2. Oromiy yozuvi. Finikiy yozuvi asosida eramizdan oldin 1-ming yillikda oromiy davlatida shakllangan consonant yozuvdir. Uning namunalari oromiylar shohi Farasman tomonidan chiqarilgan tangalar orqali bizgacha yetib kelgan.
3. Yunon va karoshta yozuvlari. Eramizdan oldingi III-I asrlarda ishlatilgan yozuvdir.
4. So`g`d yozuvi. Hozirgi eramiz boshidan VI asrlargacha ishlatilgan yozuv.
5. Xorazm yozuvi. II asr oxiri III asr boshlarida Xorazm shohi chiqargan tangalarda uchraydigan yozuv bo`lib, oromiy yozuviga o`xshash bo`lgan.
6. O`rxun-enasoy yozuvi. Namunalari Mo`g`ulistonning O`rxun (yoki O`rxon) vodiysidan hamda Rossiyaning Enasoy (Yenisey) daryosi havzasidan topilgan yozuv.
7. Uyg`ur yozuvi. VI asrdan XV asrgacha turkiy xalqlar va mo`g`ullar tomonidan qo`llangan yozuv.
8. Arab yozuvi. VIII asr boshlaridan 1930-yilgacha O`zbekiston hududida amalda bolgan yozuv.
9. Lotin yozuvi. 1929-yildan 1940-yilgacha O`zbekistonda amal qilingan yozuv. Maktablarda bu alifboga o`tish 1927-28 o`quv yilidan boshlanib, 1929-30 o`quv yilida tugallangan. Davlat idoralarida esa 1928-1930-yillarda to`liq o`tib bo`lingan. Quyida shu yozuvga asoslangan alifbo berilgan:
Aa
|
Bb
|
Cc
|
Ҫҫ
|
Dd
|
Ee
|
Əǝ
|
Ff
|
Gg
|
Ƣƣ
|
Aa
|
Bb
|
Cc
|
Ҫҫ
|
Dd
|
Ee
|
Əǝ
|
Ff
|
Gg
|
Ƣƣ
|
Hh
|
Ii
|
Jj
|
Kk
|
Ll
|
Mm
|
Nn
|
Ņņ
|
Oo
|
Pp
|
Hh
|
Ii
|
Jj
|
Kk
|
Ll
|
Mm
|
Nn
|
Ņņ
|
Oo
|
Pp
|
Qq
|
Rr
|
Ss
|
Şş
|
Tt
|
Uu
|
Vv
|
Xx
|
Zz
|
Ƶƶ
|
Qq
|
Rr
|
Ss
|
Şş
|
Tt
|
Uu
|
Vv
|
Xx
|
Zz
|
Ƶƶ
|
10. Kirill yozuvi. 1940-yil 6-8-may kunlari bo`lib o`tgan O`zbekiston Oliy Soveti III sessiyasida qabul qilingan qarorga binoan joriy qilingan yozuv bo`lib, unga to`liq o`tish 1942-yil boshlarida yakunlandi.
ҳарф
|
номи
|
ҳарф
|
номи
|
ҳарф
|
номи
|
ҳарф
|
номи
|
ҳарф
|
номи
|
ҳарф
|
номи
|
Аа
|
а
|
Ёё
|
ё
|
Лл
|
эл
|
Сс
|
ес
|
Чч
|
че
|
Яя
|
я
|
Бб
|
бе
|
Жж
|
же
|
Мм
|
эм
|
Тт
|
те
|
Шш
|
ше
|
Ўў
|
ў
|
Вв
|
ве
|
Зз
|
зе
|
Нн
|
эн
|
Уу
|
у
|
Ъъ
|
айириш белгиси
|
Ққ
|
қе
|
Гг
|
ге
|
Ии
|
и
|
Оо
|
о
|
Фф
|
эф
|
Ьь
|
юмшатиш белгиси
|
Ғғ
|
ғе
|
Дд
|
де
|
Йй
|
йэ
|
Пп
|
пе
|
Хх
|
хе
|
Ээ
|
э
|
Ҳҳ
|
ҳе
|
Ее
|
е
|
Кк
|
ка
|
Рр
|
эр
|
Цц
|
це
|
Юю
|
ю
|
|
|
11. Yangi lotin yozuvi. 1991-yil 31-avgust kuni O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingandan keyin yangi yozuvga o`tish masalasi kun tartibiga qo`yildi. Bunga quyidagilar sabab bo`ldi:
1. Dunyo tamadduniga qo`shilish zaruriyati: dunyo aholisining 30 foizi shu yozuvdan foydalanadi.
2. Hayotimizga computer texnologiyasining shiddat bilan kirib kelishi: computer dasturlari asosan shu yu yozuvda yaratiladi.
Ana shular hisobga olingan holda, ancha muhokamalardan keyin 1993-yilda maxsus qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunni quyida to`ligicha keltiramiz.
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING QONUNI
LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBЕK ALIFBOSINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashining o‘n uchinchi sеssiyasida 1993-yil 2-sеntabrda qabul qilingan.
Ushbu Qonun O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va o‘zbеk yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929-1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kеlib chiqib, kеng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarni inobatga olgan holda rеspublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishni jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbеkiston Rеspublikasida lotin yozuviga asoslangan quyidagi 31 harf va 1 tutuq bеlgisi (apostrof)dan iborat o‘zbеk alifbosi joriy etilsin:
2-modda. Lotin yozuvi asosidagi o‘zbеk yozuvini joriy etish bilan birga O‘zbеkiston xalqining milliy iftixori bo‘lmish bеbaho ma’naviy mеros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani o‘rganish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti: I.A.KARIMOV
Toshkеnt shahri, 1993-yil 2-sеntabr
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING QONUNI
18-rasm. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning birinchi
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING “LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBЕK ALIFBOSINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUNIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbеkiston Rеspublikasining 1993-yil 2-sеntabrida qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashi Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 331-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1. 1-moddadagi “31 harf va 1 tutuq bеlgisi (apostrof)dan” so‘zlari “26 harf va 3 ta harflar birikmasidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Cc, J j harflari mustaqil harf bеlgisi sifatida alifbodan chiqarilsin.
3. Ōō harfi O‘ o‘ shaklida, Ḡḡ harfi G‘g‘ shaklida, Şş harfi Sh sh shaklida, Çç harfi Ch ch shaklida, Ñ ñ harfi Ng ng shaklida, ǫ harf bеlgisi q shaklida ifodalansin.4. Aa, Ii, Gg, G‘g‘, Qq, O‘o‘, Zz harflari va Ch ch harflar birikmasining yozma shakli tеgishlicha Aa Ii Gg Ğğ Qq Oo Zz Ch ch tarzda ifodalansin.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti: I. KARIMOV
Toshkеnt shahri, 1995-yil 6-may
Demak, barcha o`zgarishlardan keyin lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek alifbosi quyidagi shaklni oldi: Aa (1) Bb (2) Dd (3) Ee (4) Ff (5) Gg (6) Hh (7) Ii (8) Jj (9) Kk (10) Ll (11) Mm (12) Nn (13) Oo (14) Pp (15) Qq (16) Rr (17) Ss (18) Tt (19) Uu (20) Vv (21) Xx (22) Yy (23) Zz (24) O‘o‘ (25) G‘g‘ (26) Sh sh (27) Ch ch (28) Ng ng (29).
Orfografiya ( grekcha orphos – to’g’ri, grapho- yozaman) so’zlar va ularning shakllarini yozish haqidagi qoidalar tizimidir.
Qoidalar o`z navbatida yirik qoidalar yig`indisiga jamlanadi. Bu jamlanma tamoyillar (prinsiplar) deb yuritiladi.
Bu qoidalar orfografiyaning quyidagi tamoyillari asosida yaratiladi : fonetik tamoyil, morfologik tamoyil, etimologik tamoyil, tarixiy-an’anaviy tamoyil, differensiatsiya tamoyili.
Fonetik tamoyil. Bu tamoyilga ko’ra so’zlar va so’z tarkibidagi affikslar qanday talaffuz qilinsa, xuddi o’shanday yoziladi. Masalan, 1) ong so’ziga –la affiksini yoki son so’ziga -a affiksini qo’shish bilan yasalgan so’zlar ongla yoki sona tarzida emas, angla, sana tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi; 2) oxiri a unlisi bilan tugagan so’zlarga v yoki q undoshi bilan boshlanadigan affikslar qo’shilganda, a unlisi o tarzida aytiladi va shunday yoziladi: tanlov (tanla+v), ishlovchi (ishla+ vchi), taroq (tara+q),qaynoq (qayna +q), sayroqi (sayra +qi); 3) oxiri i unlisi bilan tugagan so’zlarga v undoshi bilan boshlanadigan affikslar qo’shilganda, i unlisi u tarzida aytiladi va shunday yoziladi: o’quv (o’qi +v), to’quvchi (to’qi+vchi ); 4) q yoki k undoshi blan tugagan so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, q undoshi g’ tarzida, k undoshi g tarzida aytiladi va shunday yoziladi: qishlog’i (qishloq+i), etagi (etak+i); 5) o’g’il, og’iz, singil, burun, zahar, shahar kabi so’zlarga egalik affikslari qo’shilganda, ikkinchi bo’g’indagi a, i, u unlilari talaffuzda ham, yozuvda ham tushub qoladi: o`g`li, burni, shahri kabi.
Ko’rinadiki, orfografiyaning fonetik tamoyili yozuvni jonli talaffuzga yaqinlashtiriladi.
Morfologik tamoyil. Bu tamoyilga ko’ra so’zlar va ularning tarkibiy qismlari talaffuz qilinishiga qarab emas, asliga muvofiq yoziladi. Masalan: 1) maktab, kitob, borib, kelib, yuzlab, kuylab, ozod, obod kabi so’zlarning oxiridagi b va d undoshlari p va t tarzida aytilsa ham, asliga muvofiq b va d yoziladi; 2) bog’bon, kaptarboz kabi so’zlar tarkibidagi yasovchilardan b undoshi v tarzida aytilsa-da, asliga muvofiq b yoziladi; 3) shanba, manba, sunbul kabi so’zlar tarkibidagi n undoshi m tarzida aytilsa ham, asliga muvofiq n yoziladi; 4) do’st, past, sust, farzand, xursand kabi so’zlarda yonma-yon kelgan undoshlarning oxirgisi talaffuz qilinmaydi, ammo yozuvda saqlanadi.
Morfologik tamoyil orfografiyaning yetakchi tamoyili sanaladi.
Tarixiy-an’anaviy tamoyil. Bu tamoyilga ko’ra, boshqa tillardan (masalan, arab, rus yoki rus tili orqali boshqa tillardan) o’zlashgan so’zlar hozir ham o’tmishdagi shakliga muvofiq yoziladi. Masalan: 1) muomala, muhokama, munosabat kabi so’zlar arab tilidan o’zlashgan bo’lib, ularning uchinchi bo’g’inidagi a unlisi i tarzida aytiladi, ammo yozuvda tarixiy-an’anaviy shaklini saqlaydi; 2) rus tilidagi schyot, shyotka so`zlari o`zbek tiliga cho`t, chotka tarzida o`zlashtirilgan. Bu so`zlarning manba tilda asli qanday yozilishi ma’lum bo`lsa ham, an’anaga muvofiq cho`t, chotka tarzida yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |