Paronimlar va ularning turlari
Paronimlar (talaffuzdosh so’zlar) - yunoncha para – “yonida”, onyma – “nom” so`zlaridan hosil qilingan bo`lib, aytilishi bir-biriga yaqin, ammo yozilishi va ma'nosi har xil bo’lgan so’zlardir. Paronimlar ko’pincha bir tovush bilan bir-biridan farq qiladi: asr - asir, shox - shoh, amr - amir.
Paronimlar ba'zan og’zaki nutqda, badiiy asarlarda uchraydi. Ular bir so’z turkumiga ham, turli so’z turkumlariga ham oid bo’lishi mumkin: zirak (ot) - ziyrak (sifat); asr (ot) - asir (ot). Paronimlarning quyidagi turlari mavjud:
lug’aviy (lеksik) paronimlar: shox-shoh, asl-asil, nufuz-nufus, dara-dala, dadil-dalil; 2) frazеologik paronimlar: joni kirdi (rohatlanmoq) – jon kirdi (tеtiklashmoq), og’ziga qaramoq (tinglamoq) – og’ziga qaratmoq (mahliyo qilmoq).
Giponimiya
Giponimiya (yunoncha . hipo — ostida, pastda + onoma — nom) deganda leksemalar o`rtasidagi pog`onali munasabatlar tushuniladi. Buni piramida shaklida tasavvur qilish mumkin: uning eng pastida keng tushuncha yotadi, uning ustiga joylashadigan tushunchalar bir-biriga nisbatan torayib boraveradi; yoki buni matryoshka o`yinchog`i misolida ham tushuntirsa bo`ladi.
Giponimik munosabatlarda giponim va giperonim tushunchalari mavjud.
Giponim — qism mohiyatining butun mohiyatiga bo`lgan munosabatini ifodalaydigan tushunchadir, ya’ni kengroq tushuncha tarkibiga kiradigan torroq tushuncha ifodasidir. Masalan: ko`ylak tushunchasi kiyim tushunchasi tarkibiga, sigir tushunchasi hayvon tushunchasi tarkibiga kiradi. Bunda ko`ylak va sigir so`zlari giponim hisoblanadi.
Giperonim (giper — orttirma -) — umumiylik, tur, narsalar, xususiyatlar, belgilar sinfi kabi tushunchani ifodalaydigan so`zdir. Masalan, yuqoridagi vaziyatda hayvon va kiyim so`zlari giponim hisoblanadi.
11-MA’RUZA
Dostları ilə paylaş: |