O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə249/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

9. 1. Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. 2. Meni boshqa tashkilotga ishga chaqirishyapti. 3.Ming qo‘ylining ishi bir qo‘yliga tushadi. Ushbu gaplarda qo‘llangan ish so‘zi o‘zaro ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) sinonim so‘zlar B) omonim so‘zlar
C) antonim so‘zlar D) ko‘p ma’noli so‘zlar
10. Bir ma’noli so‘zlar qaysi qatorda?
A) ko‘z, qosh B) og‘iz, bosh
C) etak, oyoq D) chumchuq, ravish
11. Ko‘p ma’noli so‘zlarni toping.
A) men, sen B) besh, o‘n C) ota, ona D) tomir, yoqa
12. Qaysi qatorda bir ma’noli so‘zlar berilgan?
A) etak, oyoq B) radif, in C) ko‘z, qosh D) tish, quloq
13. So‘zning o‘z (asl) va ko‘chma ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
A) Qishloq markaziga shu yo‘l bilan boriladi. Bahslashishga yo‘l qolmagan edi. B) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi. Mehribon qo‘llar hamisha sizni qo‘llab-quvvatlasin. C) Ilgari ostonamiz tuyoq ko‘rmagan. Harbiy xizmat temir intizomni talab qiladi. D) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi? Daraxtlar uyg‘ondi.
14. Daryoning cheti; chet mamlakat; chetdan tomosha qilib turmoq kabi birikmalardagi chet so‘zi ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) sinonim so‘z B) antonim so‘z
C) omonim so‘z D) ko‘p ma’noli so‘z.
15. Bir so‘zning matn mazmunidan kelib chiqib, bir necha ma’no ifodalashi qanday nomlanadi?
A) ko‘p ma’nolilik B) omonimiya
C) sinonimiya D) frazeologiya
16. So‘zning ko‘chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi?
A) so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi B) nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi C) morfologik yo‘l bilan yasalgan so‘zlar ma’nosi D) sintaktik yo‘l bilan yasalgan so‘zlar ma’nosi

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin