1-VARIANT (2 - MA’RUZA: LEKSIKOLOGIYA)1-BTM
1. Leksikologiya nimani o‘rgatadi?
A) so‘z turkumlarini, antonimlarni B) gapni, lug‘atlarning turlarini C) so‘z birikmalarini, bir ma’noli so‘zlarni
D) so‘zlarni, ularning lug‘aviy ma’nolarini
2. Leksikologiyada qaysi so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi o‘rganiladi?
A) faqat shevaga xos so‘zlarning B) faqat atamalarning
C) tildagi barcha so‘zlarning D) faqat yangi paydo bo‘lgan va eskirib qolgan so‘zlarning
3. So‘zlarning bir va ko‘p ma’noliligi tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) fonetikada B) frazeologiyada
C) leksikologiyada D) morfologiyada
4. Qaysi so‘zlar leksik (lug‘aviy) ma’noga ega?
A) mustaqil so‘zlar B) yordamchi so‘zlar
C) undov va taqlid so‘zlar D) mustaqil, undov va taqlid so‘zlar
5. Leksik ma’no bildirmaydigan so‘zlar turkumini toping.
A) son, olmosh, ravish B) ko‘makchi, undov so‘z, taqlid so‘z, son C) ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama D) undov so‘z, modal so‘z, ravish
6. Grammatik ma’noga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping.
A) so‘zning shakliy qismi orqali ifodalangan ma’no B) so‘zning u yoki bu turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi ma’no C) so‘zlarning lug‘aviy (leksik) ma’nosiga qo‘shimcha tarzdagi va ular uchun umumiy bo‘lgan ma’no D) A,B, C.
7. Qanday ma’no so‘zning bosh ma’nosi hisoblanadi?
A) so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi B) so‘zning nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida anglatiladigan ma’nosi C) so‘zning ko‘chma ma’nolaridan biri D) so‘zning gap tarkibidagi anglatgan ma’nosi
8. Qanday so‘zlar bosh ma’no va ko‘chma ma’nolarga ega?
A) bir ma’noli so‘zlar B) ko‘p ma’noli so‘zlar C) atamalar D) barcha mustaqil so‘zlar
Dostları ilə paylaş: |