O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə16/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

XVI. Paleoosiyo tillari oilasi: A. Chukot guruhi: chukot, koryak, kamchadal. B. Sibir guruhi: odul, nivx. D. Ket tili.
XVII. Eskimos tillari oilasi: eskimos, aleut.
XVIII. Shimoliy Amerika tillari oilasi: algonkin tillari, irokez tillari, siu tillari, naetchz -muskok tillari, atabask, mossk tillari, penuti , xoka tillari.
XIX. Markaziy Amerika tillari oilasi: uto-astek tillari, mayya tillari va b.
XX. Janubiy Amerika tillari oilasi: tupi-guarani, kechua, aravak, aruakan, chon, alakaluf, pano, je va b.
XXI. Uzoq Sharq tillari oilasi: yapon, ryukyuk, koreys, ayn.
XXII. Avstraosiyo tillari oilasi: munda, santali, mundari, xo, bxumadji.
XXIII. Bask tili (birorta ham oilaga kirmaydi).
XXIV. Burjask tili (birorta ham oilaga kirmaydi).


Morfologik tasnif


Avvalo, bu tasnif nomidagi ”morfologik” so‘ziga e’tiboringizni qaratamiz. Bu so‘z orqali muayyan tildagi so‘zlarning tarkibiga ishora qilingan, chunki morfologiya bo‘limi so‘zlarning o‘zgarishi haqidagi qoidalar yig‘indisidan iboratdir. Demak, bu tasnifda dunyo tillari tarkibidagi so‘zlarning tuzilishi asos qilib olinadi.
Bu tasnifga ko‘ra tillar quyidagi 4 guruhga bo‘linadi:
1. Amorf (ing. amorphous“shaklsiz” degani) tillar tarkibidagi so‘zlar hech qanday so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri birikib, bog‘lanib keladi. So‘zlar o‘rtasidagi grammatik munosabatlar so‘z tartibi, urg‘u va ohang orqali amalga oshiriladi. Bu guruh yana o‘zak tillar, ajratuvchi tillar, o‘zak ajratuvchi tillar degan nomlar bilan ham ataladi. Bu tillarga xitoy, tibet, birma, vetnam va xitoy-tibet oilasiga mansub bo‘lgan boshqa tillar misol bo‘la oladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin