Akkomodatsiya ham moslashgan tovushlarning o`rniga qarab ikki xil bo`ladi: a) progressiv akkomodatsiyada oldingi tovush keying tovushga ta’sir qiladi: gul so`zidagi oldingi g tovushi keyingi orqa qator u unlisini old qator unliga aylantiradi; b) regressiv akkomodatsiyada keyingi tovush oldingisini o`zgartiradi: bukmoq so`zidagi k undoshi o`zidan oldingi orqa qator u unlisini old qator unliga o`zgartiradi.
3. Dissimilyatsiya (ingl. dissimilation - noo‘xshashlik deganidir) hodisasiga ko‘ra ikkita aynan yoki qisman bir xil fonemadan biri o‘zgarib, noo‘xshash fonemaga aylanadi: zarur→zaril, mabodo→nabodo, bebosh→bevosh (yozilishi: zarur, mabodo, bebosh).
Dissimilyatsiya ham o`zgarishning yo`nalishiga qarab ikki xil bo`ladi: a) progressiv dissimilyatsiyada keyingi tovush o`zgarishga uchraydi: birorta → bironta; b) regressiv dissimilyatsiyada oldingi tovush o`zgarishga uchraydi: to`qson → to`xson.
4. Metateza (ingl. metathesis – o`rin almashish deganidir38) hodisasiga ko‘ra so‘z tarkibidagi tovushlar o‘rin almashadi: daryo→dayro, ahvol→avhol, tuproq→turpoq, yomg‘ir→yong‘ir (yozilishi: daryo, ahvol, tuproq, yomg‘ir)
2.Pozitsion o‘zgarishlar
So‘z tarkibidagi tovushlarning o‘rniga ko‘ra o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishlar deyiladi. Bunga quyidagi hodisalar kiradi:
1. Aferezis – keyingi so`z boshidagi unlinking tushirilishi: ne uchun→nechun.
2. Apokopa – so‘z oxiridagi tovushning tushirib qoldirilishi: do‘st →do‘s, farzand →farzan, Toshkent →Toshken, Samarqand →Samarqan.
3. Eliziya – unli tovush bilan tugagan so‘zga unli bilan boshlanadigan so‘zning qo‘shilishi natijasida birinchi so‘z oxiridagi unlining tishishi: yoza oldi →yozoldi, bora oldi →boroldi kabi.
Dostları ilə paylaş: |