O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə243/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

14-variant


1-topshiriq. Ko`chiring. 1) ot, sifat, son va olmoshlarning ma`no jihatdan turlarini aniqlang, ma`no turini ustiga yozib qo`ying; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlarni matndan so`ng yozib, har birini morfologik jihatdan to`liq tahlil qiling; 3) otlashgan sifat va sonlarni matndan so`ng yozing, gapdagi vazifasini izohlang.

1. Otlar yoniga birinchi bo`lib Mirhojiboy yetib keldi. (Y.SH.) 2. Rubobim tori ikkidir: Biri quvnoq, biri mahzun. (E.Vohidov) 3. Gulnor ikki haftadan buyon dadasi va onasi bilan bog`da ishlaydi. (O) 4. Venera Quyosh atrofini 225 sutkada to`liq aylanib chiqadi.




2-topshiriq. Berilgan qoliplar bo’yicha bittadan mazmunli gap tuzing va har bir so’z turkumining ustiga turini yozib qo’ying:

1. Dona son + murakkab so’z yasovchi qo’shimcha yordamida yasalgan sifat + qo’shma son + qaratqich kelishigidagi turdosh ot + 3-shaxs egalik qo’shimchasini olgan belgili tushum kelishigidagi turdosh ot + fe'l + ko’rsatish olmoshi + jo’nalish kelishigidagi so’roq olmoshi + fe'l.


2. Kishilik olmoshi + qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi + 3-shaxs egalik qo’shimchasini olgan belgili tushum kelishigidagi turdosh ot + fe'l + mavhum ot yasovchi qo’shimcha yordamida yasalgan juft mavhum ot + jo’nalish kelishigidagi kishilik olmoshi + so’ro+ olmoshi + fe'l + otlashgan ko’rsatish olmoshi + jo’nalishi kelishigidagi ikkita kishilik olmoshi + fe'l.




3-topshiriq. O`qing va ko`chiring. 1) tuslangan va tuslanmagan fe`llarni aniqlab, tuslangan fe`llar tagiga ikki to`g`ri chiziq, tuslanmagan fe`llar tagiga bir to`g`ri chiziq chizing; 2) tuslangan fe`llarni matndan so`ng alohida-alohida yozib, har birining nisbati, bo`lishli-bo`lishsizligi, mayli, zamoni, shaxs-sonini yozma izohlagn.

1. Axir unda vujud yo`q-ku, qanday qilib ushlayman, nima bilan ushlayman? (X.T.) 2. Hali mana shu yerlarga ham, mashinalarga ham o`zim hukmron bo`laman. (CH.A.) 3. Qani, o`zing ayt-chi, endi nima qilay? (S.Ahm.) 4. ...so`zimga ishonmasangiz, pichoq bilan ko`ksimni yorib ko`rsataymi? Nima deysiz, ayting? (O.)




4-topshiriq. Berilgan qolip bo’yicha bitta mazmunli gap tuzing.

1. Tarkibida hozirgi-kelasi zamon shaklidagi bo`lishsiz yasama fe’l + hozirgi-kelasi zamon shaklidagi ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi + buyruq-istak mayli va 2-shaxs ko`plik shalidagi fe’l qatnashgan mazmunli gap tuzing.


2. Tarkibida yaqin o`tgan zamon shaklidagi ko`makchi fe’lli so` qo`shilmasi + qo`shimcha yordamida sifatdan yasalgan fe’l + yaqin o`tgan zamon, 3-shaxs shaklidagi juft fe’l qatnashgan mazmunli gap tuzing.


5-topshiriq. O`qing va ko`chirib yozing. 1) ravishlarni aniqlang va matndan so`ng alohida yozib, to`liq tahlil qiling; 2) yordamchi so`zlarni topib, to`liq tahlil qiling; 3) modal, undov, taqlid sozlarni aniqlab, to`liq tahlil qiling.

1. Darhaqiqat, mutlaqo sof oltin tabiatda hech qachon uchramaydi.


2. Mezon shamolining nashtari tekkan yaproqlar chirt-chirt uzilib mehmonlar yo`liga poyandoz bo`lib to`shalganday. (O`.Usm.) 3. Do`st uyining yo`li hech qachon uzoq bo`lmas. (Maqol) 4. Navoiy asta-asta yurib, o`z chodiriga kirdi. (O)



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin