O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti


Leksemaning ifoda va mazmun tomoni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə66/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Leksemaning ifoda va mazmun tomoni

Falsafa fanida shakl va mazmun birligi haqida so`z yuritiladi. Bu narsa tilshunoslik faniga ham taalluqli bo`lib, u leksemaning tashqi (shakliy) va ichki (mazmuniy) tomonlarida o`z aksini topadi.


Leksemaning ifoda (tashqi) tomoni deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
1. Leksema tarkibidagi tovushlar: maktab- leksemasi m, a, k, t, a, b tovushlaridan iborat.
2. Leksema tarkibidagi harflar: maktab- leksemasi m, a, k, t, a, b harflaridan iborat.
3. Leksema tarkibidagi bo`g`inlar: maktab- leksemasi mak-tab kabi ikki bo`g`indan iborat.
4. Leksema tarkibidagi ma’lum bir unli tovushga tushadigan urg`u: maktb.
Xulosa shuki, leksemaning inson sezgi a’zolari yordamida sezish mumkin bo`lgan tomonlari uning ifoda (moddiy) tomoni deb yuritiladi. Ilmiy adabiyotlarda bu nomema deb ham yuritiladi.52
Leksemaning mazmun (ichki) tomoni deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
1. Leksema ifodalagan lug`aviy ma’no, ya’ni leksemaning borliqdagi shaxs (odam), narsa (kitob), belgi (yomon), rang (yashil), hajm (katta), miqdor (olti), harakat (yugur) kabi tushunchalarni nomlashi.
2. Leksema orqali ifodalangan uslubiy belgi: ona (uslubiy betaraf), volida (uslubiy xoslangan).
3. Leksema orqali ifodalangan hissiy-ta’siriy bo`yoq: chehra (ijobiy bo`yoq), bashara (salbiy bo`yoq).
Ba’zi ilmiy adabiyotlarda lug`aviy ma’no denonotativ ma’no53, uslubiy belgi va hissiy-ta’siriy bo`yoqlar esa birgalikda konnotativ ma’no54 ham deyiladi.


Lug`aviy ma’no va uning tarkibiy qismlari

Leksemaning lug`aviy ma’nosi quyidagicha shakllanadi: inson o`z sezgi a’zolari orqali borliqdagi narsa, hodisa, belgi, harakat va boshqalar haqida tushuncha hosil qiladi. Bu tushuncha inson ongida muhrlanib qoladi. Xuddi shu tushunchaga atab qo`yilgan nom ham inson ongida saqlanib qoladi va natijada nom va tushuncha o`rtasida mustahkam aloqa yuzaga keladi.


Semasiologiya fanida leksemaning lug`aviy ma’nosi semema atamasi bilan ham beriladi. Semema ham o`z navbatida qismlarga bo`linadi. Bu qismlar semalar deb ataladi. Har bir sema tushunchaning turli belgilarini aks ettiradi. Masalan, quyosh leksemasining lug`aviy ma’nosini, ya’ni sememasini quyidagi semalar tashkil etadi: 1) yulduz; 2) issiqlik tarqatuvchi osmon jismi; 3) yorug`lik tarqatuvchi osmon jismi; 4) bir qancha sayyoralarni o`ziga birlashtirgan tizim markazi; 5) Yer sayyorasidagi hayot manbasi; Bu ro`yxatni o`z bilimimizga tayangan holda yana davom ettirish mumkin.
Semalar ma’no xususiyatlariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin