O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə226/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

4-variant


1-topshiriq. 1) nuqtalar o`rniga tushirib qoldirilgan unli va undoshlardan mosini qo`yib gaplarni ko`chiring; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar ustiga shu so`z orfografiyaning qaysi tamoyili asosida yozilganini yozib ko`rsating; 3) gaplar tarkibida tovush o`zgarishlari mavjud so`zlarni aniqlab, o`zgarish turini shu so`z ustiga yozib qo`ying.

1. Keyin Tolibjonning so`rog`iga jo`yali bir javo… qilish uchun …ikrini jamlashga ur…ndi. (S.Ahm.) 2. Ko`zlari olmadan o`rik…a, olchadan sha…toliga o`tib beixtiyor yong`oqqa tushardi. (O`.Umarbekov) 3. Sen o`tkazib ketgan ni…ol, o`si… bo`yingday bo`ldi. (H.Olimjon)


4. Qudrat minnatdorchilik bildirib uch-to`rt qadam bos…andi hamki, orqadan haligi qizning ovozi eshitildi.(J.Abd.) 5. Rizqingni ollo taolo qayerga sochgan, biz bilamizmi? (O.)


2-topshiriq. O`qing va ko`chirib yozing; 1) barcha so`zlarning urg`usini qo`ying va ularni bo`gin ko`chirish qoidasiga muvofiq qismlarga bo`lib yozing; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar tarkibidagi unli va undosh tovushlarga to`liq tavsif bering.

1. Adolatning tovushi shotut tagida qator tizilib yotgan qizlarni cho`chitib yubordi. (I.R.) 2. Nayzaga kelgan oftob mashinaning oldingi oynasida charaqlab ko`zni oladi, ro`paradan esgan issiq shabada yuzlarni yalaydi. (As.M.) 3. Soyda irg`ay daraxtlari, shoxini yerga eggan majnuntollar va onda-sonda teraklar ko`rinardi. (Y.Sh.) 4. Avtobusdagi dim, issiq havodan keyin bu yerdagi salqin tog` shabadasi hammani ham yayratib yubordi. (S.Z.)




3-topshiriq 1) tagiga chizilgan so`zlarning lug`aviy va grammatik ma’nolarini aniqlab yozing; 2) ko`chma ma’noli so`zlarni aniqlab, ma’nosi qaysi usul bilan ko`chganligini ustiga yozib qo`ying; 3) gaplar tarkibidagi omonimlik, sinonimlik, antonimlik va paronimlik xususiyatlari mavjud bo`lgan so`zlarni aniqlab, ularning ma’nolarini izohlab yozing.

1. Yaxshilar ketidan agar gapirsang, istaging, baxtingni shunda toparsan, Yaxshiga yaxshi bo`l, yomonga yomon, Gulga gul bo`lgin-u, tikanga tikan. (Sa`diy) 2. Qo`llarida soz bilan, Ming turli pardoz bilan, O`lkamga bahor keldi. (Qo`shiqdan) 3. Kishilar chehrasi quvonchdan porladi. (L.Bat) 4. “Nima, umrimning kosasi to`lganmi, shoshyapman?”- degan fikr yuragini parmaladi. 5. “Qalandar” muvaffaqiyat qozondi, hatto alohida yozuvchilar, tanqidchilar orasida bahs-munozaralarga sabab bo`ldi. (A.Q.)


6. Ikki juft ko`z bir-biriga tikilib qoldi. (Sh.) 7. Ayni yig`im-terim vaqtida sayling nimasi? (G`.G`.) 8. Ayniqsa, lavozimlarga o`rnashib olgan bir necha “shaxs farzandlari” mamlakat bo`ylab esgan toza shabadani o`tkinchi, mavsumiy bir gap deb bilardilar. (S.Ahm.) 9. Eshik ochilib, Saidiyning xayoli patday to`zidi. (A.Q.) 10. Ayniqsa keyingi paytlarda munosabatlarimiz yuzini qor bosib qolyapti, muzlash bor-u, erishdan darak yo`q... (J.Abd.)



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin