5-rasm. Nutq apparati. Yumshoq tanglay yuqori tomon siljigan: Faola’zolar: 1- lablar; 2 – tilning old qismi; 3 – tilning o`rta qismi; 4 – tilning orqa qismi; 5 – til o`zagi; 6 – kichik til; 7 – yumshoq tanglay; 8 – halqumning orqa qismi. Nofaol a’zolar: 9- old tomondagi yuqori tishlarning uchi; 10 - old tomondagi yuqori tishlarning orqa qismi; 11-12 – qattiq tanglayning old qismi; 13 – tanglayning o`rta qismi; 14 – yumshoq tanglayning old qismi; 15 - yumshoq tanglayning orqa qismi;
6-rasm. Nutq apparati. Yumshoq tanglay quyi tomon siljigan:
I – og`iz bo`shlig`i; II – halqum; III – burun bo`shlig`i; IV – bo`g`iz.
Endi nutq tovushlarining fizik-akustik tomonlari bilan tanishamiz. Bunda fonetikaning fizika fani bo`limlaridan biri bo`lmish akustika bilan aloqadorligi namoyon bo`ladi va natijada fonetikada fonetik akustika degan bo`lim borligi aniqlanadi.
Fonetik akustika nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan sohadir. Akustik jihatdan har qanday tovush havo oqimining tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari esa o‘pkadan kelayotgan havo oqimining un paychalari tebranishidan hosil bo‘ladigan ovoz va nutq a’zolarida hosil bo‘ladigan shovqinning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari akustikasida ko‘yidagilar farqlanadi:
1. Nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi ma’lum vaqt ichida un paychalarining tebranish miqdoriga ko‘ra har xil chiqishidir: un paychalari ko‘p tebransa, tovush baland bo‘ladi, aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past chiqadi.
2. Nutq tovushlarining kuchi ma’lum kenglikdagi maydondan ma’lum vaqtda o‘tadigan energiya miqdoridir. Bu haqda tilshunos olim H.Jamolxonov shunday yozadi: “Tovushning kuchi (intensivligi) - 1 sm2 maydondan 1 sekundda o‘tadigan energiya miqdoridir”25 Demak, nutq tovushlarining kuchi un paychalari tebranishi kengligiga bog‘liq: tebranish kengligi katta bo‘lsa, tovush kuchli chiqadi, bu kenglik kichik bo‘lsa, tovush ham kuchsiz chiqadi.
3.Nutq tovushlarining tembri (sifati) – asosiy ton bilan hosil bo‘ladi. Tovushlarning tembri og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘ining hajmi, shakliga, tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo‘lishiga bog‘liq.
4. Tovushning cho‘ziqlik darajasi un paychalarining tebranishi davom etgan vaqt bilan o‘lchanadi. Tebranish uzoq davom etsa, tovush cho‘ziq; tebranish qisqa davom etsa tovush qisqa bo‘ladi.