O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə228/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

5-variant


1-topshiriq. 1) nuqtalar o`rniga tushirib qoldirilgan unli va undoshlardan mosini qo`yib gaplarni ko`chiring; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar ustiga shu so`z orfografiyaning qaysi tamoyili asosida yozilganini yozib ko`rsating; 3) gaplar tarkibida tovush o`zgarishlari mavjud so`zlarni aniqlab, o`zgarish turini shu so`z ustiga yozib qo`ying.

1. Bunda uning ko`z qorachig`i – farzandi yer tishla… yotibdi. (Mirm.)


2. At…m asrida qanaqa qilib sekin o`ynab bo`ladi. (Sh.) 3. Atrof qishloqlarda dong`i ketgan bu katta dargohdan har vaqt muri…lar, ulamolar arimas, hamisha toat-ibodat, zikr uzilmas edi. 4. - Kim biladi, shu quruqlig-u issiqlik ham saba… bo`ldimi, mollarga yomon bir kasal yuqyapti. (P.Q.) 5. Mahallaga qayrilishda go`yo uni kuti… turgan kabi, ellikboshi Olimjon uchrab qoldi. (O.)


2-topshiriq. O`qing va ko`chirib yozing; 1) barcha so`zlarning urg`usini qo`ying va ularni bo`gin ko`chirish qoidasiga muvofiq qismlarga bo`lib yozing; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar tarkibidagi unli va undosh tovushlarga to`liq tavsif bering.

1. Paytdan foydalangan Kozim shu zahotiyoq juftakni rostlab qoldi. (A.Q.) 2. To`rtta qo`shni xotin orasiga kirsa, boy tog`am bor, eshigini yel ochib, yel yopadi, deb maqtansa kerak. (O.) 3. Bog`ning to`rt tomonini o`ragan baland, yangi paxsa devor bo`ylab shaftoliliar o`sadi. (O.)


4. Xayrlashuv oldidan Shamsi To`rayevich darvozaxonaning bir burchagiga terib qo`yilgan pishiq g`isht uyumini unga ko`rsatdi. (N.A)


3-topshiriq 1) tagiga chizilgan so`zlarning lug`aviy va grammatik ma’nolarini aniqlab yozing; 2) ko`chma ma’noli so`zlarni aniqlab, ma’nosi qaysi usul bilan ko`chganligini ustiga yozib qo`ying; 3) gaplar tarkibidagi omonimlik, sinonimlik, antonimlik va paronimlik xususiyatlari mavjud bo`lgan so`zlarni aniqlab, ularning ma’nolarini izohlab yozing.

1. Navoiyni borgan sari xalq to`lqini chuqurroq o`rab oldi. (O.)


2. To`plarning o`t bo`roni avvalgi kuch, g`azab va qahr bilan samoda hukmron edi. (O.) 3. Bu xona-yu hovlilar endi ular uchun yot (Mirm.)
4. Ko`rpa sirg`alib yerga tushgan, derazadan kirayotgan yelvizak yelkasini yalab o`tmoqda edi. 5. Adabiyot etagim ikki uchini belimga aylantirib bog`laydi. (T.Murod) 6. Endi unga ufqlar ko`rinadi, yaylovlar kengayadi, chorva keng yoyilib, tuyoq ko`paygandan ko`paya boradi. (As.M.)
7. Junlari yulinib ola mushukning tirnoqlarida qoldi. (S.Ahm.) 8. Bir so`zliligi, o`jarligi birovga yoqib, birovga yoqmay yurardi. (C)Ahm.)
9. Juda bolaligida olib kelganmiz. (S.Ahm.) 10. O`shanda jiyani haqni nohaqdan ajratolmasa, senga ham qiyin bo`ladi. (P.Q.)



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin