Kontakt soatlari*: mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish, ularni taqdim etish, zarur ma’lumotlar va turli materiallar boʻyicha savollarga quyidagi grafik asosida oʻqituvchiga murijaat qilishingiz mumkin:
№
|
Kun
|
Vaqt
|
Xona
|
1.
|
Dushanba
|
10.00 – 12.00
|
2-30
|
2.
|
Chorshanba
|
10.00 – 12.00
|
2-30
|
* Eslatma: Mazkur blok har bir oʻqituvchi tomonidan oʻzining individual-shaxsiy ishchi dasturida imkoniyatdan kelib chiqib toʻldiriladi.
1-variant
1-topshiriq. 1) nuqtalar o`rniga tushirib qoldirilgan unli va undoshlardan mosini qo`yib gaplarni ko`chiring; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar ustiga shu so`z orfografiyaning qaysi tamoyili asosida yozilganini yozib ko`rsating; 3) gaplar tarkibida tovush o`zgarishlari mavjud so`zlarni aniqlab, o`zgarish turini shu so`z ustiga yozib qo`ying.
1. Ayniqsa, qiz bola uchun ...ayoli, iffatli, sirli-se..rli, iboli va ochiq che…rali bo`lishdan ham ulug`roq …usn yo`q. (M.Murodov). 2. Istamay mutolaa qilayotgan talaba qanotsi… qush…a o`xshaydi (Sa`diy). 3. Qiz bolaning yuragi go`yo gul kapalagidek na…is va nozi… bo`ladi (M.Qoriyev). 4. Maqsadi – yoshlarni yo`ldan ur…sh bo`lgan emish.(Sh.)
5. Tabib qanday …arakat qilsa, polvonga yoqmas edi. (A.Q.)
2-topshiriq. O`qing va ko`chirib yozing. 1) barcha so`zlarning urg`usini qo`ying va ularni bo`gin ko`chirish qoidasiga muvofiq qismlarga bo`lib yozing; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar tarkibidagi unli va undosh tovushlarga to`liq tavsif bering.
1. Quyosh tabassum bilan chiqdi-yu, soy atrofidagi o'tloqlar, qishloqdagi bog`lar, katta va keng yo`llar nur bilan charaqlab ketdi. (Sh.R.) 2. Agraning kech kuzi xuddi Andijonning bahor paytlaridek salqin va mayin tuyular edi. (P.Q.) 3. Irisbek do`mbirasining qulog`ini yana bir burab, shikasta ovozda o`lan boshladi. (S.Murodjonov) 4. Esini tanibdiki, jamoa xo`jaligida ishlaydi: brigadir bo'ldi, ketmonchi bo`ldi, dakki yemadi.(S.Ahm)
3-topshiriq. 1) tagiga chizilgan so`zlarning lug`aviy va grammatik ma’nolarini aniqlab yozing; 2) ko`chma ma’noli so`zlarni aniqlab, ma’nosi qaysi usul bilan ko`chganligini ustiga yozib qo`ying; 3) gaplar tarkibidagi omonimlik, sinonimlik, antonimlik va paronimlik xususiyatlari mavjud bo`lgan so`zlarni aniqlab, ularning ma’nolarini izohlab yozing.
1. Alisher mehmonlarga eng lazzatli taomlardan tortishni buyurdi. (L.B.)
2. Kechki ovqatga yoqiladigan o`tning tim rang tutunlari ishkomlar orasiga yoyilmoqda. (S.) 3. Sheriklashib ishlaganning yuragi sherday bo`lar. (Maqol) 4. “Ayam mehnatkash, jafokash xotin, - e'tiroz tariqida gapirdi Yo`lchi, - unday yengil, guvillagan ayol emas”. (O.) 5. Shovqin shunchalik ko`tarilgan ediki, Muzaffar zalni tinchitguncha o`lib bo`ldi. (J.Abd.) 6. Kirgan bo`lsa o`n to`qqiz-yigirmalarga kirgan. (S.Ahm.)
7. Ishlab topgan har bir tiyiniga qanchalab peshana teri tomadi. (S.Ahm.)
8. Tushida u brigada traktoriga minib, qabriston chekkasidan ariq o`tkazish niyatida go`ristonga yo`l olgan emish. (O.Y.) 9. Biroq qanchalik urinmasin, O`ktamjonning suratini ko`z o`ngida tiklay olmadi. (S.An.)
10. Bu zamonda o`ng ko`zing so`l ko`zingga yov... (O.)
4-topshiriq. 1) gaplar tarkibidagi eskirgan so`zlarni tarixiy va arxaik so`zlarga, yangi so`zlarni “butunlay yangi” va “yangi ma’no kasb qilgan” kabi guruhlarga bo`lib yozing; 2) sheva, atama, kasb-hunar va jargon so`zlarni topib ma’nolarini izohlang; 3) frazeologik iboralarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.
1. Hamza og`a, karvich yetmayapti, - dedi maktab binosini qurayotgan ustalardan biri. (J.Sh.) 2. Hamma ishlardan ko`ngli to`q bo`lganidan ikki kun ko`z ochib yumguncha o`tib ketdi. (O`.Umarbekov). 3. Ularning biri qaysidir direktorni osmonga ko`tarsa, ikkinchisi olg`ir, ochko`zlikda ayblab yerga uradi (Y.Sh.) 4. Oka, sizga achchiq ko`k choy beriymi?
5. – Nima, ishtaha yo`qmi? – so`radi yana yumaloq yigit. – Yoki yakandan kamchilmisan? Hechqisi yo`q, yuraver, menda besh bola bor, baham ko`ramiz. (J.Abd.) 6. Ellalomalar ishga tushganida tajribaxonani radioto`lqindan muhofaza qiluvchi pardaning kuchsizlangani sezildi. (T.Malik) 7. Yuzboshi bu gapni mingboshiga aytib, qozixonada Ali laylakka o`n darra urdiribdi. (A.Q.)
5-topshiriq. 1) faqat birinchi gap tarkibidagi so`zlarni morfemalarga ajrating: o`zakning tagiga chizing va affiks turlarini aniqlab, ularning nomini yozib qo`ying; 2) barcha gaplar tarkibidagi yasama so`zlarni topib, qaysi usul bilan yasalganini yozing; 3) barcha gaplar tarkibidagi qo`shma, juft, takroriy, qisqatma so`zlarni topib, ustiga tegishlicha yozib qo`ying.
1. Binoyi kiyingan, xushsurat bu yigit kirib kelganida tabibboshining tosh yuragi yumshagan edi. (T.Malik) 2. Qorasuv tomonda bitta Pulyemas degan ariq bor ekan. (P.Q.) 3. Saidiy haqiqatan talabalik vaqtida ko`p she’rlar yozgan, bularning ko`pchiligi devoriy gazetalarda bosilgan... (A.Q.) 4. Haydar hoji qirq yoshlardagi, o`rta bo`yli, ozg`in... kishi bo`lib, kiygan kiyimi uni yana ham ko`rimsiz qilar edi. (A.Q.) 5. G`oyibnazarni yangi mavsum oldidan hisobchilikdan bo`shatishdi. 6. So`nggi paytlarda soch-soqoli-yu, ust-boshiga qaramay qo`ygan dadasi oyog`iga g`arch-g`urch xrom etik, boshiga yangi chust do`ppi, egniga yangi paxtalik fufayka kiyib olgan… (O.Y.)
Dostları ilə paylaş: |