14.Uslubiyat (stilistika) bo‘limida nutq uslublari o‘rganiladi.
3- MA’RUZA FONETIKA VA FONOLOGIYA REJA: 1.Fonetika haqida ma'lumot.
2.Nutq a’zolari, nutq apparati.
3.Artikulyatsiya haqida ma'lumot.
4.Tilning fonetik vositalari.
5.Nutq tovushlarining tasnifi
Fonetika trilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, turlari, o‘zgarishi, so‘z ma’nolarini farqlashdagi roli, shuningdek, urg‘u, intonatsiya(ohang) nutqning fonetik bo‘linishi kabi masalalar o‘rganiladi.
Fonetika ham o‘rganish obyektining hajmiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1. Umumiy fonetikadadunyodagi barcha tillarning tovush tomoni va u bilan bog`liq hodisalarni o`rganadi. Bularga barcha tillarda unli va undosh tovushlarning mavjudligi, nutq apparati, tovush o`zgarishlari kabilar kiradi.
2. Xususiy fonetikada muayyan bir tilning fonetik xususiyatlari o`rganiladi. Masalan, o`zbek tili fonetikasi, turkman tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi. Fonetikaning bu turi tilning fonetik tomonini qay tarzda o`rgashiga qarab ikki turga bo`linadi: 1) tavsifiy fonetikada muayyan tilning fonetik tizimi tarixiy jarayon va dalillarga bog`lanmagan holda o`rganiladi. 2) tarixiy fonetikada ma’lum bir tilning fonetik tizimi til tarixi bilan bog`liq tarzda o`rganiladi.
3. Qiyosiy fonetikada bir-biriga yaqin tillarning fonetik xususiyatlari qiyoslab o`rganiladi. Masalan, o`zbek va rus tillarini qiyoslab o`rganish maktablarda shu tillarni o`qitishning metodik muammolarini hal qilishda yordam beradi.
4. Eksperimental fonetikadafonetik biliklar va hodisalar maxsus asboblar yordamida tekshiriladi. Bunda olingan natijalar nazariy xulosalarning ishonchliligi ta’minlanadi.
Fonetik birliklar va ularning turlari
Fonetik birliklar deganda so`z yoki qo`shimchalarning shakliy tomonini hosil qiladigan va ularning ma’nolarini farqlash, chegaralash vazifalarini bajariladigan birliklar tushuniladi. Bunday birlikalar so`z va qo`shimchalarning qaysi tomoni (shakl va mazmun) uchun muhimligi jihatidan ikki guruhga bo`linadi: 1. Segment (ingl. qism, bo`lak23) birliklar so`z yoki qo`shimchalar tarkibida birin-ketin kelib, o`zaro ulanadigan birliklardir. Bularga nutq tovushlari va bo`g`in kiradi. 2. Ustsegment (supersegment) birliklar qo`simcha, so`z, jumla, gap yoki matnning mazmun tomoniga aloqador birliklardir. Bu guruhga urg`u, ohang (intonatsiya), to`xtam (pauza) kiradi.
Quyida shu birliklar bilan batafsil tanishamiz.