4-topshiriq. 1) gaplar tarkibidagi eskirgan so`zlarni tarixiy va arxaik so`zlarga, yangi so`zlarni “butunlay yangi” va “yangi ma’no kasb qilgan” kabi guruhlarga bo`lib yozing; 2) sheva, atama, kasb-hunar va jargon so`zlarni topib ma’nolarini izohlang; 3) frazeologik iboralarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.
1. Elchin, bratan, men shu yerda kutib turayinmi? (T.Malik) 2. U noyob xislatli aksildunyo vakillari bilan muloqotga kirisha oladigan o`ta sezgir odam edi. (To`xtamish, Hakimbek) 3. Atrof qishloqlarda dong`i ketgan bu katta dargohdan har vaqt muridlar, ulamolar arimas, hamisha toat-ibodat, zikr uzilmas edi. (N.A) 4. Qaytarib aytaman, faqat sho`rchiliklarga ko`z tikinglar. Binoyimi? – Binoyi, polvon bova, binoyi. (T.Murod) 5. Ikki yoki undan ortiq so`zning ma’no, grammatik va ohang jihatdan birining boshqasiga tobe bo`lib bog`lanishi so`z birikmasi deyiladi. 6. Hay-hay, bola, og`zingga qarab gapir, to`riq qashqa o`ldi, dedingmi? (G`.G`.)
7. Ammo ichini it tirnasa ham, sirtidan ancha tinch ko`rinardi. (O`.Umarbekov)
5-topshiriq. 1) faqat birinchi gap tarkibidagi so`zlarni morfemalarga ajrating: o`zakning tagiga chizing va affiks turlarini aniqlab, ularning nomini yozib qo`ying; 2) barcha gaplar tarkibidagi yasama so`zlarni topib, qaysi usul bilan yasalganini yozing; 3) barcha gaplar tarkibidagi qo`shma, juft, takroriy, qisqatma so`zlarni topib, ustiga tegishlicha yozib qo`ying.
1. U signal yuqoridagi fikrimizga asosan signaloldi va signalorti signallarga parchalanadi. (To`xtamish, Hakimbek) 2. Zumrad ignani palakka to`g`nadi-da, o`rnidan turdi… (O.). 3. Biz Hamid Olimjon bilan bunday oydin, musaffo kechalarni ko`p o`tkazganmiz. (G`.G`.) 4. Ko`p- dan beri kutgan, ammo shu lahzada ro`yobga chiqishidan bexabar quvonchdan Ummatali shoshib qoldi. (Sh.) 5. Jahl ustida bir narsa deb yubormaslik uchun tishimni-tishimga qo`yib sovuqqina xayrlashdim. (O.Y.) 6. Vinzavod direktorida yuz ming topilmas ekan, degan anekdotni eshitsa, odamlar baldet qilib qolishadi. (T.Malik)
Dostları ilə paylaş: |