O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə230/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

6-variant


1-topshiriq. 1) nuqtalar o`rniga tushirib qoldirilgan unli va undoshlardan mosini qo`yib gaplarni ko`chiring; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar ustiga shu so`z orfografiyaning qaysi tamoyili asosida yozilganini yozib ko`rsating; 3) gaplar tarkibida tovush o`zgarishlari mavjud so`zlarni aniqlab, o`zgarish turini shu so`z ustiga yozib qo`ying.

1. O`quvchilik, qiynalishing mumk…n, qo`limdan kelgan yordamni ayamayman.(G`.G`.) 2. Va…t erta bo`lishiga qaramay, qatnovchilar siyrak. (O.) 3. Qosimtoy filbonlarni …ind tarjimon orqali so`roq qila boshladi. (P.Q.) 4. U ma…tov, ta'rifni yaxshi ko`rardi, ba'zi kishilar uning bu fe'l-atvoridan foydalanishardi. (O.) 5. Bu to`xtovsiz ta'riflar-u sanoqsiz savol-so`roqlardan izzat-nafsim og`rigani, bir oz g`ashim kelgani ham rost, yashiri… qayoqqa boraman! (E.A'zamov)




2-topshiriq. O`qing va ko`chirib yozing; 1) barcha so`zlarning urg`usini qo`ying. va ularni bo`gin ko`chirish qoidasiga muvofiq qismlarga bo`lib yozing. 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar tarkibidagi unli va undosh tovushlarga to`liq tavsif bering.

1. Binoiyning e'tiqodicha, turkiyda she'r so`ylamoq – behuda harakat. (O.) 2. Yangi tushgan yilim ro`zada ramazon aytib kelib qolishdi. (Sh.)


3. O`zlarini chog`ga urishga hozir mullavachchalar, boshimiz ketsa ham mavlono Ali Qushchini qutqaramiz, deydilar. (O.Y.) 4. Zilziladan oldin xo`jalik dalalari bo`lgan past-u baland yerlarda shaharcha tig`iz hovli-joylar paydo bo`lgan edi. (P.Q.)


3-topshiriq. 1) tagiga chizilgan so`zlarning lug`aviy va grammatik ma’nolarini aniqlab yozing; 2) ko`chma ma’noli so`zlarni aniqlab, ma’nosi qaysi usul bilan ko`chganligini ustiga yozib qo`ying; 3) gaplar tarkibidagi omonimlik, sinonimlik, antonimlik va paronimlik xususiyatlari mavjud bo`lgan so`zlarni aniqlab, ularning ma’nolarini izohlab yozing.

1. Xadichabegim yurt uchun qayg`uradigan bir malika ekanini ko`rsatishni sevardi. (O.) 2. Bo`yi va eni bir yarim metr keladigan g`or og`zi ochildi.(S.Ahm.) 3. Keyin telefon trubkasini olib bog`ni ulashni buyurdi. 4. Hoji xola, tirnoq xuddi o`ziga kerakdek, To`raxon ko`radigan bola unga baxt keltiradigandek, o`zida yo`q suyunib To`raxonni ... quchoqladi. (M.I) 5. Umrda bir martagina beriladigan ishq atalmish tuyg`umi, hissiyotmi, haligacha ta'rifi kashf qilinmagan muhabbat rohatlari umrbod yodda. 6. Maqsadi – yoshlarni yo`ldan urish bo`lgan emish.(Sh.) 7. Aravalarda, otlarda, piyoda ketib borayotgan yosh-u yalang, qari-qartanglar suyunchlari ichlariga sig`may yalla aytishadi... (M.I.) 8. Urush qurg`ur shunaqa katta joyda bo`ladimi, aka ukasini yillab ko`rolmasa-ya… (O.) 9. Uning yangi amirkon kavushi yumshoq g`irchillar, shohi yaktagi quyoshda jivir-jivir tovlanar edi. (O.) 10. Uning yonidagi hujraga kirishning evini topa olmadik, birorta hiyla ishlatish kerak. (G`.G`.)





Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin