9 -MA’RUZA
LEKSIKOLOGIYA, UNING OB’EKTI, TURLARI, VAZIFALARI. ONA TILI LUG‘AT TARKIBI-NING MA’NO JIHATDAN TAVSIFLANISHI
REJA:
1. Leksikologiya, uning obyekti, vazifalari.
2. So‘z va leksema munosabati.
3. Leksemaning ifoda va mazmun tomoni.
4. Lug`aviy ma’no va uning tarkibiy qismlari.
5. Leksemalarda bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik.
6. Lug`aviy ma’noning turlari.
7. Lug`aviy ma’no taraqqiyoti yo`llari.
Oldingi bo‘limlarda ta’kidlanganidek, tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar yig‘indisi lug‘at tarkibi yoki leksika deb yuritiladi. Lug‘at tarkibni o‘rganadigan bo‘lim esa leksikologiya (yun. lexikos – lug‘atga oid, logos – ta’limot) deb ataladi.
Lug‘at tarkibiga mansub bo‘lmish birlik so‘z tilshunoslik fanining asosiy birligi bo‘lib, u tilning boshqa bo‘limlarida, jumladan, morfologiya, so‘z yasalish va uslubiyat bo‘limlarida ham o‘rganiladi.
Morfologiyada so‘zning qaysi leksik-grammatik guruhga mansubligi o‘rganilsa, so‘z yasalishi bo‘limida u yasalgan yoki yasalmagan birlik sifatida tekshiriladi. Uslubiyat bo‘limida esa so‘z qo‘llanish ma’qulligi yoki ma’qul emasligi jihatidan tekshiriladi.
Leksikologiya bo‘limida so‘zning ifodalagan ma’nosi, lug‘at tizimida tutgan o‘rni, kelib chiqishi, qo‘llanish darajasi o‘rganiladi. Bu bo‘limda so‘z lug‘aviy birlik sifatida o‘rganiladi. So‘z muayyan tilning lug‘at tarkibiga mansub bo‘lganligi uchun leksikologiya mazkur tilning lug‘at tarkibini tizim sifatida tekshiradi.
Yuqorida aytilgan fikrlarni inson so‘zi misolida isbotlashga harakat qilamiz:
Morfologik nuqtai nazardan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) ot turkumiga tegishli; 2) turdosh ot, aniq ot, yakka ot; 3) bosh kelishikda; 4) birlikda.
So‘z yasalish nuqtai nazaridan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) tub so‘z; 2) sifat yasalishi uchun asos bo‘la oladi: insoniy, insonparvar;
Dostları ilə paylaş: |