O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə238/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

10-variant
1-topshiriq. 1) nuqtalar o`rniga tushirib qoldirilgan unli va undoshlardan mosini qo`yib gaplarni ko`chiring; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar ustiga shu so`z orfografiyaning qaysi tamoyili asosida yozilganini yozib ko`rsating; 3) gaplar tarkibida tovush o`zgarishlari mavjud so`zlarni aniqlab, o`zgarish turini shu so`z ustiga yozib qo`ying.

1. Ekkan sabzi-piyozimizni necha bor shudgor qilib ket…an tumshug`ing qurg`urlar. (S.Anorboyev) 2. Qani endi men ham o`richchani sharillati… o`qiydigan bo`lsam. (S.Ahm.) 3. Qoravoyning o`zi arava mi…may, nega siz mindingiz? (S.Ahm.) 4. “Iloyo, umring go`rda chirisin, yetimcha – yetti kulcha, sen tambalga bergan tomog`im h…rom bo`lsin, darbadar!” (J.Abd.) 5. Bult…r beshta student kelgan edi, bittasi ham turolmadi. (Mirm.)




2-topshiriq. O`qing va ko`chirib yozing; 1) barcha so`zlarning urg`usini qo`ying va ularni bo`gin ko`chirish qoidasiga muvofiq qismlarga bo`lib yozing; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar tarkibidagi unli va undosh tovushlarga to`liq tavsif bering.

1. Tolibjon qishloqdan chiqib ketganida payg`ambar yoshidan oshgan edi. (S.Ahm.) 2. Shohista, ayt-chi, bog`cha opangni yaxshi ko`rasanmi? (So`zlashuvdan) 3. Shuning uchun ham ularga tayga xo`jayini deb nom berilgan. (R.Rasulov, I.Umirov) 4. Qabristonning pastak devoriga qadalgan ensiz yo`lakchadan borayotgan Anvar beixtiyor indamaslar dunyosiga ko`z tashladi. (T.Malik)




3-topshiriq 1) tagiga chizilgan so`zlarning lug`aviy va grammatik ma’nolarini aniqlab yozing; 2) ko`chma ma’noli so`zlarni aniqlab, ma’nosi qaysi usul bilan ko`chganligini ustiga yozib qo`ying; 3) gaplar tarkibidagi omonimlik, sinonimlik, antonimlik va paronimlik xususiyatlari mavjud bo`lgan so`zlarni aniqlab, ularning ma’nolarini izohlab yozing.

1. Olti so`mini yubor, uchi yoningda qolsin. (O.) 2. Buloqning ko`zi yopilib qolibdi. 3. Xonimchaga hozir eshitguvchi quloq kerak edi, shu bois Manzuraning savoliga javob bermagani andak g`ashini keltirgan bo`lsa-da, gapni davom ettirdi. (T.Malik) 4. Sal o`tmay osmonga sutrang nur purkab chaqin chaqdi.(S.Ahm.) 5. Nurmat tog`a o`jar, qaysar, jahldor odam edi. (S.Ahm.) 6. Otasi endi qarib kuchdan qolgan edi. (S.Ahm.) 7. Eskilik yangilik uchun yo`l bersa, buning nimasi yomon? (J.Abd.) 8. U ”tif” so`zini “tip” deb tushunib: “Yolg`on! Umrimda tif bilan og`rigan emasman!” deb qichqirmoqchi ham bo`ldi. (N.A) 9. Bilasizmi, dub juda qattiq daraxt, u bo`rondan ham, dovuldan ham qo`rqmaydi. (Sh.R.) 10. O`zining o`rmoniga sig`magan bir sher boshqa bir o`rmonga borib qarasaki, o`zidan zo`rrog`i yo`q. (T.Malik)





Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin