4-topshiriq. 1) gaplar tarkibidagi eskirgan so`zlarni tarixiy va arxaik so`zlarga, yangi so`zlarni “butunlay yangi” va “yangi ma’no kasb qilgan” kabi guruhlarga bo`lib yozing; 2) sheva, atama, kasb-hunar va jargon so`zlarni topib ma’nolarini izohlang; 3) frazeologik iboralarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.
1. Tavba! Eshon “gardkam” deb oshiq otadimi, a? (O.) 2. Mashina-miyaga miyamning muvozanatini boshqaruvchi qismi o`z faoliyatini tiklashi kerak, degan fikrni aytaman. (A.Belyayev) 3. Ko`pi bilan bir oy ichida bironta ham yakkaxo`jalik qolmasligi, hamma yuz protsent kolxoz bo`lishi kerak, dedi. 4. Dim yaxshi, men ham jiyanim Bahodirni sog`ingan edim. (J.Sh.) 5. Qisqa, cho`ziq, o`ta cho`ziq bo`g`inlarning turlicha birikuvidan har xil rukn (ustun) deb ataluvchi ritmik bo`laklar tuziladi. (A.Hojiahmedov) 6. Bugun o`ng yonboshingiz bilan turgan ekansiz. (S.Ahm.) 7. Dili siyoh bo`lib turgan Farhod, unga g`alati qilib bir chimirildi-yu, indamadi. (H.Nazir)
5-topshiriq. 1) faqat birinchi gap tarkibidagi so`zlarni morfemalarga ajrating: o`zakning tagiga chizing va affiks turlarini aniqlab, ularning nomini yozib qo`ying; 2) barcha gaplar tarkibidagi yasama so`zlarni topib, qaysi usul bilan yasalganini yozing; 3) barcha gaplar tarkibidagi qo`shma, juft, takroriy, qisqatma so`zlarni topib, ustiga tegishlicha yozib qo`ying.
1. Bundan oldingi so`fi Ismoilboy o`ta dindor va nashavand kishi bo`lib, ...o`tgan ramazonda jannati bo`lgan edi. (G`.G`.) 2. Uning yuvoshgina iljayishidan yoqutdek lablari ostidagi sadaf kabi oq tishlari bir oz ko`rinib qo`ydilar. (A.Qod.) 3. . ...o`zbek, qozoq va butun jangchilar do`zaxning o`tyoqar, o`tkavlar shovvozlari kabi, favqilbashar g`ayrat va g`azab bilan ishladilar. (O.) 4. Haligi MAZ to`xtamay o`tib ketgan, tevarak-atrof zim-ziyo, faqat qayerdadir uzoqda, ...miltiragan chiroqlar ko`rinardi. (O.Y.) 5. Obodonchilik boshqarmasining vakili issiqda terlab ketgan, ko`zoynagi ham hovurdan xira tortgan edi. (P.Q.) 6. Bu so`zlarni eshitganida Asadbek qanday ajablangan bo`lsa, hozir Manzura ham shunday taajjublandi. (T.Malik)
Dostları ilə paylaş: |