O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə24/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Tovush va fonema

Tovush va fonemaning o‘zaro farqi ham nutq va til o‘rtasidagi o‘zaro farqqa borib taqaladi. Boshqacha aytganda, tovush nutqqa tegishli tushuncha bo‘lsa, fonema tilga tegishli tushunchadir.


So`zlar tarkibidagi nutq tovushlari ularning ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladi. Bu ularning asosiy vazifasidir: tob, toj, toy, tok, tol, tom, tor, top, tot, tosh, tog‘, toq. Ko‘rinyaptiki, bu so‘zlar o‘zaro bitta (oxirgi) tovush bilan farq qilyapti. So‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush fonema deb ataladi. Fonemaning aniq talaffuz qilingan, quloqqa eshitilgan ko‘rinishi tovush yoki fon (allofon) deb yuritiladi29. Masalan, bir, bilan so`zlaridagi qisqa i, biy, tiy so`zlaridagi cho`ziq i, qirq, G`irot so`zlaridagi ruscha ы ga yaqin aytiladigan i fon (allofon) hisoblanadi. Jorj Yul yuqorida zikr qilingan darsligida yozishicha, fonema ongda mavhum tushuncha sifatida mavjud bo`lgan paytda, real nutqda uning turli variantlari hosil bo`ladi.30
Fonemalarini tasnif qilganda ularni bir-biridan farqlantiruvchi belgilar farqlovchi (differensial) belgilar hisoblansa, shu tovushlar uchun umumiy belgilar esa birlashtiruvchi (integral) belgilar sanaladi: b va p tovushlari uchun lablar ishtirokida hosil bo‘lish va portlovchilik belgilari birlashtiruvchi belgilar sanalsa, jarangli-jarangsizlik belgisi farqlovchi belgidir.


Fonemalarning turlari

Fonemalar quyidagi xususiyatlariga ko`ra ikkita guruhga bo`linadi:








Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin