10. Eski o‘zbek adabiy tili qaysi asrlarda shakllangan edi? A) X-XI asrlarda B) XI-XII asrlarda C) XIII asrda D) XIV asrda 11. Quyida berilgan tillardan qay biri o‘lik tillarga kiradi? A) uyg‘ur tili B) lotin tili C) yoqut tili D) yunon tili 12. Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qaysi shevalar asos qilib olingan? A)Andijon-Shahrixon B) Xorazm-Urganch C) Toshkent-Guliston D) Farg‘ona-Toshkent 13. Qaysi javobda Farg`ona shеvasiga mansub so`zlar bеrilgan? A) o`jak, g`o`z, sеcha B) qaqqa, lagan, borvotti. C) kallapo`sh, xo`jak, g`o`lum. D) juvari, innеykin, ashulla 14. Quyidagi maqolni davom ettiring: Tilingda bo‘lsa boling, ... A) kulib turar iqboling B) yorug‘dir istiqboling C) yaxshi bo‘lar ahvoling D) daryodan o‘tar soling. 15. Qaysi qatordagi izoh noto‘g‘ri? A) adabiy til shu xalq tilida so‘zlashuvchilar uchun umumiy bo‘ladi B) xalq tili tarkibida adabiy til ham bo‘ladi C) xalq tili o‘zbek adabiy tili hisoblanadi D) xalq tili o‘zbek xalqining so‘zlashuv nutqidir 16. Qaratqich kelishigi qo‘shimchasi –ing, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi –a shaklida qo‘llanishi qaysi lahjaning morfologik belgisi hisoblanadi? A) qarluq lahjasi B) qipchoq lahjasi C) o‘g‘uz lahjasi D) A, B. 17. Qaysi lahjada jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi –a shaklida qo‘llanadi? A) shahar shevalarida B) o‘g‘uz C) qipchoq D) qarluq 18. O‘zbek tili asosan qaysi davrdan boshlab o‘quv fani sifatida maktablarda o‘qitila boshlandi? A) XV asrdan B) XVIII asrning oxirlaridan C) XIX asrning boshlaridan D) XX asrning boshlaridan 19. Qadimiy xorazmiy tili qaysi tillar turkumiga mansub bo‘lgan? A) turkiy turkumga B) oltoy tillar oilasiga C) eron turkumiga D) hind turkumiga