O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə17/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

2. Agglyutinativ (ing. agglutinative“yelimlangan”, “yopishtirilgan” degani) tillarda qo‘shimchalar o‘zgarmas asosga qo‘shilib keladi va shu tariqa so‘zlar o‘zaro bir birlariga bog‘lanadi.
Agglyutinativ tillarga turkiy tillar, shu jumladan, o‘zbek tili, fin-ugor tillari, dravid, indonez, hindu tillari va boshqalar, shuningdek, alohida tillar hisoblanmish yapon va koreys tillari kiradi.
Agglyutinativ tillarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) qo‘shimchalar asosdan keyin qo‘shiladi: kitob-lar-ning.
2) har bir qo‘shimcha asosan bitta grammatik ma’noni ifodalaydi: maktablarga so‘z shakli tarkibidagi –lar qo‘shimchasi ko‘plik ma’nosini, -ga affiksi yo‘nalish ma’nosini ifodalaydi.
3) o‘zak va qo‘shimchaning chegarasi aniq bilinib turadi, ya’ni ular qo‘shilib ketmaydi.
4) qo‘shimchalarning qo‘shilishida ham o‘ziga xos tartib mavjud: oldin so‘z yasovchi, keyin shakl yasovchi, undan keyin so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha qo‘shiladi: gul-zor-lar-dan.
3. Flektiv (ingl. Inflexional “o‘zgaradigan”, “turlanadigan” degani) tillar grammatik ma’nolar o‘zak ichidagi tovush almashinuvlari asosida yasaladigan tillardir. Flektiv tillarga hind-yevropa, semit, xamit tillari kiradi. Bu tillarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) o‘zakdagi tovush o‘zgarishlari yangi grammatik ma’noning yasalishiga olib keladi. Arab tilidagi quyidagi so‘zlarga e’tibor bering: naqsh, naqqosh; xalq, xaloyiq kabi.
2) bir grammatik ko‘rsatkich (qo‘shimcha) birdan ortiq grammatik ma’noni ifodalaydi: rus tilidagi kniga so‘zi tarkibidagi –a qo‘shimchasi jinsni (jenskiy rod), bosh kelishikni, birlik sonni bildirib kelgan.
3) bir grammatik ma’no turli shakllardagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Rus tilida ko‘plik ma’nosi -i, -a, ы, ya qo‘shimchalari orqali ifodalanishi mumkin: книги, города, ножы, братья.
4) o‘zak-negiz mustaqil qo‘llanmasligi mumkin. Rus tilidagi idu, idya, idti, idyom so‘zlarida id– qismi o‘zak hisoblanadi va u mustaqil ishlatilmaydi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin