yonilg’i sarfi
va o’lchamlari kamaytirildi. Bug’ mashinasini aravaning orqa qismiga
joylashtirdilar. Bug’ avtomobillarida krivoship mexanizmining qo’llanilishi
kelajakda ichki yonuv dvigatellarini yaratilishiga asos bo’ldi.
Bug’ avtomobillari temir yo’l transporti singari tekis rivojlanmadi. Yo’l
sharoitlari bug’ avtomobillariniing harakati uchun yetarli imkon bermasdi. Faqat
XIX asrning 20-30 yillariga kelib yo’llar birmuncha takomillashganidan so’ng
shahar ko’chalarida bug’ avtomobillari ko’paya boshladi.
Dostları ilə paylaş: |