4. Epenteza – so‘z o‘rtasida tovush orttirilishi: sinf→sinif, fikr →fikir, aql →aqil kabilar.
5. Epiteza – so‘z oxirida tovush orttirilishi: otpusk→ otpuska, kiosk →kioska, tank →tanka kabi.
6. Geminatsiya – so`zdagi bir undoshning ikkilantirilishi: maza→mazza, achi+q→acchiq, isi+q→issiq. 7. Degeminatsiya - geminatsiyaning teskarisi: sen+ni→seni, qay+yoqqa→qayoqqa. 8. Prokopa – so`z boshida tovush tushirilishi: yilon →ilon, yigna→igna. 9. Proteza – so‘z boshida tovush orttirilishi: rus →o‘ris, shkaf →ishkaf, stol →ustol kabi.
10. Reduksiya – unli tovushning urg‘usiz bo‘g‘inda kuchsizlanishi: bilan→bьlan, biroq →bьroq, birikma →bьrikma kabi.
11. Sandxi - to`liqsiz fe’llarning birinchi tovushi tushirib, oldingi fe’lga qo`shib yozilshi: kelar edi→kelardi. 12. Singarmonizm - unli tovushlarning moslashuvi, ohangdoshligi, uyg‘unligi dеmakdir. Bu hodisa faqat turkiy tillarda uchraydi. Bunga ko‘ra so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida qanday unli kеlsa, kеyingi bo‘g‘inida ham shunday unli kеlishi kеrak: burun, quruq, uzun. Hozirgi o‘zbеk adabiy tilida singarmonizm qonuniyati buzilgan. Masalan, bola so‘zida birinchi unli til orqa bo‘lsa, ikkinchisi til oldi unli.
13. Sinkopa– so‘z o‘rtasidagi tovushning tushib qolishi: sust+ay→susay, pastqam →pasqam (pastqam), o`gil →o`g`li, burun →burni, shahar →shahri kabi. 14. Sinerezis - ketma-ket kelgan unlilarning bir cho`ziq unli sifatida aytilishi: mudofaa→mudofa:, maorif→mo:rif. 15. Spirantizatsiya –ayrim jarangsiz undoshlarning jaranglilashuvi: ko`ylak+i→ko`ylagi, o`choq+i→o`chog`i.
7-MA’RUZA GRAFIKA (YOZUV) REJA: 1. Grafika haqida umumiy ma’lumot.
2. Grafemalar va ularning turlari.
3. Yozuv haqida umumiy ma’lumot
4. Yozuvning turlari .
5. O`zbek yozuvi tarixidan.