4-topshiriq. 1) gaplar tarkibidagi eskirgan so`zlarni tarixiy va arxaik so`zlarga, yangi so`zlarni “butunlay yangi” va “yangi ma’no kasb qilgan” kabi guruhlarga bo`lib yozing; 2) sheva, atama, kasb-hunar va jargon so`zlarni topib ma’nolarini izohlang; 3) frazeologik iboralarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.
1. Javhariy uni qing`ir-qiyshiq bir ko`chaga boshlar ekan, Ahmad Tanbal qovoq-tumshug`i osilib, Boburning ketidan ergashdi. (P.Q.)
2. …unga yashirincha tikilib turgan bir qizga ko`zi tushdi.(O.) 4. – Patsan-ku bu, bo`sh kelish yo`q, - dedi G`ilay mensimagan tarzda. (T.Malik) 5. U o`zining surati tushirilgan va kitobfilm nomi yozilgan rangli qog`ozchani ko`ra boshladi. (V.Aleksandrov) 6. Yerda paydo bo`layotgan pufakchalar diqqatini o`ziga tortib, bir nafas uning xayoli yana yigiruv-to`quv fabrikasi stanoklari yonida aylana boshladi.(Mirm.) 7. - Polvonlar, bilaman, baring toboq tashlashimni ang`iyapsan! – dedi. (T.Murod)
5-topshiriq. 1) faqat birinchi gap tarkibidagi so`zlarni morfemalarga ajrating: o`zakning tagiga chizing va affiks turlarini aniqlab, ularning nomini yozib qo`ying; 2) barcha gaplar tarkibidagi yasama so`zlarni topib, qaysi usul bilan yasalganini yozing; 3) barcha gaplar tarkibidagi qo`shma, juft, takroriy, qisqatma so`zlarni topib, ustiga tegishlicha yozib qo`ying.
1. Ustidagi to`q qizil, zarrin to`ni yiltirar, qo`lidagi uzun aso dastasiga qadalgan qimmatbaho toshlar qorong`i kechadagi yulduzlardek charaqlar edi. (M.O.) 2. Ko`zbo`yamachilik, qalloblik, o`zim bo`lay deyish – sizningcha, shunchaki kechirib ketaveradigan bir gap ekan-da?! (O`.U.)
3. Bo`zsuv bir-ikki oy quritib qo`yilsa, uning bo`yidagi ikkita gidrostansiya to`xtab qolishi, qancha joylar suvsizlikdan qiynalishi mumkin edi? (P.Q.) 4. Bu paytda Davjon bir nechta hovlining past-baland devorlaridan oshib, Chorchinor tarafga boradigan yolg`izoyoq yo`lga o`tib olgan edi. (O.Husanov) 5. Davolovchi vrach Latofatning hampalatasini emlash bahonasida olib chiqib ketdi. (T.Malik) 6. ... bu do`stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi. (A.Q.)
Dostları ilə paylaş: |