O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə124/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Sifatlarning tuzilish turlari


1. Sodda sifatlar bir o`zakdan iborat bo`ladi: aqlli, yaxshi.
2. Qo`shma sifatlar - rahmdil, ertapishar, havo rang. Bunday sifatlar: 1) ikki tub so`zdan tashkil topib, ot+ot (kulcha yuz bola), ot+sifat, sifat+ot (sovuqqon), ravish+ot ko`rinishlarida bo`ladi: ommabop, xom semiz (yigit), kamgap; 2) biri tub, ikkinchisi yasama so`zdan iborat bo`ladi: sovuqqon, ishyoqmas, erksevar, tilbilmas.
3. Birikmali sifatlar: uzun tolali (paxta), yoshi ulug` (inson), gapga usta (odam), oqishdan kelgan (yigit).
4. Juft sifatlar - o`ydim-chuqur, och-nochor, nozik-nihol, ola-quroq.
5. Takroriy sifatlar - baland-baland, uzun-uzun, yo`l-yo`l (ko`ylak).

Sifat tahlili namunasi

1. So`rog`i.
2. Darajasi.
3. Otlashgan yoki otlashmaganligi.

5. Modal shakllari.
6. Tuzilish turi.Tub yoki yasamaligi.
7. Gapdagi sintaktik vazifasi



3-MA’RUZA
SON SO`Z TURKUMINING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI, MA’NO TURLARI.
REJA:

  1. Sonning leksik-grammatik xususiyatlari.

  2. Sonning ma’no turlari.

  3. Bir sonining o`ziga xos grammatik xususiyatlari.

  4. Hisob so`zlari (numerativlar)

  5. Sonlarning otlashishi.

  6. Sonlarning tuzilish jihatdan turlari.



Sonning leksik-grammatik xususiyatlari

Predmetning miqdorini, sanog`ini, joylashish tartibini, ba’zan ish-harakatning bajarilish tartibini, miqdoriy belgisini bildiradigan mustaqil so`z turkumi son deyiladi. Son necha? nechanchi? nechta? qancha? kabi so`roqlardan biriga javob beradi.


Son otga bog`lanib, u ifodalagan predmetning konkret miqdoriy belgisini, ba’zan fe’lga bog`lanib, u ifodalagan harakatning miqdoriy belgisini anglatadi: to`rtta daftar, ikki oy o`qidi, birinchi keldi kabi. Arifmetik amallarda esa son otga, fe’lga bog`lanmagan holda keladi. Bunda son ifodalagan miqdor mavhum ma’noga ega bo`ladi: ikki qo`shuv uch. Arifmetik hisoblashda qanday predmetlar miqdorining qo`shilishi bilan besh hosil bo`lishi aniq emas.
Sonlar ko`pincha raqamlar bilan yoziladi:
1) arab raqamlari bilan 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9.
2) rim raqamlari bilan: birliklar: I (1), II (2), III(3), IV(4), V (5), VI (6), VII (7), VIII (8), IX (9); o`nliklar: X (10), XX(20), XXX(30), XL(40), L (50) LX (60), LXX (70), LXXX (80), XC(90); yuzliklar: C (100), CC (200), CCC (300), CD (400), D (500), DC (600), DCC (700), DCCC (800), CM (900); mingliklar: M (1000), MM (2000), MMM (3000) ...
Badiiy asarlarda sonlar so`z bilan yoziladi: To`rt yil kutdi.
Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan 23 ta sodda son bo`lib, boshqa sonlar shularning qo`shilishidan hosil bo`ladi: nol, bir, ikki, uch, to`rt, besh, olti, etti, sakkiz, to`qqiz, o`n, yigirma, o`ttiz, qirq, ellik, oltmish, etmish, sakson, to`qson, yuz, ming, million, milliard.
Eski yozuv tilida tuman (o`n ming), lak (yuz ming) kabi sonlar bo`lgan. Tarixiy asarlarda manna shu sonlar uchraydi.
Son predmetning aniq (beshta daftar) yoki noaniq (besh-oltita daftar) miqdorini bildirishi mumkin. Lekin har ikki holda ham son yozuvda raqam bilan ifodalangan. Ravish so`z turkumiga doir ko`p, oz, kam, mo`l kabi so`zlar ham predmetning noaniq miqdorini bildiradi, lekin bu so`zlar raqam bilan ifodalanmaydi. Shuning uchun ham bu so`zlar son so`z turkumiga oid emas.
Son so`z turkumi o`ziga xos quyidagi leksik-grammatik xususiyatlarga ega:
1. Sonning leksik-semantik xususiyati uning belgi ma’nosini ifodalashidir, ya’ni predmetning miqdor, sanoq va joylashish tartibiga ko`ra (ba’zan harakatning joylashish tartibi, miqdoriy belgisi) belgisini anglatadi. Demak, son miqdor tushunchasining nomi bo`ladi.
2. Son ma’no jihatdan predmetning sanog`ini, donasini, taxminiy miqdorini, umumiy miqdori (jamligi), taqsimlanish miqdori, joylashish tartibi; shuningdek ish-harakatning bajarilish tartibi, miqdori kabi modal ma’nolarni ifodalaydi. Shu ma’no xususiyatlariga ko`ra son ikki turga: sanoq son va tartib sonlarga bo`linadi. Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi maxsus modal shakl yasovchi affikslar mavjud: uchta, beshovlon, ikala, yuzlab, to`rttadan, uch-to`rt, o`ninchi kabi. Bu affikslar faqat sonlargagina qo`shiladi.
3. Son morfologik jihatdan o`zgarmaydi, ya’ni egalik, kelishik, ko`rlik affikslarni olmaydi, chunki son asosan otga bog`lanib kelib, aniqlovchi vazifasini bajaradi: Uy egasi Otabekning yoniga ikkita yostiq olib qo`ydi va bittani o`z yonboshiga ham oldi. (A.Qodiriy.)
Son hech qachon belgi ifodalovchi so`zni o`ziga tobe qilib kelmaydi - aniqlovchi olmaydi.
Son ba’zan fe’lga bog`lanib kelib, harakatning miqdoriy belgisini anglatganda, hol vazifasini bajaradi: Otabek qutidor tomonidan quvilganidan keyin, Marg`ilonga yetti-sakkiz marta kelibdi (A.Qodiriy.)
4. Son bog`lanib kelgan ot qo`llanmaganda, otga qo`shilib kelgan so`z o`zgartiruvchi affikslar, ya’ni egalik, kelishik hamda shakl yasovchi ko`plik affiksini olishi mumkin. Bunday morfologik jihatdan o`zgargan son otlashgan son sanalib, gapda ot bajargan ega, to`ldiruvchi, qaratqich-aniqlovchi, kesim kabi sintaktik vazifalarni bajaradi: Birov tosh, birov gul, o`z joyida ikkovi ham yaxshi (Shukrullo). Bilagi zo`r birni yiqar, bilimi zo`r mingni. (Amir Temur o`gitlari). O`nning yarmi besh.
Otlashgan son fikrni stilistik jihatdan ixcham obrazli ifodalashi uchun xizmat qiladi (maqol, matal, aforizmlarda ko`p uchraydi). Sonning hamma turlari ham morfologik jihatdan o`zgarmaydi (chama son hosil qiluvchi –tacha, -lab, -lar qo‘shimchalari kasr songa qo`shilmaydi).
5. Sonlarning hisob so`zlari (numerativlar) bilan birga qo`llanishi uni boshqa so`z turkumlaridan ajralib turuvchi o`ziga xos belgilaridan biri sanaladi. Hisob so`zlari ot so`z turkumiga doir bo`lib, u son bilan bog`lanib kelgan ot va fe’l orasida ishlatiladi: ikki tup daraxt, besh kilogramm olma, o`n kilometr yurdi, to`rt sahifa o`qidi kabi.
Sonlar hisob so`zlari bilan ham, hisob so`zlarisiz ham qo`llanadi (Bu so`zlar haqida quyida to`xtalamiz).
6. Son so`z yasalish tizimiga ega emas. Boshqa so`z turkumlaridan son yasalmaydi. Lekin sondan boshqa so`z turkumlari yasalishi mumkin: birlik, beshlik (ot), ikkilan (fe’l), bittalab (ravish) kabi.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin