4-topshiriq. 1) gaplar tarkibidagi eskirgan so`zlarni tarixiy va arxaik so`zlarga, yangi so`zlarni “butunlay yangi” va “yangi ma’no kasb qilgan” kabi guruhlarga bo`lib yozing; 2) sheva, atama, kasb-hunar va jargon so`zlarni topib ma’nolarini izohlang; 3) frazeologik iboralarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.
1. Ma’lumki, bugun mustaqil respublikamizda sanoatning turli tarmoqlari, jumladan, avtomobilsozlik, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlari, energetika va boshqa sohalar gurkirab rivojlanmoqda. (Sh.Akbarov, F.Rahimqulov) 2. Dastgohlarning deyarli yarmi ishlatilmasdi, shu vajdan usta Sultonning paytavasiga qurt tushib qolgandi. (X.Irfon) 3. Ravshan endi og`iz juftlagan edi, ammo Anzor gapning beliga tepdi. (L.Mahm.) 4. Yigit: – Vey, paxan, uylar nishtyak-ku, a? Qoyilman, erkak, qoyilman, gap yo`q! – deb so`rashmoq uchun qo`l uzatdi. (T.Malik) 5. Qisqa talaffuz qilinuvchi unlidan iborat bo`lgan yoki shunday unli bilan tugagan ochiq bo`g`inlar qisqa bo`g`in (hijo) deb ataladi. (A.Hojiahmedov) 6. - O`n toshcha suzdikmikan? – dedi Jumanazar. - O`n toshcha suzishimiz kerak edi. (Mirm.) 7. Bundaychikin polvonni yana qaytib davraga yonoshtirmaslik kerak. (T.Murod)
5-topshiriq. 1) faqat birinchi gap tarkibidagi so`zlarni morfemalarga ajrating: o`zakning tagiga chizing va affiks turlarini aniqlab, ularning nomini yozib qo`ying; 2) barcha gaplar tarkibidagi yasama so`zlarni topib, qaysi usul bilan yasalganini yozing; 3) barcha gaplar tarkibidagi qo`shma, juft, takroriy, qisqatma so`zlarni topib, ustiga tegishlicha yozib qo`ying.
1. Bu boyvuchcha bo`lsa kechasi otasharavadan tushsa-yu, sahar mardonda ketmonni yelkasiga tashlab, to`qayga jo`nasa... S.Ahm.) 2. Nogoh komanda punkti orqasidan bir qancha komandirlar oldida sersavlat, vazminqadam general chiqib qoldi. (O.) 3. Maxdum, mehmonxonadan yurib kelgan oyoq tovushini eshitib, yomonlagan otdek tipirchiladi. (A.Qod.) 4. Biz bunday paytimizda qaynanamiz boshimizda danak chaqar edi... 5. – Qiziq ekansiz-ku, Norboy ota. Biz to`g`rimizda ozmuncha ig`vo bo`ldimi? Bu ham shularning biridir-da. (P.Q.) 6. Navbatdagiday bemalol, xushkayf, serchaqchaq suhbat davom etar edi. (G`.G`.)
Dostları ilə paylaş: |