11-variant
1-topshiriq. Ko`chiring. 1) ot, sifat, son va olmoshlarning ma`no jihatdan turlarini aniqlang, ma`no turini ustiga yozib qo`ying; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlarni matndan so`ng yozib, har birini morfologik jihatdan to`liq tahlil qiling; 3) otlashgan sifat va sonlarni matndan so`ng yozing, gapdagi vazifasini izohlang.
1. Bilim - barcha kulfatlarga qalqon. (Rudakiy) 2. Ulug` odam o`z zamonasidan o`zib ketadi, aqlli odam esa har qanday sharoitda ham zamonasi bilan qadam-baqadam boradi, ayyor odam undan foydalanib qolishga urinadi, tentak esa zamona yo`liga to`g`anoq bo`lib tushadi. (Hikmat) 3. Mashina tog` etagidagi ellik-oltmish hovlilik Oyko`l qishlog`iga kirib bordi. (P.Q.) 4. Yaxshi, qiziqarli kitob ko`p bilim beradi, ko`p yaxshi fikrlarni uyg`otadi. (Hikmat) .
2-topshiriq. Berilgan qoliplar bo’yicha bittadan mazmunli gap tuzing va har bir so’z turkumining ustiga turini yozib qo’ying:
1. Ot turkumidan yasalgan yasama sifat + atoqli ot + taqsim son + 3-shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasini olgan turdosh ot + belgiga nisbatan so’roqni ifodalovchi so’roq olmoshi + fe'l + tushum kelishigidagi ko’rsatish olmoshi + jo’nalish kelishigidagi so’roq olmoshi + fe'l.
2. Miqdor son + qaratqich kelishigidagi turdosh ot + 3-shaxs egalik qo`shimchasini olgan qo`shma belgilash olmoshi + taqsim son + dona son + bosh kelishikdagi turdosh ot + fe'l + ko’rsatish olmoshi + ko’plikdagi turdosh ot + qaratqich kelishigidagi atoqli ot + chiqish kelishigidagi turdosh ot + to’liqsiz fe'l.
3-topshiriq. O`qing va ko`chiring. 1) tuslangan va tuslanmagan fe`llarni aniqlab, tuslangan fe`llar tagiga ikki to`g`ri chiziq, tuslanmagan fe`llar tagiga bir to`g`ri chiziq chizing; 2) tuslangan fe`llarni matndan so`ng alohida-alohida yozib, har birining nisbati, bo`lishli-bo`lishsizligi, mayli, zamoni, shaxs-sonini yozma izohlang.
1. Yo`q, eshit, mening nimadan jinni bo`lganimni bilishing kerak. (T.Malik) 2. Ular gangir-gungur gaplashib borarkan, yigit o`zini butunlay tutib olishga harakat qilardi. (J.Abd.) 3. Nima qilib bu yerda turibsan, chirog`im, yaxshilikka bo`lsin edi, - dedi chol. (G`.G`.) 4. Og`zingga qarab gapir-e, nima deyapsan? ... – dedi Jalilning otasi.(T.Malik)
4-topshiriq. Berilgan qoliplar bo’yicha bittadan mazmunli gap tuzing.
1. Tarkibida ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi + majhul nisbat, shart mayli shaklidagi yasama fe’l + kelasi zamon sifatdoshi + tushum kelishigi, 3-shaxs egalik qo`shimchasini olgan harakat nomi bo`lishsiz shakldagi kelasi zamon sifatdoshi + to`liqsiz fe’l qatnashgan mazmunli gap tuzing.
2. Tarkibida qisqargan toliqsiz fe’l bo`lgan ko`makch fe’lli so`z qo`shilmasi + orttirma nisbat shaklidagi fe’l + aniq nisbat shaklidagi, yaqin o`tgan zamon fe’li qatnashgan mazmunli gap tuzing.
5-topshiriq. O`qing va ko`chirib yozing. 1) ravishlarni aniqlang va matndan so`ng alohida yozib, to`liq tahlil qiling; 2) yordamchi so`zlarni topib, to`liq tahlil qiling; 3) modal, undov, taqlid sozlarni aniqlab, to`liq tahlil qiling.
1. Tap-tap etadi, Tagidan karvon o`tadi (Topishmoq). 2. Bay-bay! Yurak kuyib ketdi. Qani bir piyola suv olib chiqing. (P.T.) 3. Yo`q, Po`latxo`ja pismiqlikka pismig`-u, ammo chumchuq pir etsa, yuragi shir etadigan qo`rqoq bir odam, - dedi u o`ychan tovushda. (O.Y.) 4. – Odamzod shu ekan-da. qanaqa yigit edi-ya! E, attang, - dedi bir chol Erali ketgan yo`lga qarab. (S.Ahm.)
Dostları ilə paylaş: |