9. 1. Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. 2. Meni boshqa tashkilotga ishga chaqirishyapti. 3.Ming qo‘ylining ishi bir qo‘yliga tushadi. Ushbu gaplarda qo‘llangan ish so‘zi o‘zaro ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi? A) sinonim so‘zlar B) omonim so‘zlar C) antonim so‘zlar D) ko‘p ma’noli so‘zlar 10. Bir ma’noli so‘zlar qaysi qatorda? A) ko‘z, qosh B) og‘iz, bosh C) etak, oyoq D) chumchuq, ravish 11. Ko‘p ma’noli so‘zlarni toping. A) men, sen B) besh, o‘n C) ota, ona D) tomir, yoqa 12. Qaysi qatorda bir ma’noli so‘zlar berilgan? A) etak, oyoq B) radif, in C) ko‘z, qosh D) tish, quloq 13. So‘zning o‘z (asl) va ko‘chma ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) Qishloq markaziga shu yo‘l bilan boriladi. Bahslashishga yo‘l qolmagan edi. B) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi. Mehribon qo‘llar hamisha sizni qo‘llab-quvvatlasin. C) Ilgari ostonamiz tuyoq ko‘rmagan. Harbiy xizmat temir intizomni talab qiladi. D) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi? Daraxtlar uyg‘ondi. 14. Daryoning cheti;chet mamlakat;chetdan tomosha qilib turmoqkabi birikmalardagi chet so‘zi ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi? A) sinonim so‘z B) antonim so‘z C) omonim so‘z D) ko‘p ma’noli so‘z. 15. Bir so‘zning matn mazmunidan kelib chiqib, bir necha ma’no ifodalashi qanday nomlanadi? A) ko‘p ma’nolilik B) omonimiya C) sinonimiya D) frazeologiya 16. So‘zning ko‘chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi? A) so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi B) nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi C) morfologik yo‘l bilan yasalgan so‘zlar ma’nosi D) sintaktik yo‘l bilan yasalgan so‘zlar ma’nosi