15-variant
1-topshiriq. Ko`chiring. 1) ot, sifat, son va olmoshlarning ma`no jihatdan turlarini aniqlang, ma`no turini ustiga yozib qo`ying; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlarni matndan so`ng yozib, har birini morfologik jihatdan to`liq tahlil qiling; 3) otlashgan sifat va sonlarni matndan so`ng yozing, gapdagi vazifasini izohlang.
1. Yaxshidan bog` qolar, yomondan dog`. (Maqol) 2. Birining sochi qop-qora, jingalak edi, ikkinchisining sochi sariq, ipakday mayin edi. (Mirm.)
3. Buxoro madrasasida tahsil ko`rgan, eshonlar orasida mashhuri, obro`lisi, buzrugi. (O.) 4. Qo`shni hovlidan chiqqan torgina ariqcha ikki quloch yerni bosib yana ikkinchi qo`shni hovliga o`tib ketar edi. (O)
2-topshiriq. Berilgan qoliplar bo’yicha bittadan mazmunli gap tuzing va har bir so’z turkumining ustiga turini yozib qo’ying:
1. Atoqli ot + paytga nisbatan inkorni ifodalovchi bo’lishsizlik olmoshi + jo’nalish kelishigidagi turdosh ot + bo’lishsiz fe'l + mavhum turdosh ot + yordamchi so’z + belgisiz qaratqich kelishigidagi o’zlik olmoshi + jo’nalish kelishigidagi otlashgan sifat + fe'l.
2. Sodda ko’rsatish olmoshi + qaratqich kelishigidagi turdosh ot + yasama mavhum ot + qaratqich kelishigidagi turdosh ot + yasama mavhum ot + chiqish kelishigidagi, o’ringa nisbatan gumon olmoshi + chiqish kelishigidagi, shaxsga nisbatan gumon olmoshi + fe'l + belgisiz tushum kelishigidagi turdosh ot + belgili tushum kelishigidagi fe'l shakli + fe'l.
3-topshiriq. O`qing va ko`chiring. 1) tuslangan va tuslanmagan fe`llarni aniqlab, tuslangan fe`llar tagiga ikki to`g`ri chiziq, tuslanmagan fe`llar tagiga bir to`g`ri chiziq chizing; 2) tuslangan fe`llarni matndan so`ng alohida-alohida yozib, har birining nisbati, bo`lishli-bo`lishsizligi, mayli, zamoni, shaxs-sonini yozma izohlang.
1. Men, ixtiyor sizda, kimni ma'qul ko`rsangiz, roziman, dedim. (O.)
2. Ahmadjon o`ylab o`tirmasdan darhol javob berdi: - Granata tashlardim! Yondirib yuborar edim! (A.Q.) 3. Dunyoda bir talay tushlarning o`ng kelganini eshitganman. (G`.G`.) 4. – Sarboz bo`lib nima qilibman, - dedi Xalil bobo og`ir tin olib. (N.A.)
4-topshiriq. Berilgan qoliplar bo’yicha bittadan mazmunli gap tuzing.
1. Tarkibida payt ravishdoshi + o`tgan zamon sifatdoshi + tushum kelishigidagi harakat nomi + ot va fe’l ko`rinishdagi qo`shma fe’l + jo`nalish kelishigidagi harakat nomi + qo`shma fe’l qatnashgan mazmunli gap tuzing.
2. Tarkibida payt ravishdoshi + o`tgan zamon sifatdoshi + tushum kelishigidagi harakat nomi + ot va fe’l ko`rinishdagi qo`shma fe’l + jo`nalish kelishigidagi harakat nomi + qo`shma fe’l qatnashgan mazmunli gap tuzing.
5-topshiriq. O`qing va ko`chirib yozing. 1) ravishlarni aniqlang va matndan so`ng alohida yozib, to`liq tahlil qiling; 2) yordamchi so`zlarni topib, to`liq tahlil qiling; 3) modal, undov, taqlid sozlarni aniqlab, to`liq tahlil qiling.
1. Ariqdan mayin ohang bilan suv oqar, g`ir-g`ir shamol esar edi. (O.)
2. Beso`naqay tol shoxidagi chumchuqlarning muttasil vijir-vijiri borgan sari avjlanadi. (S.Z.) 3. Olti zina bilan chiqiladigan bu yerga nihoyatda go`zal va nafis gilam to`shalgan. (L.B) 4. Beparvolik va qabihlik hamma vaqt yonma-yon yuradi. (Hikmat)
|