20. Kim turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olim sifatida e’tirof etiladi? A) Alisher Navoiy B) Mahmud Zamahshariy C) Mahmud Koshg‘ariy D) Abu Nasr Forobiy 21. Ko‘pincha so‘z oxiridagi g‘ tovushi o‘rnida v aytilishi qaysi lahjada so‘zlashuvchilar nutqiga xos?
A) qarluq lahjasida so‘zlashuvchilarga B) qipchoq lahjasida so‘zlashuvchilarga C) o‘g‘uz lahjasida so‘zlashuvchilarga D) shahar shevalarida so‘zlashuvchilarga 22. Xalq shevalari nima? A) qo‘llanish doirasi ma’lum hudud bilan chegaralangan umumxalq tilining bir qismi B) adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari mavjud bo‘lib, uning og‘zaki shakli xalq shevalari hisoblanadi C) umumxalq tilining me’yorga solingan shakli D) o‘zbek millatining hamma uchun umumiy bo‘lgan tili 23. Qanday shakllar adabiy tilga xos? A) faqat yozma adabiy til B) mahalliy so‘zlashuv tili va yozma adabiy til C) faqat og‘zaki adabiy til D) og‘zaki adabiy til va yozma adabiy til. 24. Quyidagi tillardan qaysi biri oltoy tillar oilasiga mansub emas? A) yapon tillari tarmog‘i B) barchasi oltoy tillari oilasiga mansub. C) turkiy tillar tarmog‘i D) eron tillari tarmog‘i 25. Qadimgi turkiy til qaysi davrlargacha qo‘llangan? A) X asrgacha B) XV asrgacha C) VIII asrgacha D) XIV asrgacha 26. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra yer yuzida nechta til mavjud? A) 2000 dan ortiq B) 2000 ga yaqin C) 3000 dan ortiq D) 3000 ga yaqin 27. Qanday til o‘lik til hisoblanadi? A) jamiyatdan uzilgan til B) o‘z yozuviga ega bo‘lmagan til C) insonlarning aloqasiga xizmat qilmaydigan til D) A, C. 28. Quyidagi topishmoqning javobini toping. Og‘izdan chiqquncha meniki, og‘izdan chiqqani elniki. A) gap B) til C) so‘z D) ilm 29. Nima sababdan til ijtimoiy hodisa sanaladi? A) chunki til jamiyatga xizmat qiladi B) chunki til insonlarning o‘zaro munosabatga kirishuviga xizmat qiladi C) chunki til jamiyatlar o‘rtasidagi aloqa uchun xizmat qiladi D) A, B. 30. Nutq nima? A) so‘zlar orqali ma’lum fikr bayon qilish nutq hisoblanadi B) so‘zlash orqali ma’lum fikr bayon qilish nutq hisoblanadi C) yozish orqali ma’lum fikr bayon qilish nutq hisoblanadi D) A, B.